Xabbob ibn Aratt

DO`STLARGA ULASHING:

«Alloh Xabbob (roziyallohu anh)ni rahm qilsin, u islomni rag‘bat bilan qabul qildi, muxojirlardan bo‘ldi va mujoxid bo‘lib yashadi.» (Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anh))
Xuzzaya qabilasidagi ayol Ummu Anmar Makka bozoriga qul sotib olishlik uchun bordi. U o‘zi uchun xar bir ishni qiladigan qul sotib olmoqchi edi va uning xizmatidan foydalanib foyda ko‘rish niyati ham bor edi. Qullar bozorida qullarni yaxshilab kuzatib uni nigoxi bir bolaga tushdi. Ummu Anmarni o‘zining baquvat tanasi va tug‘ma dono qarashi bilan o‘ziga tordi. Uni sotib olib, pulini to‘lab, u bilan birga uyiga qaytdi. Yo‘lda ketayotib Ummu Anmar boladan so‘radi:
«Isming nima?»
«Xabbob» — dedi bola.
«Otangni ismi nima?» — qiziqib so‘radi Ummu Anmar.
«Aratt» — dedi bola.
«Kayerdansan?»
«Najddan».
«Unday bo‘lsa sen haqiqiy arablardan ekansan?».. xayron bo‘lib dedi Ummu Anmar.
«Xa» — men Banu Tamim qabilasidanman.
«Qanday qilib sen qul sotuvchilar qo‘liga tushib qolib Makkaga kelding?»
«Bizning qishloqqa badaviy arablar xujum qildilar, ular bizni chorvalarimizni olib, xotinlarimizni asir olib bollarimizni o‘zlari bilan olib ketishdi va men bu asirlar orasida edim. Qo‘ldan qo‘lga o‘tib Makkaga kelib qoldim va men endi sizni qo‘lingizdaman.» — dedi bola.
Ummu Anmar o‘zinig yangi qulini Makkaning qurol yasaydigan temirchisiga olib borib, unga xunar o‘rgatishligini so‘rab, unga qilich yasashni o‘rgatishligini iltimos qilib topshirdi. Aqilli bola tez orada bu xunarni egalladi va ancha maxoratli usta ham bo‘ldi. Qachon Xabbob o‘rganib bo‘lganidan so‘ng Ummu Anmar qilich yasashlik uchun va undan foyda ko‘rishlik maqsadida unga aloxida temir do‘kon qilib berdi va xar xil kerakli asboblarni ham olib berdi.
* * *
Tez orda Xabbob Makkada nomi chiqdi, hamma uni yasagan qilichini sotib ola boshladi. Yoshligiga qaramasdan Xabbob mexnat sevar va kattalar kabi aqil yuritadigan edi. O’zinig ishidan bo‘sh vaqitlarida tevarak atrofga nazar solib chuqur o‘yga ketar edi, oyog‘idan boshigacha kirga botib. Bu joxil arablar qachon zalolatdan qutilar ekan va o‘zini qulikdan qutilishini o‘ylar edi, o‘ziga-o‘zi der edi:
«Qachondir bu kechalar oxiri bordir?»
Xabbob xayotlik chog‘ida o‘z ko‘zi bilan qorong‘ulikdan yorug‘likka chiqishini ko‘rishlikni juda xoxlar edi.
* * *
Xabbobning kutishi uzoq chuzilmadi, Makkalik bir Xoshimiy Adulloh o‘g‘li Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) yoshlarni nurga yetaklayotganini ko‘rdi. Xabbob uning oldiga borib so‘zlarini diqqat bilan tingladi, uning qalbini bu dono so‘zlar larzaga soldi. Xabbob qo‘lini Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga uzatib cho‘zib o‘tirmasdan guvoxlik berib qo‘ya qoldi:
«Guvoxlik beraman Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning bandasi va elchisidir.»
