Xojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi

DO`STLARGA ULASHING:

Xojatxona qog’ozi ishlab chiqarish liniyasi.
Diqqat bu juda serdaromad va katta biznes!

• 60kv metrlik bino va 380V kuchlanishga ega tok manbaasi kerak bo’ladi.
Uskunalar:
1. Katta o’ramdan kichik o’ramga o’rab berish uskunasi.
2. Kichik o’ramni kesib berish uskunasi.
3. Donali qadoqlash uchun maxsus qadoq uskunasi.
4. To’plam qilib qadoqlash uskunasi.

👉Bu uskunalarning barchasiga siz o’rtacha $17.800 sarflaysiz. Uskunalarni Toshkentda AFEX uskunalar do’konidan xarid qilsangiz bo’ladi.

–Siz necha qavatli hojatxona qog’ozi ishlab chiqarishingizga qarab shuncha yarim tayyor homashyo kerak bo’ladi. Eng keng tarqalgan hojatxona qog’ozi bu albatta, 2 qavatlidir.

• Katta o’ramdan kichik o’ramga o’rab berish uskunasi 1 daqiqada 150–280 metrgacha rulon o’rab berish quvvatiga ega.
• Agar siz faqatgina hojatxona qog’ozlarini ishlab chiqarmoqchi bo’lsangiz rulonlarni kichik o’ramni kesib beruvchi moslamada 10–12 sm kesishingiz kerak bo’ladi.

✔️ Shu ikki bosqichda mahsulot deyarli tayyor holatga keladi. Uni faqatgina qadoqlash kerak xolos.

• Siz o’z istagingiz va mijozlaringiz taklifiga qarab qadoqlovchi moslamada qog’ozlarni 2,4,6,8 tagacha juft qilib qadoqlashingiz mumkin.

💰 #Daromad
–1 tonna homashyodan 1 tonna mahsulot tayyorlash mumkin. Odatiy hojatxona qog’ozining vazni 60gr ni tashkil qiladi. Demak, 12 soatda 20 000 ta hojatxona qog’ozi ishlab chiqariladi.
– Ularni 6 donadan qilib qadoqlaganda, 3300 ta o’ramni tashkil qiladi.
– 1 oyda 26 kun ishlaganimizda 86 580 ta o’ram ishlab chiqaramiz.
– 1 o’ram mahsulot ulgurji bozorda 66 sentdan sotiladi(dollar hisobida). Biz uni 64 sentdan sotsak:
86,580 * 0.64 = $55,411 ni tashkil etadi.

💸 #Xarajatlar
• 1 tonna xomashyo $1450; 26 tonna esa $37,700 ni tashkil qiladi.
• 4 nafar ishchilar oylik maoshi, 4212kW elektr toki, vtulka va jami xarajatlar: $45,359 ni tashkil etadi.

🔝Daromad: $55.000
Xarajat : $45.000
Sof daromad: $10.000 🤩

Оставьте комментарий