Wi-Charge texnologiyasi xonani simsiz zaryadlash qurilmasiga aylantiradi.

DO`STLARGA ULASHING:

Mobil qurilmalardan faol foydalanganimizda ularni kuniga ikki marta, ba’zida esa uch martagacha zaryadlash kerakligiga barchamiz o’rganib qolganmiz. Yordamga portativ akkumulyatorlar kelmoqda, lekin bu baribir “tokka ulanib qolinganlik” faktini bekor qilmaydi. Hammasini Wi-Charge nomli texnologiya o’zgartira oladi. U butun xonani katta bir simsiz zaryadlsh qurilmasiga aylantirish qobiliyatiga ega bo’lib, sizni simlardan xalos qiladi.

Wi-Charge texnologiyasida simsiz zaryadlash qurilma xonaning tomiga o’rnatilib, shu xonaning har qanday joyidan batareyani zaryadlash imkonini beradi. Wi-Charge allaqachon ma‘lum induksion zaryadga juda o’xshash printsipni ishlatadi, lekin Wi-Charge’dan farqli o’laroq, u telefonning bazasi bilan yaqin aloqaga muhtoj.
Qurilmani yaratishda Wi-Charge texnologiyasini ishlab chiquvchi kompaniya turli batareyalar turli xil imkoniyatlarga ega ekanligini va shunga mos ravishda zaryadlanishini hisobga oldi. Shuning uchun, ishlashning bir necha variantlari mavjud: Light bir ish joyida mobil batareyalarni tez zaryadlash uchun mo’ljallangan. Ikkinchi variant Kiik deb ataladi va energiya sarfi kam bo’lgan qurilmalarga, masalan, turli xil ko’chma elektronikalarga energiya etkazib berishga qaratilgan. Zaryadlashning oxirgi usuli – bu eng kuchli Rayo, 25 kvadrat metrgacha bo’lgan maydonni energiya bilan ta‘minlaydi va hatto planshetlarni ham zaryadlashi mumkin.

Оставьте комментарий