Shunday qilib Xabbob (roziyallohu anh) yer yuzida islomni qabul qilgan 6 chi kishi bo‘ldilar. Shu xususida aytishadiki:
«Xabbob (roziyallohu anh) bir necha vaqt islomni oltinchi qismi bo‘lib turdi.»
Xabbob (roziyallohu anh) islomni qabul qilganlaridan so‘ng xech kimdan yashirib o‘tirmadi. Ummu Anmar bu xabarni eshitganida jahli chiqib akasi Sibaa ibn Adul Uzzoni olib, Xabbob (roziyallohu anh)ning oldiga jo‘nadi, yo‘lda ularga Xuzaat qabilasining yoshlari qo‘shildilar. Ular Xabbob (roziyallohu anh)ni oldiga kelishganida uni ish ustida topdilar. Sibaa oldinga chiqib dedi:
«Bizga sen haqqingda xabar berishdi-ki, xatto biz ishongimiz kelmadi.. ..
«Bu nima xabar ekan?» — qiziqib so‘radi Xabbob (roziyallohu anh).
Sibaa dedi:
«Aytishlaricha sen o‘z diningdan qaytib Banu Xoshimlik bola olib kelgan dinga ergashibsan».
Xabbob (roziyallohu anh) xotirjam turib dedi:
«Men xech qanday dindan chiqganim yo‘q. Men Allohga iymon keltirdim va unga biron bir narsani sherik qilmaslikka va Muhammad Allohning bandasi va elchisi ekanligiga guvoxlik berdim xolos.. ..»
Bu xabarni eshitishlik bilanoq Sibaa va uni izdoshlari Xabbob (roziyallohu anh)ni talay ketishdi, uni ayamasdan qo‘llari va oyoqlari bilan qo‘llariga temir va bolg‘a olib ura boshlashdi. Bu xolat xatto Xabbob (roziyallohu anh) qonga belanib xushidan ketgunga qadar davom etdi.
* * *
Xabbob (roziyallohu anh) Xoshimiy diniga kirganligi va keyin xo‘jayini u bilan nima qilganligi xabari tezda Makkaga tarqalib ketdi. Odamlar Xabbob (roziyallohu anh)ni dov yurakligiga qoyil qoldilar. Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga ergashganlarni biron bittasi xali islom diniga kirganligini oshkor qilmagan edi. Qurayshning qariyalari bu voqeadan xayron bo‘lishdi. Xayollariga ham kelmagan edi-ki, Ummu Anmarga tegishli bir qul yaqinlarisiz, ximoyasiz temirchi, qanday qilib qo‘rqmasdan ularni ota-bobolari dinidan qaytib, ularni haqorat qilayotganiga.. ..keyin bilishdiki bu boshlanishi edi.
Qurayshliklar o‘zlarini taxminlarida yanglishmadilar, Xabbob (roziyallohu anh)ning jasorati boshqa do‘stlarini ham qo‘zg‘atib yubordi. Ular ham islom diniga kirganliklarini e’lon qila boshladilar, birin ketin tavxid kalimasini oshkora, baralla ayta boshladilar.. ..
Ka’ba devori yonida Quraysh sayidlari yig‘ilib, ular orasida Abu Sufyon ibn Xarb, Valid ibn Mug‘ira va Abu Jaxillar Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ni da’vatini o‘zaro muxokama qila boshladilar. Ular bunga qattiq chora ko‘rilmasa kundan kunga vaqt o‘tishi bilan uni ishi chuqur ildiz otayotganini ko‘rishdi. Shunday qarorga kelishdi-ki, bu tuzalib bo‘lmas kasallikni yo‘q qilish kerakligiga. Xar bir qabila bundan ogoxlantirilib, ularni xarakatini kuzatib kim Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ni diniga ergashsa uni dindan qaytarib yoki o‘lgunicha qiynab kurashishlikka targ‘ib qilishdi.
