Vitamin «B6» (Piridoksin)

DO`STLARGA ULASHING:

Vitamin «B6» (Piridoksin)

Biologik aktiv formalari:
• piridoksal-5-fosfat
• piridoksamin-5-fosfat

Asosiy vazifalari:
1. Aminokislotalar almashinuvida ishtirok etadigan fermentlar kofermenti hisoblanadi;
2. Markaziy va periferik nerv tizimi normal ishalishi uchun muhim;
3. Triptofandan serotonin sintezida ishtirok etadi;
4. Makroelementlar, lipidlar almashinuvida, serotonin, dofamin, adrenalin, noradrenalin, GAMK, gistamin, gemoglobin sintezida;
5. Glikogenni glyukozaga parchalashda va lipidlardan glyukoza xosil qilishda ishtirok etadi.

Gipo/avitaminoz vitamin «V6»
MKB-10: Ye53.1

Asosiy sabablari:
1. Malabsorbsiya
2. Alkogolizm
3. Stress
4. Isitma
5. Gipertireoz

Asosiy belgilari:
1. Oqsillar almashinuvini buzilishi, manfiy azot balansi;
2. Mikrotsitar anemiya
3. Dermatitlar (xeylit)
4. Seboreya, glossit
5. Depressiya
6. Xotira susayishi, ong buzilishi
7. Immun statusni susayishi
8. Uyqusizlik yoki uyquchanlik
8. Bolalarda: ta’sirchanlik, eshitish apparati kasalliklari, epileptik qaltirashlar.

Eslatma! Vitamin «V6» yorug‘likka, konservalashga sezgir bo‘lib, o‘z hususiyatini tez yo‘qotadi. Termik ishlovga chidamli!

Sutkalik ehtiyoj: 1,8–2 mg

Rasmda «V6» vitaminiga boy mahsulotlar keltirilgan.

Оставьте комментарий