Shukur Qurbon (1951)

DO`STLARGA ULASHING:

Shukur Qurbonning bobolari asli qoʻqonlik boʻlib, taqdir taqozosi bilan oʻtgan asrda Avliyoota (keyinchalik Jambul, hozirda Qozogʻistondagi Taroz) shahriga borib qolishgan.
Shukur Qurbon 1951 yil 6 iyulda tugʻildi. Shu yili ularning oilasi Andijonning Baliqchi tumaniga qaytib keladi. Boʻlajak shoir tuman markazidagi 1–va 14-oʻrta, Eski Haqquloboddagi 8-internat maktablarida oʻqidi. Adabiyotga havasmandlik maktab yoshidan boshlanib, ilk sheʼrlari tuman gazetasida yoritildi.
Shukur Qurbon ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetida oʻqidi (1968–1973). Mehnat faoliyatini “Sharq yulduzi” jurnalida boshlab (1973–1984), keyinchalik Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat boʻlimida (1984–1985), Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida (1985–2002), “Sogʻlom bola uchun” jurnalida (2002–2006) xizmat qildi. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida bosh muharrir vazifasida ishlab keladi.
Shukur Qurbonning “Oqqushlar koʻli” (1978), “Sogʻinch darvozasi” (1980), “Nafas” (1982), “Ona tilim” (1984), “Yoz kunlari” (1986), “Yori jonim” (1988), “Bir qalb manzarasi” (1990), “Sizni Xudo yetkazdi” (1995), “Arbaʼin-1” (2002), “Bayram ‒ bolalarniki” (2006), “Ellikqalʼa daftari”, “Baliqchiliklar”, “Tohir Malik saboqlari”, “Abdulla Oripov saboqlari” (2008), “Ozoringni sogʻindim”, “Hadisi shariflar asosida 1600 toʻrtlik” (2011), “Ozod Sharafiddinov saboqlari”, “Muhammad Yusuf saboqlari” (2012), “Sharq marvaridi” kabi sheʼrlar, badialardan iborat kitoblari nashr etildi.
U “Temur Malik”, “Behzod”, “Soʻz yoʻli”, “Vatandan ketish”, “Doʻst”, “Anbar ona”, “Onam qoshidasan yoxud singlim Muhabbatga maktublar”, “Singlim”, “Ukajonlar, singiljonlarim”, “Tinchlik toʻgʻrisida notinch bir qoʻshiq”, “Hamroh”, “Bir qalb manzarasi” kabi dostonlar yozdi. Shoirning “Ustod Shodi yoxud bastakor haqida hikoyat” dostoni asosidagi bir soatlik radiopostanovkasi Oʻzbekiston radiosi “Oltin fondi”dan oʻrin oldi. Tarjimon sifatida F. Petrarka, A. Pushkin, A. Mitskevich, J. Prever, N. Hikmat, M. Lermontov, R. Hamzatov, Ye. Yevtushenko va boshqa mumtoz hamda zamonaviy shoirlar asarlarini ona tilimizga oʻgirdi.
Shukur Qurbon maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi asarlari uchun 1989 yilda Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasining mukofoti bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

18 комментариев к “Shukur Qurbon (1951)”

  1. Уведомление: cvv good shop

  2. Уведомление: emv sofware to write dumps pin

  3. Уведомление: hho kits for sale/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  4. Уведомление: maxbet

  5. Уведомление: nova88

  6. Уведомление: sportsbet

  7. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์โอนเข้าบัญชี

  8. Уведомление: sbo

  9. Уведомление: Johnnie Walker Double Black

  10. Уведомление: best passive income

  11. Уведомление: Buy Guns Online

  12. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  13. Уведомление: Aztec Gods Magic Mushroom

  14. Уведомление: superslot

  15. Уведомление: trippy bars

  16. Уведомление: แทงบอลออนไลน์ 911

  17. Уведомление: xenical diet pills​

  18. Уведомление: 토렌트 다운

Комментарии закрыты.