Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️ Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Bu haqda DTM xabar bermoqda.

✅ Talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (shu jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi.

👨🏻💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar transfer.dtm.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

📌 Xorijiy davlatlardan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

❕ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

🖥 Talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasining bir hududida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa hududidagi davlat oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali amalga oshiriladi.