Bola yo‘talganda qanday yordam berish kerak?
Yo‘tal — organizmning tabiiy refleksi. Nafas yo‘llariga nimadir kirib qolsa, xalal berayotgan zarrachani kuchli havo oqimi yordamida itarib chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Shuning uchun yo‘taldan qo‘rqish kerak emas: bu ko‘pchilik hollarda yuzaga kelgan muammoni organizmning o‘zi hal qilishining belgisidir. Yo‘tal qachon tashvishlanish uchun sabab bo‘lmaydi? Bolaning nafas yo‘llariga chang, o‘simliklar changi yoki ovqat uvoqlari tushib qolganda. …