MEHNATDAN KELSA BOYLIK-TURMUSH BO’LAR CHIROYLIK

DO`STLARGA ULASHING:

MEHNATDAN KELSA BOYLIK-TURMUSH BO’LAR CHIROYLIK

 

Boisi bola avvalo tarbiyani, mehnatsevarlikni kamol topayotgan makoni, ya’ni oilasidan o’rganadi. Abdulla Avloniy o’z asalarida shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi hulqni o’rgatmoq, yomon hulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir. Tarbiya qiluvchi inson — tabibdir. Tabib xastaning kasaliga davo qilsa, tarbiyachi — boladagi yaxshi hulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi”. Mehnat qilgan, o’qigan, izlangan insongina farovon turmush kechirib, el-yurtiga xizmat qiladi. Bu tushunchalarni ota-onalar farzandlariga yoshlikdan, aynan bog’cha yoshidan uqtirishlari lozim, deb o’ylayman. Ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalq og’zaki ijodi bo’lmish maqollardan keng foydalanishimiz darkor. “Halol mehnat — yaxshi odat, berar senga baxt-saodat”, “Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroylik” shular jumlasidandir. Shu o’rinda yana Abdulla Avloniyning o’gitlari yodimga tushadi: “Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat — yo falokat masalasidur, chunki farzand oilada olgan tarbiyasiga qarab ota-onasiga rohat yoki jazo; erka bo’lib o’sgan o’g’il-qizlar xatti-harakati ota-onaga mung va alam keltiradi”. Har bir ota-ona farzandi tarbiyasiga e’tiborli bo’lishi kerak. Bugun farzandiga e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatgan ota-ona albatta, ertaga rohat-farog’atda yashab, farzandi ortidan kelayotgan duoi olqishlardan ko’ksilari tog’dek baland bo’ladilar.
Ko’pchilik ota-ona “kel shu arzimas ishni ham bolamga qildirib o’tiramanmi, o’zim tezroq qilaman”, deb hisoblaydi. Bunday fikrlash esa bolada dangasalik, ishyoqmaslik illatini keltirib chiqaradi. Oddiy yumushni ham bolaga rag’batlantirish orqali qildirsa bo’ladi, shunda bolada mustaqillik, erkin fikrlash, o’z mehnatidan quvonish hissi rivojlanadi. SHu o’rinda maktabgacha ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasining usullari bilan ota-onalarni yaqindan tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Mehnat tarbiyasi 2 xil yo’nalishda amalga oshiriladi:
  1. Bolalarning o’zlarini mehnatga o’rgatish.
  2. Kattalar mehnati bilan tanishtirish.
Mehnat qilish muntazam ravishda bo’lib, unda hamma bolalar ishtirok etsa hamda kattalar mehnati bilan tanishtirib borilsa, shundagina u tarbiya vositasiga aylanadi. Farzandlarimizni bog’chada ham, oilada ham quyidagi mehnat turlariga jalb qilishimiz lozim:
  1. O’z-o’ziga xizmat qilish.
Bunda bolalarni mustaqil kiyinish va yechinishga, kiyimdagi kamchilikni payqash va uni bartaraf etishga o’rgatiladi.
  1. Xo’jalik-maishiy mehnat: bunda bolalarni yengilroq topshiriqlarni bajarishga undash lozim — stolni nonushtaga bezatish, o’yinchoqlarni yig’ish kabi ishlarga jalb etish kerak.
  2. Tabiat qo’ynidagi mehnat — gullarga suv quyish, ko’chat o’tqazishda yordam berish, hayvonlarni parvarish qilishga jalb qilish lozim.
  3. Qo’l mehnati — bolani o’z qo’li bilan biror-bir buyum yasashga undash, o’yinchoq yasashga jalb qilish lozimdir.
Mehnat qanday shaklda bo’lmasin, u bolalarda bilimdonlikni, ijodkorlikni, tafakkur hamda tasavvurlash qobiliyatini shakllantiradi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi, uning uzoq va sog’lom umr ko’rishi ham mehnat mahsuli hisoblanadi. SHuning uchun ham har bir ota-ona farzandini mehnatsevar qilib tarbiyalashga mas’uldir. Bu o’rinda turli o’quv maskanlari, maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ishlar ota-onalarimizga qo’shimcha yordam, maslakdosh bo’la oladi.
 
Mehnat haqida maqollar
* * * MEHNAT — BAXT KELTIRADI
* * * Halol mehnat hech qayda gunoh emas. 
Abay.
* * * 
 
Hamma illatlardan eng yomoni — bekorchilikdir. 
A. K. Bakixonov.
 
