Xiaomi smartfonlarida mintaqaning o‘zgarishi nimaga ta’sir qiladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Xiaomi smartfonlarida mintaqaning o‘zgarishi nimaga ta’sir qiladi?

Xiaomi smartfonlarida tanlangan mintaqaga qarab, MIUI qobig‘i (https://t.me/gsmgurus_FAQ/482) tizim sozlamalarini o‘zgartirishi, ba’zi ilovalarni va parametrlarini qo‘shishi yoki yashirishi mumkin.
Mintaqani faqat Xiaomi yoki Redmi smartfonlarida o‘zgartirish mumkin, faqat Mi A1/A2(+ Lite)/A3 foydalanuvchilari bundan mustasno, chunki ushbu qurilmalarda «toza (https://t.me/gsmgurus_FAQ/482)» Android o‘rnatilgan.

Nima uchun mintaqa tanlovi Xiaomi smartfonlari sozlamalariga ta’sir qiladi?
Har bir davlat yoki mintaqaning elektronikaga bo‘lgan talablari, ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z standartlari va shartlari mavjud. Shu sabab, kompaniyalar o‘z qurilmalarini sotmoqchi bo‘lgan davlatlarning talablariga rioya qilishi va bajarishi shart.

Xiaomi smartfonlarida mintaqani o‘zgartirish uchun: «Sozlamalar» ➔ «Qo‘shimcha sozlamalar» ➔ «Mintaqa» (Nastroyki ➔ Rasshirennie nastroyki ➔ Region) bo‘limiga o‘ting.
Mintaqani o‘zgartirgandan so‘ng, smartfoningizni qayta ishga tushirishni (perezagruzka) unutmang!

Mintaqani o‘zgartirish nimalarga ta’sir qiladi:

Karnay va naushnikda ovoz balandlashishi
Agar mintaqani «Hindiston» yoki «Singapur» ga o‘zgartirsangiz, qurilmaning tashqi karnay va naushnikdagi ovozi balandlashadi.
Nima uchun aynan ushbu ikkala mintaqaning tanlovi ovoz parametrlariga ta’sir qiladi?
Sababi ushbu davlatlar qonunchiligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, masalan Yevropa standartlarga muvofiq, smartfonda ovoz balandligi 80 dB dan oshmasligi kerak, boshqa mamlakatlarda esa — 110 dB.

Yuz bilan ochish (raspoznavaniye litsa) imkoniyati qo‘shilishi
Agarda Xiaomi smartfoningizda ekran qulfini «Yuz bilan ochish» imkoniyati mavjud bo‘lmasa, mintaqani Hindistonga o‘zgartirib ko‘ring. «Yuz bilan ochish» funksiyasi, ayniqsa barmoq izi skaneriga ega bo‘lmagan Redmi 7A va 8A smartfonlari foydalanuvchilari uchun qulay.

Mavzu (tema) va fon rasmlarida qo‘shimcha imkoniyatlar
Mintaqani «Hindiston»ga o‘zgartirgandan so‘ng, «Mavzular» (Temi) ilovasida rington va shriftlarni o‘rnatishingiz va tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Boshqa mintaqalarda bu yerda faqat mavzular va fon rasmlari joylashgan.
Shuningdek, fon rasmlarini jadval bo‘yicha o‘zgartirish funksiyasi «Karusel oboyev» qo‘shiladi.

Hindiston mintaqasini tanlashning yana bir afzalligi, smartfoningizga tizim yangilanishlari tezroq kelishi mumkin. Sababi Hindiston bozori Xiaomi uchun asosiy hisoblanadi.

Mintaqani o‘zgartirishning qanday kamchiliklari bor:
Bir nechta qiziqarli funksiyalar paydo bo‘lishiga qaramay, mintaqani o‘zgartirish ba’zi noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Masalan vaqt mintaqasi (chasovoy poyas) o‘zgarishi natijasida, O‘zbekiston +5 o‘rniga +5,5 Hindiston o‘rnatilishi mumkin. Lekin buni qo‘lda tuzatish mumkin.

Shuningdek, mintaqani o‘zgartirish taqvim (va tegishli ravishda ta’til kunlariga) tilining o‘zgarishiga va ba’zi navigatsiya (xaritalar) ilovalari noto‘g‘ri ishlashiga olib olib kelishi mumkin.

Ba’zi mintaqalarni tanlaganda Xiaomi ilovalari reklamalar ko‘rsatishni boshlaydi. Aynan Hindiston mintaqasida qo‘shimcha imkoniyatlar bo‘lgani bilan, reklamalar ham ko‘rsatilishi mumkin. (DNS sozlamasi yordamida reklamalardan xalos bo‘lish (https://t.me/gsmgurus_FAQ/661))
Buyuk Britaniya, Germaniya va AQSH kabi mintaqalarda reklamalar ko‘rsatilmaydi, deb ta’kidlashadi.

Оставьте комментарий