Vatan haqida sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

Vatan haqida sherlar.
Vatan – inson qalbida eng ulug‘ va eng muqaddas tuyg‘udir. Har bir yurakda ona yurtga bo‘lgan muhabbat, mehr va sadoqat yashaydi. Shoirlarimiz asrlar davomida Vatan haqida eng go‘zal satrlarni bitib kelishgan. Bu she’rlar nafaqat yuraklarni hayajonga soladi, balki bizni ona yurtni sevish, uni asrash va yanada obod qilishga chorlaydi. Quyida siz uchun Vatan haqida eng yaxshi she’rlarni jamladik.
O’zbekistonim.
Dema ótib ketar sening davroning
Doim qôlimdadir mening imkonim
Dema olislarda sening osmoning
Doim qóllar meni Ózbekistonim
Aytib bersam agar ajdodlarimni
Dema qani ular òtmishda qoldi
Kimligin unutma unday insonni
Men ham avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk Ózbekistonni
Kóp kerilma dôstim sen yoshsan dema
Òzbek yosh bólsaham dunyo taniydi
Ózingni bil mening ģamimni yema
Menga doim havas qilsang arziydi
Tarixga boq biroz ortinga qara
Ôtib ketdi qancha kóksin kerganlar
Asl haqiqatni sen mendan sóra
Sen turgan yurtniham Bobom qurganlar
Hech qachon sen mendan ojizsan dema
Bilgin kam emasman hech bir kimsadan
Dunyoga zórman deb kôksingni kerma
Balki kuchlidirman senga nisbatan
Axir avlodiman Temur bobomni
Farzandiman buyuk O’zbekistonni.

 

Vatan haqida she’r.
Vatan — bizning uyimiz,
Vatan — bizning ko‘chamiz,
Soylardagi suvimiz,
Maza qilib ichamiz.
Vatan — bizning tog‘imiz,
Olma-anor bog‘imiz,
Bug‘doy, arpa dalamiz,
O‘ynab maza qilamiz.
Oltin to‘la konimiz,
Tandir to‘la nonimiz.
Vatan — maktab-onamiz,
O‘qishni o‘rganamiz.
Ona diyor.
O‘ynab-kulib, yayraymiz,
Bulbul bo‘lib sayraymiz.
Quchog‘i bog‘u bo‘ston,
Betakror, jannatmakon,
Seni tan oldi jahon,
Mustaqil O‘zbekiston!
Allomalar beshigi,
Bag‘ri dunyo eshigi,
Madhiyasi, qo‘shig‘i
Mustaqil O‘zbekiston!
Sportchimiz, bardammiz,
o‘oliblarga hamdammiz.
Sohibqiron avlodi –
Har ishda peshqadammiz.
Musaffo osmonimiz,
Hur Vatan posbonimiz.
Doim gullab-yashnasin
Shu aziz bo‘stonimiz.
Ogohlik shiorimiz,
Hushyorlik qarorimiz.
Mangu barhayot bo‘lsin
Hur ona-diyorimiz!

 

Ertasi bor.
Butun dunyo havas qilar Özbekka
Doim közi porlab turar quvonchdan
Yurtni qöllar Özbegimning Otasi
Chunki uning ertasi bor ertasi
Tashvish nima, g’am neligin bilmaydi
Shodon yashar noshukurlik qilmaydi
U xotirjam yotib uxlar kechasi
Chunki uning ertasi bor ertasi
Hamma yoqda tinchlik va osoyishta
Ayollari misoli bir farishta
Yorin kulib kutib olar bekasi
Chunki uning ertasi bor ertasi
Yangi yil ham yaqinlashar kun sayin
Yoshu qari quvonadi birdayin
Hamma yoqda yashnab turar archasi
Chunki uning ertasi bor ertasi
Doim xursand yaxshi ishlar qiladi
Ne xoxlasa ushalishin biladi
Orzulari ijobatdur barchasi
Chunki uning ertasi bor ertasi.
O’zbekiston.
Õzbek boshin egmaydi sira
Kõksin kerib yurar doimo
Hoh shox bõlsin hoh bõlsin gado
Birovga bosh egmaydi ammo
Halol mehnat qilib yashaydi
Rõzg’orim deb yeladi mudom
Qayda bõlsin qayda yurmasin
Õzbek tobe bõlmas hech qachon
Dunyo kezdim kõp yurtda bõldim
Boyni kõrdim puldorni kõrdim
Sening nimang bor deb sõrsalar
Mehr berdim muruvvat berdim
Molu dunyo yoki boylik deb
Or nomusin bermaydi Õzbek
Oldida ming yovlar bõlsa ham
Hech kimga bosh egmaydi Õzbek
Kelajagi buyukdir uni
Olg’a qadam tashlaydi mudom
Yuz yil yoki ming yil õtsa ham
Õzbek tobe bõlmas hech qachon
Hech kimdan kam bõlmaydi Õzbek
Õz qõlida uning imkoni
Harbir ishda har bir sohada
Lol qoldirar butun dunyoni
Kim ne desin kim gapirmasin
Õzbegimni taniydi dunyo
Kim bõlmasin kim urunmasin
Õzbek qaddin bukolmas aslo.

1-oktabr Ustozlarga tabrik sherlar

Vatanim she’ri.
Men senga ne bera oldim
Sen uchun ne qiloldim
Men shu yurtni farzandi deb
Faqat kõkrak keroldim
Faqat sening baģringda men
Ôzligimni kóroldim
Men senga ne bera oldim Sen uchun ne qiloldim
Vatanim men quchoģingda
Erkin qushdek yashadim
Koshonanga uya qurgan
Qaldirğochdek yashadim
Har lahzada shodligimdan
Dunyolarga siğmadim
Men senga ne bera oldim Sen uchun ne qiloldim
Bugun seni ajdodlaring ôtmishinga boqaman
Men sen uchun nima qildim óz õzimdan xafaman
Vatanim men quchoģingda haykal misol yashabman
Men senga ne bera oldim Sen uchun ne qiloldim
Kimlar bôldi dunyoga shox
Kimlar bõldi sulaymon
Kimlar bôldi bu dunyoga
Qilmishidan pushaymon
Men ham faqat ôz ôzimdan xafa bólib yashayman
Men senga ne bera oldim Sen uchun ne qiloldim
Onam kabi mehribonsan mehribonim vatanim
Farzand bólib bu dunyoga neni ôylab yashadim
Bazan ketdim sendan yiroq shunda sensiz oqsadim
Men senga ne bera oldim Sen uchun ne qiloldim.
Vatan madhi.
Bu sõzni bir paytlari
Aytib bergan menga bobom
Õtmishda necha shoir
Sher yozib bõlgan qataģon
Havfga qoyib bõlsaham
Ul zotlar jonin har kuni
Õlishin bilsa hamki
Kuylagan Vatan madhini
Isyonchi deb topilgan
Vatan haqda bitsa ash’or
Õlsaham Vatan uchun
Doston bitgan qõrqmay zinhor
Bilgankim qaro yerga
Bosh qoyib ketar bir kuni
Uch tõrt kun rasvo hayot deb Sotmagan iymonini
Õylagan balki alar bir kun zõr bõlar dostonim
Men ôlib ketgayman lek
Dunyodan õchmas nomim
Ul zotlar ustun bilgan
Har nedan yurtin qadrini
Nafaqat doston bitgan
Balki bergan õz jonini
Bobom der shoirmisan
Ey shoirning sharmandasi
Sen ham bir kam dunyoning
Hom sut ichgan bir bandasi
Shundayin gõzal yurda
Gam chekmay shodon yurgaysan
Vatan uchun doston bitmay sen shoirman deyolmaysan
Tarixga muhrlab qoy sen ham alardek nomingni
Bu uchun bir ozgina koyitsang yetar joningni
Vatan haqda ash’or bitgin
Avlodlar bilsin qadrini
Vatanin dildan sevsin
Har kimni sevmay har kuni
Ey Buxoriy sen yurarsan
Sevgi haqda sherlar bitib
Gõyoki zõr shoirdek
Õzingni osmon tutib
Ajdodlar avlodisan
Shunday õtib ketolmaysan
Yurt uchun doston bitmay
Shoirman deb aytolmaysan.

Оставьте комментарий