Nega erkaklar bittasini sevishadiyu, ammo boshqasiga uylanishadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Statistikaga ko‘ra, faqat 10 foizgina nikohlar sevgiga asoslanib quriladi. Bu yerda savol tug‘iladi, nimaga erkaklar bittasi bilan uchrashib, sevishib yuradi-yu, xotinlikka esa boshqasini tanlaydi? Bugun Gooper.uz‘da bu savol bo‘yicha erkaklarning mantig‘ini tushunishga harakat qilamiz.
Chiroyli, aqlli va boy xotin
Oilaviy hayot qurishga qaror qilganda, erkaklar o‘zlariga ayol tanlash uchun asosiy mezonlarni belgilab olishadi. Ko‘pincha u sevadigan ayol taom tayyorlashni bilmasligi, uy-ro‘zg‘or ishlari qo‘lidan kelmasligi, farzandlar tug‘ishni istamasligi ma’lum bo‘ladi, shunday qilib, u ideal ayol qiyofasiga umuman mos kelmaydi. Demak, erkak bu ishlarni qila oladigan ayolga uylanadi, keyin esa o‘ziga jazman topadi.
Ideal insonni qidirish
Ba’zan erkaklar ham, ayollar ham o‘z idealini qidirishdan mustasno emas. Ilmiy dalillarga ko‘ra, ideallar mavjud emasligi muhim emas. Kimdir o‘zining e’tiqodi tufayli hayotda yolg‘iz qoladi va bunda atrofdagilarni ayblaydi, qoida bo‘yicha ish qiladiganlar esa juda yomon hafsalalari pir bo‘ladi. Ideal ayollar ideal erkaklarni qidirishadi.
Foydani ko‘zlagan ikkinchi nikoh
Bizning asrimizda ko‘pgina nikohlar foydani ko‘zlab qurilmoqda. Ayniqsa, kelinda obro‘li oila, uy, mashina va boshqa moliyaviy barqarorlik imtiyozlari bo‘lsa. Barcha insonlar kelajagiga ishonch bo‘lishini istashadi, erkaklar ham bundan mustasno emas. Agar uylanish bilan siz hokimiyat, biznes, jamiyatda obro‘, mashhurlikka ega bo‘lsangiz, sevgi haqida so‘z bo‘lishi ham mumkin emas (Ba’zilargagina ta’luqli). Axir, yana ma’shuqa topish mumkin-ku!?
Uylangan erkaklar uzoqroq yashashadi
Agar aqli raso erkak oila qurish, farzandlar tarbiyalash, uyda tayyorlangan taomlarni yeyishni istasa, bunda hech qanday g‘ayritabiiylik yo‘q. Bunday oilaviy baxtni ko‘pchilik orzu qiladi. Yosh paytimizda ideal insonni qidiramiz, ulg‘aygach esa, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hammasini diqqat bilan tarozi pallasida o‘lchaymiz, uzoq o‘ylanamiz, natijada o‘zimiz yolg‘iz qolamiz. Boshqalar esa, oilaviy baxtdan rohatlanayotgan bo‘ladi, kimdir esa qo‘rquvdan pand yeydi yoki o‘zida jur’at topishga qaror qilolmay, xatoga yo‘l qo‘yadi.
O‘tib ketayotgan poyezdning oxirgi vagoniga bo’lsa ham sakrab chiqib olish uchun erkak kishi birinchi uchragan o‘ziga o‘xshash ayolga uylanadi, lekin bu yerda sevgi bo‘lmaydi. Oilaviy baxt uchun pasportdagi shtampning o‘zi yetarli emas.
Shunchaki nikoh
Sevgisiz nikohdan o‘tish uchun sabablar yetarlicha topiladi. Masalan, dugonangiz bilan munosabatlarni uzmoqchi bo‘lganingizda kutilmaganda u «uchib keldi” (siz uchun kutilmagan, unga esa rejalashtirilgan aksiya), yoki hayotingizda nimanidir o‘zgartirishga qaror qildingiz, yangi nimanidir sinab ko‘rmoqchisiz, keksalikda keladigan yolg‘izlik qo‘rquvi, hayotga moslashmaganlik va boshqalar. Bu nikohlarning bari barbod bo‘lishga mahkum. Balki, siz ajrashmasligingiz mumkin, lekin bu oilada his-tuyg‘ular, sevgi, o‘zaro tushunish, hurmat, qayg‘urish va qo‘llab-quvvatlash bo‘lmaydi. Natijada bu nikoh haqiqatdan ham ajrashish bilan yakunlanishi mumkin. Balki o‘rtada farzandlar tug‘ilar, lekin ular bunday ota-onalar bilan baxtli bo‘lisharmikin?!
Sabablar va oqibatlar. Men bunday vaziyatlarda bizning barimiz aybdor deb o‘ylamayman, shunchaki erkaklar kamroq tashabbus ko‘rsata boshlashadi, ko‘proq hayot taqdim qilayotgan o‘yin qoidalari bo‘yicha o‘ynashadi, bunda esa muhim bo‘lgan sevgidan voz kechishadi.

Mirmuhammad Ergashev, Gooper.uz uchun maxsus

Оставьте комментарий