* * * 
 
Inson mehnat bilan fazilatlidir. 
V. G. Belinskiy.

* * * 
 
Bekor yurish — illatning onasi, g’urbatning makonidir. 
D. Veras.
 
* * * 
 
Mehnat bizni uchta zo’r falokatdan: g’amginlik, illat va muhtojlikdan xalos qiladi. 
F. Volter.

* * * 
 
Men mehnatning nimaligini bilaman: bu yer yuzida barcha shod-xurramlik, barcha yaxshiroq narsalarning manbaidir. 
A. M. Gorkiy.

* * * 
 
Ne mehnat bor anikim rohati yo’q, 
Ne nakbatkim so’nginda davlati yo’q? 
Lutfiy.

* * * 
 
Yaxshi nomni mehnat bilan orttirish kerak, yaxshi nom chiroylik so’zlar uchun, va’dalar uchun berilmaydi, balki mehnat natijasi uchun, mehnatga astoydil qo’yilgan mehr uchun beriladi. 
I. D. Leonov.
 
* * * 

Jafo chekmay kishiga rohat o’lmas, 
Agar kuymas o’tiga, jo’r urmas. 
 
Chu dehqon chekmasa javru jafosin, 
Emishlarning kishi ko’rmas vafosin. 
Majlisiy.
* * * 
 
Siz odamni mehnat qilishga har qancha majbur etishingiz mumkin, lekin, agar siz shu bilan bir vaqtda uni siyosiy va axloqiy jihatdan tarbiyalamasangiz, agar u ijtimoiy va siyosiy hayotda ishtirok etmasa, bu mehnat hech qanday ijobiy natija bermaydigan shunchaki neytral protsess bo’lib qoladi. 
A. S. Makarenko. 
 
Bir diram olmoq chekibon dast ranj 
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj.
* * * 
 
O’zingni mehnat kuni ovuting, 
Ne g’am kelsa davrondin, oson tuting. 
Alisher Navoiy.

* * * 
 
Men kerakli ishni qilayapman, mening ishimni kutayaptilar, men foyda keltirayapman deb aytish huquqiga sazovor bo’ling. 
V. A. Obruchev.

* * * 
 
Mehnat barcha kasalliklarni davolaydi. Mehnatdan ko’ra quvonchliroq narsa yo’q. 
N. Ostrovskiy.

* * * 
 
Mehnat — kurashdir, kurash — halovatdir. 
Romen Rollan.
 
* * * 
 
Gar eshak xoru betamiz o’ldi, 
Yuk ko’tarmak bila aziz o’ldi, 
Garchi hayvonlar ichradur adno. 
Lek zolimdin afzalu a’lo. 
Sa’diy Sheroziy.

* * * 
 
Mehnat tagidadir, ey oqil, har ganj, 
Ganj topmas hech kimsa tortmas ersa ranj. 
A. Firdavsiy.
* * * 
 
Kel ey g’aflatni tark et, ko’z ochib baxt izla, mehnat qil, 
Belingni bog’la, g’ayrat birla mehnatga muhabbat qil, 
O’zingni, mehnatingni o’zga yalqovlarga ibrat qil. 
Z. Habibiy.

* * * 
 
G’ayrat: men to’xtamay jadal yurdim, der 
Mehnat: ekkanimni barvaqt terdim, der. 
Bilim: mushkullarni tez emirdim, der. 
Uch do’stning kuchidan o’lka bahra yer. 
M. Shayxzoda.

* * * 
 
Pul yo’q deb qayg’urma, ish yo’q deb qayg’ur. 
Boshqird maqoli.
 
