Xotira muqaddas tadbir ishlanmasi

DO`STLARGA ULASHING:

Xotira muqaddas tadbir ishlanmasi
XOTIRA  MUQADDAS
1-boshlovchi: Assalomu alaykum ey vatandoshlar
Muborak kunlarda ko’rishdik diydor
Mag’rur va masrur bo’lsin bu tillo boshlar
Parvardigor o’zi bizga madadkor
 
2-boshlovchi: Shu soylarda suvlargal urgil yuzingga sen,
                       Bir bor nazar solgil bosgan izingga sen,
                       Shu savolni berib ko‘rgil o‘zingga sen,
                       Aytgil do‘sdim nima qildik Vatan uchun.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum bizlarni ilm sarchashmalaridan bahramand qilayotgan aziz ustozlar.
 
2-boshlovchi: Assalomu alaykum mehri daryo, qalbi qaynoq, tinib-tinchimas muhtarama hamkasblar.
1-boshlovchi: Assalomu alaykum ushbu kechamizning asosiy mehmonlari bo‘lmish hurmatli faxriylar.
2-boshlovchi: Allohning in’om etgan ajoyib go‘zal kunida siz bilan diydor ko‘rishganimizdan g‘oyat mamnunmiz. Xush kelibsiz “Xotira aziz-qadr muqaddas” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamizga.
1-boshlovchi: Xotira o‘zlikni anglashga o‘tmishni doimo yodda tutishga da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘udir, u orqali inson o‘ziga yaxshi xislatlarni qaror toptirib boradi.
 
2-boshlovchi: Muqaddas tushunchalarning barchasi xotira bilan tirik. Xotira nafaqat o‘tmishni unutmaslik, bugungi kunni to‘g‘ri tasavvur etish hamdir.
1-boshlovchi: Xotira insoni keljakka ochiq ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi.
2-boshlovchi: Qadrlash esa xonadonimizga fayzu-baraka bag‘ishlab, qilayotgan ezgu ishlarimizga oq fotiha tilab turgan pir-u badavlat qariyalarimizning hurmatini joyiga qo‘yishdir.
1-boshlovchi: O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning farmoyishiga binoan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib, bugun ham el-yurtimiz farovonligini yuksaltirishga, yoshlarni tarbiyalashga  hissa qo‘shayotgan faxriylarni hurmatini joyiga qo‘yish maqsadida 9-may xotira va qarlash kuni keng nishonlanmoqda.
2-boshlovchi: O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov ustozlarni ulug‘lab shunday deydi.
Shoirga dedilar sen baxtli inson
         Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
         Shoir javob qildi menga bor armon,
         Muallim desalar mni qaniydi.
1-boshlovchi: Inson xotirasi azizdir. Xalqimiz qadim-qadimdan o‘tgan avlodlarni munosib xotirlab, qadrlab kelgan. Xotira millat tarixi, uning qadriyatlarini madaniyat va ma’naviyatini, bir so‘z  bilan aytganda mujassam etadigan buyuk qadriyat.
2-boshlovchi: Xotira o‘zlikni anglashda o‘tmishni doimo yodda tutishga bot-bot da’vat etib turadigan muqaddas tuyg‘u. Inson o‘zining kim ekanini xotira va qadr tuyg‘usi orqali chuqurroq anglaydi.
1-boshlovchi: Bizning tinch va baxtiyor yashashimiz hamda yurtimiz mustaqiligi uchun kurashgan va bu yo‘lda jonini fido qilgan insonlar hurmati, faxriylar xotirasi uchun bir lahza sukut saqlaymiz.
         Do‘stim bir lahza sukut saqlaylik,
         Baxtimiz qurboni bo‘lganlar haqqi,
         Nomlarin yod etib bir-bir yo‘qlaylik,
         Xalqim deb, yurtim deb o‘tganlar  haqqi.
1-2-boshlovchilar: Kel do‘stim bir lahza sukut saqlaylik.
 
1-boshlovchi:
2-boshlovchi: Davramizda ulug‘ Vatan urush qatnashchisi faxriylarimizga so‘z navbatini beramiz.
1-boshlovchi: Yurtim, ado bo‘lmas armonlaring bor,
                       Toshlarni yig‘latgan dostonlaring bor.
                       O‘tmishingni o‘ylab og‘riydi jonim,
                       Ko‘ksing to‘la shahid o‘g‘lonlaring bor.
2-boshlovchi: Bag‘rim o‘rtar bir o‘y bahor ayyomlar,
                       Oy botgan yoqlarda, termulib shomlar,
                       Aybin bilmay ketgan Akmal Ikromlar,
                       Fayzullodek mardu-maydonlaring bor.
 
 
1-boshlovchi:
         Vatanni aslida vatan qilganlar,
         Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar,
         Tillarin kessalar, ko‘zlarin o‘ysa,
         Bir-biriga dil bilan suxanlik qilganlar.
         Vatanni aslida vatan qilganlar,
                   Yovning yaxshisi yo‘q degan ham ular,
                   Zog‘ning yaxshisi yo‘q degan ham ular,
Millatning ko‘ksida bo‘y chozgan chinor,
                   Har dilda ko‘klamdek ko‘karib kelar.
Vatanni aslida vatan qilganlar,
         Maqtov malham bo‘lmas, bil qurbonlarga,
         Oyatda orom bor shahid jonlarga.
         Qo‘laring duoga katta och elim,
Shukrona joizdir erkli onlarga
Vatanni aslida vatan qilganlar,
         Erk uchun jonlarin gulxan qilganlar,
2-boshlovchi: Urush hech bir xonadonni chetlab o‘tmadi. Kimningdir sevikli yori, kimningdir singlisi, kimningdir otasi, akasi halok bo‘lgan.
1-boshlovchi:
 
2-boshlovchi: Odobnoma kursi tinglovchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishini birgalikda tomosha qilamiz.
Raqs. ___________________________________
2-boshlovchi: Ushbu kun o‘tganlarni yana bir bor yod etib, osmonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligi yo‘lida jonlarini fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.
 1-boshlovchi: Yillar umrimizga qilarmu shafqat
                        Biror ish bormikan aylagali yor
                       Qayta tiklash mumkin barchasin faqat,
                       Qayta tiklanmagay o‘sha xotirot.
 
2-boshlovchi: Shuning bilan “Yoshlar e’tiborda-keksalar e’zozda bo’lgan yurt” mavzusidagi adabiy-badiiy kechamiz o‘z nihoyasiga yetdi. E’tiborlarinigiz uchun rahmat.
Qo‘shiq. “Sizni unutmoq osonmas”
1-boshlovchi: Istardikki, xotira va qadr tuyg‘usi hech birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin.

Оставьте комментарий