16-avgust Abu Ali Ibn Sino tug’ilgan kun.

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 16-avgust Abu Ali Ibn Sino tug’ilgan kun.

Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali (980. 16.08. Afshona qishlog‘i — 1037.18.06. Hamadon shahri, Eron) — jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan O‘rta Osiyolik buyuk qomusiy olim.

G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.

Olim yoshligidan hisob va aljabr bilan ham shug‘ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi.

Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy edi.

Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o‘zlashtirishga kirishdi.

U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘qidi, xususan, tabobatni sevib o‘rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.

Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo‘ldi.

Ibn Sino undan tabobat darsini olib, bu ilmning ko‘p sirlarini o‘rgangan.

Olimning qoldirib ketgan asarlari jahon meditsinasida xaligacha qo‘llaniladi.

Оставьте комментарий