* * *
Sibaa ibn Adul Uzza va uning odamlariga Xabbob (roziyallohu anh)ni qiynashlik buyurildi. Quyosh tikka kelgan vaqt, uni nuri hammayoqni qizdiryotgan vaqt, Xabbob (roziyallohu anh)ni Makkaning maydoniga olib chiqib, uni ko‘ylagini yirtib, unga temir sovut kiygizib, unga suv berishlikni man qildilar. Qachon Xabbob (roziyallohu anh) issiqdan sillasi qurib, xushidan ketay deganda undan so‘rashdi:
«Xo‘sh, endi Muhammad haqida nima deysan?
«U kishi Allohni bandasi va elchisidir, u bizga haq dinni etkazish uchun keldi va bizni zulmatdan nurga olib chiqishlik uchun.. ..
Xabbob (roziyallohu anh)ni ayamasdan qattiq ura boshlashdi, so‘ng undan yana so‘rashdi:
«Sen Lot va Uzzo haqida nima deysan?»
Xabbob dedi:
«Bu ko‘zi ko‘r va qulog‘i eshitmaydigan ilohlaringiz na foyda va na zarar etkaza oladi.»
Shundan keyin baxaybat toshni olib kelib Xabbob (roziyallohu anh)ning yalong‘och ko‘ksilariga qo‘yib, xatto Xabbob (roziyallohu anh)ning badanlari kuyguncha ushlab turishdi.
Sama Ummu Anmar rahimsizlikda akasi Sibaadan ham o‘tar edi. Bir kuni Xabbob (roziyallohu anh)ni do‘koni oldidan o‘tib ketayotib Allohning Rasuli Muhammad (sallallohu alayhi va sallam) bilan so‘zlashib turganini ko‘rib qoldi. Jahli chiqib xar kuni Xabbob (roziyallohu anh)ning oldilariga kelib, temir parchasini olovda qizdirib, Xabbob (roziyallohu anh)ni boshlariga uni bosib xatto tutin chiqib Xabbob (roziyallohu anh) xushidan ketguncha uni ushlab turar edi.. ..
Xabbob (roziyallohu anh) Allohga duo qilib, o‘zini qiynovchisiga va akasiga kifoya qilishini so‘radi. Allohni Rasuli saxobalarni Madinaga hijrat qilishlikka buyurganlarida Xabbob (roziyallohu anh) yo‘lga xozirlik ko‘ra boshladilar. Xali Makkadan ketmasdanoq Alloh u kishining Ummu Anmarga qilgan duosini qabul qildi. Ummu Anmar xech kim eshitmagan bosh og‘rig‘iga mubtoloq bo‘ldi. Shunchalar qattiq og‘riy boshladiki Ummu Anmar og‘riqdan itlar kabi ingillardi.
Uning bolalari xar tarafdan, xatto ularga qanday da’vo berishlikni bilmagunlariga qadar unga tabib qidilar. Agar uni boshini og‘riqdan xalos qilmoqchi bo‘lsangizlar, faqat bir yo‘l bor xalos, u ham bo‘lsa boshini kuydirish kerak. Xatto o‘ziningg bosh og‘rig‘ini unutmaguncha, Ummu Anmarni boshiga temirni qizdirib bosishar edi.
* * *
Madinadigi ansorlar muxojirlarni do‘stona va mexmondo‘st bo‘lib kutib olishdi. Xabbob (roziyallohu anh) birinchi bor onson xayot kechira boshladilar. Bundan ko‘p yillar maxrum bo‘lgan edilar. Allohning Rasuli yonida ular o‘zlarining baxtiyor kunlarini kechirdilar. Payg‘anmbar (sallallohu alayhi va sallam) bilan birga Badirda Allohning Rasuli bayrog‘i ostida kurashdilar. Payg‘ambar (sallallohu alayhi va sallam) bilan birgalikda Uxudda ham ishtirok etishlik Xabbob (roziyallohu anh)ga nasib bo‘ldi va Uxudda Ummu Anmarni akasi Sibaa ibn Adul Uzzoni Allohning sherri, Hamza ibn Adul Mutallib (roziyallohu anh) qatil qilganlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Xabbob (roziyallohu anh)ning uzoq umrlari 4 xalifa davrini ham ko‘rishlikni nasib qildirdi, ularning hammalari Xabbob (roziyallohu anh)ni hurmat qilishar edilar.
