Uchuqni davolashning xalqona usullari

DO`STLARGA ULASHING:

Uchuqni davolashning xalqona usullari

➥ Labda yallig‘lanish alomatlarini sezsangiz, bezovtalikni yengillashtirish uchun moychechak, tirnoqgul (kolendula) ekstraktini jamlagan surtmalar, shuningdek, oqqarag‘ay (pixta) moyi bilan yengil ishlov berish mumkin.

➥ Bir choy qoshiq qora choyni yarim stakan qaynoq suvga damlang. Soviguncha dam yesin. Sovigan choyga paxtani yumaloqlab namlang va uchuqlarga qo‘ying. Muolajani 3-4 kun davomida kuniga bir necha mahal takrorlang.

➥ Paxtani kamfora moyiga namlab, kuniga bir necha mahal uchuqqa surting.

➥ Agarda uchuq surunkali ravishda chiqayotgan bo‘lsa, albatta, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur.

Оставьте комментарий