Shaxlo Temirova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Shaxlo Temirova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTRISАSI
Temirova Shaxlo Zayniddinovnaga 1989 yilda Samarqand viloyatida dunyoga kelgan. Sh.Temirova 2007-2011 yillar Oʼzbekiston davlat sanʼat oliygohining talabasi. Oʼqish jarayonida «Mariya” spektaklida Mariya, «Kuzning birinchi kuni”da Qiz rollarni ijro etgan. 2014 yildan Milliy teatrda faoliyat olib boradi. Mukofotlanmagan. Sh.Temirova Oʼzbek Milliy akademik drama teatri sahnalashtirilgan «Koʼngil” spektaklida Kelin, «Аndishali kelinchak”da Kelin, «Tong otgan taraflar”da Oyyorugʼ, «Omon boʼlgin, azizim!”da Yoshligi, «Yigʼloma qiz”da Gulnafis, «Oʼtkan kunlar”da Kumush, «Oʼzbekcha raqs”da Kichkina kelin, «Ogoh boʼling, odamlar”da Nafisa, «Yangi yil sarguzati”da Qorqiz, «Rustam”da Joriya, «Kunduzsiz kechalar”da Qiz, «Quyoshni sen uygʼotasan”da Qiz, «Qumda sevgi jilolari”da Qiz kabi koʼplab rang-barang rollar ijro etib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʼlib kelmoqda. Shaxlo Temirova Oʼzbek milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilayotgan «Yollangan sovchi”, «Oʼjar kelin”, «Janob qorovul”, «Qoʼchqor akamning koptogi”, «Yoningdaman ota”, «Baxt uyi”, «Yor tafti”, «Yuragim seniki”, «Shukrona” kabi filьmlarda obrazlar ijro etib kelmoqda. Shaxlo Temirova jamoat ishlarida ham faol qatnashib, oldiga qoʼyilgan har bir vazifani halol bajaradi. Jamoa uni isteʼdodli aktrisa sifatida hurmat qiladi.

Оставьте комментарий