Sonlar

DO`STLARGA ULASHING:

Sonlar.

1.
Men bir soni bo’laman
Oldi safda turaman
Men bilan yonma yonlar
O’rtoqdir hamma sonlar.

2.
Meni derlar ikki
Eshitasan dakki
Yaxshi o’qib yurgin
Menga o’rtoq bo’lmagin.

3.
Mendan boshlanar toq
Bizlar uch o’rtoq
Uch og’ayni botirmiz
Har ishga qodirmiz.

4.
To’rt soni bo’laman
Sizga juda yoqaman
Qilmang menga kungil cho’g’
Besh og’amga bo’l o’rtoq.

5.
Sonlarning eng a’losi
Men besh soni bo’laman
O’qisang sen a’lochi
Senga o’rtoq bo’laman.

6.
Meni derlar olti
Mendan o’rnak olchi
Hammani teng ko’raman
Uch ikkiga bo’linaman.

7.
Meni derlar yitti
Nomim yetalab ketti
Bor belimda belbog’im
Toq sonlar o’rtog’im

8.
Meni sakkiz derlar
Ichimda ko’p sirlar
Menda bor bayramlar
Qani toping bolalar.

9.
Derlar meni tuqqiz
Menga do’st o’g’il qiz
Men asli toq sonman
Nol qo’shsangiz tuqsonman

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий