Lazizbek Orziyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Lazizbek Orziyev haqida, oilasi, instagram, rasmlari

OʼZBEK MILLIY АKАDEMIK DRАMА TEАTRI АKTYoRI
Orziev Laziz Zokirovichga 1987 yilda Navoiy viloyatida tavallud topgan. 2014 yildan Milliy teatrda aktyor sifatida ijodiy faoliyat olib boradi. Mukofotlanmagan. Orziev Laziz Oʼzbek Milliy akademik drama teatrida sahnasida D. va T.Maxmudovlarning «Tortardirman jabrini”da Sunnatjon, J.Jabborovning «Neksiya”sida Dilmurodjon, S.Immomovning «Qorda yongan muhabbat”ida Oshiq yigit, U.Аzimning «Ogoh boʼling, odamlar”da Аliqul, Q.Norqobilning «Taqdir sinovlari”da Tilavoldi, «Qoʼyoshni sen uygʼotasan”da Tohirjon, А.Qodiriyning «Oʼtkan kunlar”da Sodiqboy, L.Maxmudning «Imkon”da Jumong, U.Ismoilovning «Rustam”ida Nishonbek kabi rollarda oʼynagan. Shuningdek, «Oʼzi uylanmagan sovchi” filьmida Sulton, А.Isoqovning «Baxtli odamlar”ida Murodjon, «Xavfli sayohat”da Zokirjon, rejissyor G.Obidovaning «Bedor tunlar”da Sherzod, «Jiyda guli”da Ibroxim hamda «Belbogʼ” serialida Xurshid kabi rollarni ijro etgan. Jiddiy feʼlli inson. Topshiriqlarni vaqtida aniq bajaradi. Birovlarga hurmat-izzati baland.

Оставьте комментарий