Toshkent darvozalari nomlari

DO`STLARGA ULASHING:

Toshkent darvozalari nomlari

Har qanday katta-kichik shahar kabi oʻtmishda Toshkent ham mudofaa devori bilan oʻralgan. Shahar darvozasiz boʻlmaydi deganlaridek, Toshkent darvozalarini 19-asr oxirlarida ham koʻrish mumkin edi. Darvozalar soni oʻzgarib turgan: 18-asrda 8 darvoza boʻlgan boʻlsa, 19-asr boshlarida 12 ta
edi.

Tarixchi Muxammad Solix quyidagi darvozalarni qayd etgan:

1) Qiyot darvozasi;
2) Turklar darvozasi;
3) Oʻzbeklar darvozasi;
4) Taxtapul darvozasi;
5) Qorasaroy darvozasi;
6) Chigʼatoy darvozasi;
7) Su’boniyon (Sagʼboi) darvozasi;
8) Koʻkcha darvozasi;
9) Kamondoron (Kamondorlar) darvozasi;
10) Qangʼli darvozasi;
11) Beshog‘och darvozasi;
12) Qatagʻon (Kuymas-Kenagas) darvozasi.

Biroq, 19-asr soʻngiga kelib Toshkent podsho Rossiyasi tomonidan bosib olinayotgan vaqtda (1865-yil), uning quyidagi boshqa nomlardagi 12 darvozasi boʻlgan:

1) Labzak
2) Taxtapul
3) Qorasaroy
4) Sagʻbon
5) Chigʻatoy
6) Koʻkcha
7) Samarqand
8) Kamolon
9) Beshogʻoch
10) Qoʻymas
11) Qoʻqon
12) Qashqar

Оставьте комментарий