“UZB” va “AAA” seriali raqamlarning narxi qancha?

DO`STLARGA ULASHING:

“UZB” va “AAA” seriali raqamlarning narxi qancha?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, avtomobillar uchun 327 juft davlat raqamlari belgilari olti toifaga ajratilib, auksion orqali sotish yoʻlga qoʻyilgan. Bu orqali davlat raqamlari bilan bogʻliq korrupsion omillarga barham berildi.

“UZB” yoki “AAA” kabi seriali davlat avtomobil raqamlari biror bir tashkilot yoki muayyan shaxslarga biriktirilmagan. Ushbu davlat raqamlari — ochiq savdoda boʻlgan davlat raqam belgilari hisoblanadi.

Aytilishicha, “AAA” seriali davlat raqamlari 2017-yildan buyon 36 million soʻmga sotilyapti, hozirda 50 dona raqam qolgan, bemalol murojaat qilish mumkin. “UZB” seriali raqamlarni ham xuddi shunday tartibda istalgan fuqaro xarid qilishi mumkin.

@NarxiQancha | Manba (https://www.spot.uz/oz/2021/08/10/number/)

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek