Veb saytni viruslardan tekshiruvchi servislar to’plami

DO`STLARGA ULASHING:

Veb saytni viruslardan tekshiruvchi servislar to’plami

Hammamizga ma’lumki, notanish saytlarga tashrif buyurganimizda, virusga duch kelish imkoniyati juda ham yuqori bo’ladi. Buning oldini olish uchun biz sizning e’tiboringizga, saytlarda virus bor, yoki yo’qligini aniqlab beruvchi servislar to’plamini tavsiya qilamiz:

1. SUCURI (https://sitecheck.sucuri.net/) — bu servisda siz, shubhali saytda virus bor, yoki yo’qligini bepulga tekshirish imkoniga egasiz. Servis juda ham aniq va samarali.

2. URL Dr. Web (https://vms.drweb.ru/online/?lng=ru) — bu ham bepul, u yerda sayt infektsiyasining belgilari va dasturiy ta’minot haqida batafsil ma’lumot bor.

3. SAFEWEB (https://safeweb.norton.com/) — servisda tahdidlarning o’zi ham, ularning reytingi ham ko’rsatiladi, shuningdek saytda zararli dasturlar muhokama qilinadi.

4. VIRUSTOTAL (https://www.virustotal.com/gui/home/url) — barcha antiviruslarning virusli ma’lumotlar bazasi uchun, shubhali saytni qo’shimcha tekshirish imkoniyatiga ega bo’lgan, viruslarni tekshirish uchun eng mashhur resurs.