Umar ibn Xattob (roziyallohu anh)ning xalifalik yillarida Xabbob (roziyallohu anh) u kishini majlislariga keldilar. Umar (roziyallohu anh) o‘zlariga yaqin tortib dedilar:
«Xech kim bu kishichalik hurmatga sazovor emas, faqat Biloldan boshqa..»
Keyin Umar (roziyallohu anh) mushriklar qanday qilib qiynaganliklari haqida so‘zlab berishni iltimos qildilar. Xabbob (roziyallohu anh) buni so‘zlagilari kelmasada Umar (roziyallohu anh) bir gapda turib oldilar. Xabbob (roziyallohu anh) ko‘ylaklarini ko‘tarib badanlarini ko‘rsatdilar. Ularning yelkalaridagi chuqurlarni ko‘rishgach Umar (roziyallohu anh) daxshatga tushib so‘radilar:
«Bular qanday bo‘lgan?»
Xabbob (roziyallohu anh) dedilar:
Mushriklar olov yoqib, uni cho‘g‘ qildilar, keyin meni ko‘ylagimni yechib orqam bilan cho‘g‘ga yotg‘izishdi, terim yonib go‘shimga o‘tganida qonim va mendan oqqan yog‘ olovni o‘chirmaguncha meni cho‘g‘da ushlashdi.
* * *
Xabbob (roziyallohu anh) ko‘p yillar kambag‘allikda umir ko‘rganlaridan so‘ng unga tilla va kumushlar tegib xech xayoliga kelmagan boyliklar ortirdi.
Xabbob dirham va dinorlardan xech kim qilmagan ish bilan qutulmoqchi bo‘ldilar. U boyliklarini bir idishga solib uyning bir chetiga olib borib qo‘ydilar. Bu joy xar bir kambag‘alga malum edi. Bu boyliklarni bekitmasdan quluflab qo‘ymasdan udan muxtoj kishilar bemalol uyga kirib o‘zlariga qancha kerak bo‘lsa undan oldilar. Xech kimdan so‘ramasdan va ruxsat olmasdan olishar edi. Xabbob (roziyallohu anh) shunga qaramasdan bu boyliklardan so‘roq bo‘lishidan qo‘rqdilar.
Ularning do‘stlari aytadilar:
Biz Xabbob (roziyallohu anh)ni o‘lim tushagida yotganida borib ziyorat qildik. Xabbob (roziyallohu anh) bizga dedilar:
«Bu yerda 80000 dirham bor Allohga qasamki! Men bu dirhamlarni birovlardan xech qachon berkitmadim kim undan foydalanmoqchi bo‘lsa qizg‘anmadim.. ..» — keyin yig‘lab yubordi.
Undan so‘rashdi:
«Nimaga yig‘layapsan?»
Xabbob dedi:
«Safdoshlarim ko‘plari mendan oldin xayotdan ko‘z yumdilar, ular biron bir boylik ortirishmadi, men esa xayotimda shuncha boylikka ega bo‘ldim, endi qo‘rqaman-ki meni qattiq jazo kutayapti deb».. ..
* * *
Xabbob (roziyallohu anh) o‘z Robbisiga rixlat qilganidan so‘ng, Ali ibn Abu Tolib uning qabri ustida shunday dedilar:
«Alloh rahim qilsin Xabbo (roziyallohu anh)ni, u islomni rag‘bat bilan qabul qildi va muxojir bo‘ldi va mujoxid bo‘lib yashadi.. Allohning mukofati kim yaxshilik qilgan bo‘lsa o‘shangadir»

Оставьте комментарий