* * * 
 
Mehnat hayot chirog’iga yog’ quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. 
Ingliz maqoli.
* * * Ko’z yoshi to’kib ariq qazisang, kulib-kulib suv ichasan. 
Qozoq maqoli.
* * * Ko’p ishlovchi ko’p yashaydi. Osetin maqoli.
Oltin o’tda, odam mehnatda sinaladi.
* * * Mehnat birla inoqlashsang, 
Tan og’rig’in ko’rmassan. 
Tojik maqollari.
* * * Mehnatim bor, qadrim bor, 
Har yerda obro’yim bor.
 * * * Birni birov beradi, 
Ko’pni — mehnat.
* * * Tekinning minnati ko’p, 
Mehnatning ziynati ko’p.
* * * Mehnat qilib topganing, 
Qandu asal totganing.
* * * Mehnatdan do’st ortar, 
G’iybatdan — dushman.
 * * * Daryo suvini bahor toshirar, 
Odam qadrini mehnat oshirar.
 * * * Mehnat qilmasa bo’ston qayerda, 
Bo’stonlar haqida doston qayerda?
* * * Odam qo’li gul — cho’lni bo’ston qiladi.
* * * Odamni po’stin emas, ish qizdiradi.
* * * Mehnating — zebu ziynating.
* * * Xazina g’oyibdan emas, mehnatdan.
* * * Ish bor yerda — osh bor.
* * * Ishlagan — xor bo’lmas.
* * * Non emoqchi bo’lsang, o’tin tashishdan erinma.
* * * Mehnat bilan har kishi etgay murodga.
* * *Qimirlagan qir oshar. 
O’zbek maqollari.
* * * Oldingda ulug’ maqsad turgan bo’lsa — mehnat senga dam beradi. 
Eron hikmati.
* * * Ishla bolam! Qarilik sendan yoshliging qayerda edi, deb so’raydi. 
Yugoslav maqoli.
Mehnat va mehnat qilish borasida nima deydilar!
Mehnat va rohat inson hayotining ikki muhim sharti — shaxsiy va ijtimoiylikni tashkil etadi.
V. VEYTLING

Mehnatning samaradorligini anglab yetish eng zo‘r lazzatlardan biridir.
L. VOVENARG

Mehnat va huzur-halovat tabiatan turlicha bo‘lsa ham, baribir ular orasida qandaydir tabiiy bog‘lanish mavjud.
TIT LIVIY

Rohatning otasi ko‘pincha mehnatdir.
F. VOLTER

Mehnat oddiy kunlarni ham bayramga aylantirib yuboradi.
Ya. RAYNIS

Faqat mehnatgina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o‘z-o‘zidan qanoat tuyg‘usini olib kirib, uni baxtiyor qiladi.
V. G. BELINSKIY

Hayotda eng asosiysi mehnatdir. Hamma kasofatlardan, hamma qiyinchiliklardan faqat bir yo‘l — mehnat bilan qutilish mumkin.
E. XEMINGUEY

Dunyodagi hamma shodlik, hamma ezguliklarning manbai mehnatdir.
M. GORKIY

Boqmasa dehqon chamanin tunu kun, Naql tarin ongla qurug‘on o‘tun.
A. NAVOIY

Faqat ichki, ma’naviy, orom-baxsh mehnat kuchigina inson qadr-qimmatining, shu bilan birga axloqiy poklik va baxtiyorlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.
K. D. USHINSKIY

Faqat mehnat, qat’iy, astoydil qilingan mehnatgina kishiga ma’naviy barkamollik bag‘ishlaydi.
A. I. GERTSEN

Mehnat baxt padaridir.
B. FRANKLIN

Ishdan bir daqiqa ham bo‘shamagan soatlaringda o‘zingni g‘oyat baxtli sezasan.
J. FABR

Kishi mutlaqo jiddiyat bilan mehnat qilmasa, ya’ni o‘zi yeydigan bir burda nonini o‘z mehnati bilan ishlab topmasa — u baxtli bo‘lolmaydi.
D. I. PISAREV

Kishini tang qoldiradigan gumrohliklardan biri — inson baxti uning hech narsa qilmasligida, deb tushunilishidadir.
L. N. TOLSTOY

Baxtning eng zarur sharti — mehnat: birinchidan, sevimli va ozod mehnatdir; ikkinchidan, ishtaha ochadigan va qattiq, tiniqtirib uxlatadigan jismoniy mehnatdir.
L. N. TOLSTOY

Mehnat, mehnat! Mehnat qilayotganimda o‘zimni qanchalar baxtiyor his etaman.
D. N. TOLSTOY

Mehnat odamlar uchun huzur-halovatdir.
EZOP

Ish mening birinchi huzur-halovatimdir.
V. MOTSART

Huzur-halovatga erishmoq uchun mehnat qil.
J. J. RUSSO

Jismoniy mehnat ma’lum sharoitlarda «mushaklarning shodligi»ga aylanadi.
I. P. PAVLOV

Faqat mehnatgina hayot safosini suring huquqini beradi.
N. A. DOBROLYUBOV

Baxt mehnatni takomillashtirib borishdadir.
Ya. RAYNIS

Dala, dastgoh, stol uzra bo‘lmasin
Ter to‘kmoqlik, mehnat — muazzam shodlik!
Tandan qaynoq ter chiqquncha bilma tin,
Ishla, tirish, mehnatda bo‘l otashin,
Mehnat bilan dunyodagi obodlik!
V. Ya. BRYUSOV

Оставьте комментарий