XАLQONА USULLАR YORDАMIDА DАVOLАNISh

DO`STLARGA ULASHING:

XАLQONА USULLАR YoRDАMIDА DАVOLАNISh
Kasallikni davolashda dori-darmonlar bilan bir qatorda uy sharoitidagi muolajalar ham yaqindan yordam berishi mumkin. Biz tavsiya qilayotgan tabiiy neʼmatlar organizmga kuchaytiruvchi, yalligʼlanishni bartaraf etuvchi taʼsir oʼtkazadi. Lekin ularni qoʼllashdan avval davolovchi shifokor bilan, albatta, maslahatlashing. Chunki bir organizmga kor qilgan davo boshqalarga umuman toʼgʼri kelmasligi mumkin.
Uretrit kasalligini davolashda:
PETRUShKА — Bargi kashnich koʼkatiga oʼxshab ketadigan, ammo unikiga qaraganda yirikroq, hidi esa undan-da oʼtkirroq boʼlgan bu koʼkatni bozor rastalaridan bemalol topishingiz mumkin. Koʼkat bir bogʼ miqdorida olinib, yaxshilab yuviladi. Mayda toʼgʼrab, sirlangan idishga solinadi. Ustiga yopadigan darajada qilib, sut quyiladi va gaz bugʼxonasida 2 soat past olovda pishiriladi. Hosil boʼlgan quyuq aralashma har 2 soatda 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi. Shu tariqa kun davomida aralashmani butunlay ichib boʼlasiz. Bu usul orga- nizmni kuchaytirib, barcha yalligʼlanishlarga barham beradi. Uni doim tayyorlab ichishga odatlaning, chunki u qabziyat va ich ogʼriqlarda ham yordam beradi, siydik yoʼllaridagi shamollashni yaxshi yoʼqotadi.
SEDАNА URUGʼI — har kuni nahorga (nonushtadan yarim soat oldin) sedana urugʼidan bir chimdim isteʼmol qilish siydik yurishini ravon qiladi va oʼzi bilan shamollashning chiqishiga yordam beradi.
QOVUN POʼSTI — Qovun urugʼi va poʼstini quritib, undan choy qilib ichish buyrak kasalida yaxshi yordam beradi.
MАKKАJOʼXORI POPUGI — uni qaynatib, suvi ichiriladi. Bu qaynatma siydik yoʼlidagi har qanday infektsiyani yoʼqotishda yordam beradi. Qaynatmani tayyorlash uchun 3 osh qoshiq makkajoʼxori popugidan olib, sirlangan idishga solinadi, ustiga bir yarim piyola suv solib, yarim soat past olovda qaynatiladi. Qaynatmadan har 3-4 soatda 3 osh qoshiqdan ichiladi.
POL-POLА -oʼsimligidan bir osh qoshiq olib, ustiga bir piyola sovuq suv quyiladi. past olovda 15 daqiqa qaynatgandan ke-yin 2 soatga issiq oʼrab qoʼyiladi. Soʼng dokadan oʼtkazib, kuniga 2-3 marta ovqatdan oldin bir piyoladan ichiladi. Bu shifobaxsh oʼsimlik, ayniqsa, ayollar salomatligi uchun foydali. Negaki siydik yoʼllaridagi shamollashni davolashda unga teng keladigani yoʼq.
Uretrit va istisqo kasalligini davolashda:
TАRVUZ — bemorlar uchun, ayniqsa, foydali. U nafaqat buyrak kasalliklari, balki siydik yoʼlidagi infektsiyalarni davolashda ham foydali hisoblanadi. Bemorlar tarvuzni kun davomida koʼproq isteʼmol qilishlari yoki uning sharbatini ajratib, nahorga va tunda ham uygʼonib ichishlari tavsiya etiladi. Shunda siydik ajralishi kuchayib, qovuq va siydik yoʼllari zararli bakteriyalardan tozalanadi.
OLMА QOQI — 1-2 tilim quritilgan olmani choynakka solib, ustiga yarim litr qaynoq suv qu-yiladi. Choyni 1-2 marta qaytarib, issiq oʼrab qoʼyiladi. 10 daqiqadan keyin ichiladi. Olmali choyni kun davomida ichish mumkin. Shuningdek, u behollikni davolashda ham tavsiya etiladi.

Оставьте комментарий