DO`STLARGA ULASHING:
USTOZLARIM
????????
Yosh niholdan bog’ yaratgan,
Azim-azim tog’ yaratgan,
Olqish olib nom taratgan,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
????????
So’zlarini tinglab har on,
Bo’lajakmiz komil inson,
Ular bag’ri mehrga kon,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
????????
«Aylanay»- der tili shirin,
Egallagan kasbin sirin,
Aytib o’tay qaysi birin,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
????????
Nasihatin qilib yodda,
Qoqilmadik biz hayotda,
Uchmoqdamiz qarang otda,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
????????
Bayramingiz bo’lsin qutlug’,
Mansabingiz bo’lsin ulug’,
Ustoz bor-ki, olam yorug’,
Mehri daryo ustozlarim,
Qalbi daryo ustozlarim.
????????
RO’ZIMUROD BOLQIYEV
Mirzacho’l tumani