Pomidor bilan ozishning 3 usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Pomidorli parhez qisqa muddat ichida ortiqcha vazndan xalos bo’lishni va shu bilan birga salomatligini tiklab olishni istaydiganlar uchun ayni muddao. Parhezshunoslarning ta’kidlashicha, pomidor kam kaloriyali mahsulotlar safiga kirib, organizmda moddalar almashinuvi buzilishi jarayonini oldini oladi. Shuningdek, pomidor ichni tozalovchi eng yaxshi vosita hamdir. Quyida bu sabzavot bilan bog’liq uch xil parhezni e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Birinchi usul. 1 kunda 1,5 kg.
Ushbu parhezdan oyiga 3-4 marta foydalanish tavsiya etiladi. 1,5-2 kg pomidorni to’rt qismga bo’lib, taqsimlangan pomidorlarni kun davomida 4 marotaba iste’mol qiling. Istasangiz salat, istasangiz sharbat tayyorlang. Pomidor faol ravishda organizmdan ortiqcha suyuqlikni haydab chiqarishi tufayli, ushbu parhez davrida kamida 2 litr suv ichish tavsiya etiladi. Agar lozim topsangiz, bunday parhezni ketma-ket ikki kun qo’llashingiz mumkin. Darvoke, bu parhezni dam olish kunlarida o’tkazgan ma’qul.

Ikkinchi usul. 3 kunda 3 kg.
Uch kunda uch kg vazn tashlash oson — agar bu parhezdan foydalansangiz, albatta. To’g’ri, ushbu parhez kundalik taomnoma kabi boy va to’yimli emas, ammo go’zallik uchun ba’zilar bundan ham katta qurbonliklarga yo’l qo’yishgan.
07:00. Bir dona yaxshi pishgan pomidor.
10:00. Ikkita pomidor va bir bo’lak pishloq.
13:00. Qaynatib pishirilgan tovuq go’shti (tuzsiz!), pomidor va bodringli salat.
16:00. 1 dona pomidor, 2 bo’lak pishloq.
19:00. Ko’kat va tvorog qo’shilgan pomidorli salat.

Uchinchi usul. 14 kunda 8 kg.
Ushbu parhezni ikki haftadan ziyod qo’llash tavsiya etilmaydi. Ta’bga ko’ra, pomidor sharbatini shunchaki pomidor bilan aralashtirish mumkin. Tajribadan ma’lum bo’lishicha, agar bu parhez paytida kun davomida 1-2 dona bodring tanovul qilinsa, yaxshi samaralarga erishish mumkin ekan. Faqat bodringni ovqatdan oldin eyish tavsiya etiladi.
Nonushta: pomidor sharbati, yog’siz tvorog surtilgan ikki bo’lak qora non va istalgan meva.
11:00 da: pomidor sharbati.
Tushlik: pomidor sharbati, yog’siz va tuzsiz qaynatib pishirilgan 100 gr guruch, sabzavotli salat, bug’da pishirilgan baliq (100 gr), yashil olma.
Ikkinchi tushlik: pomidor sharbati.
Kechki ovqat: tovuq go’shtidan tayyorlangan frikadelkalar, qaynatilgan guruch (40 gr), pomidor sharbati.
Darvoqe, taomnomada ko’rsatilgan pomidor sharbati uyda tuzsiz tayyorlanishi shart.

Kimlarga mumkin emas?
Ushbu parhez pomidorga allergiyasi borlarga, ichaklar bilan bog’liq surunkali kasalliklardan aziyat chekadiganlarga, oshqozon yarasi va o’n ikki barmoqli ichak kasaliga chalinganlarga, homilador va emizikli onalarga mumkin emas!

Оставьте комментарий