Xurmoning 10 ta foydali xususiyati

DO`STLARGA ULASHING:

Xurmo shirinlik o‘rnini bosa oladigan mazali meva bo‘lishi bilan birga sog‘liq uchun ham foydalari talaygina.
  1. Xurmo juda to‘yimli mahsulot. Uning tarkibidagi nutriyentlar, vitamin va minerallar uzoq vaqt davomida qorinni to‘q tutadi.
  2. Xurmo tarkibida glyukoza ko‘p bo‘lib, u miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va diqqatni jamlashga yordam beradi.
  3. Quritilgan xurmo tarkibida organizmni oksidlanishga qarshi himoya bilan ta’minlaydigan polifenol moddasi va S, Ye vitaminlari bor.
  4. Xurmoning foydali jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, qandli diabet kasalligidan aziyat chekuvchi insonlarga bu mevani iste’mol qilish mumkin emas.
  5. Xurmo yurakni mustahkamlaydigan meva. U gipertoniya (arteriyada qon bosimining oshib ketishi) kasalligiga yo‘liqqan insonlarga ham tavsiya etiladi. Muntazam ravishda xurmo iste’mol qilish qon bosimini me’yorda saqlashga yordam beradi.
  6. Xurmo shamollash va infeksiyaga qarshi kurashda ham samarali vosita. Bu meva balg‘amni tozalash va yo‘talni qoldirish chususiyatiga ega.
  7. Bir nechtagina xurmo yeyish organizmni sutkasiga 27 foiz kaliy, 15 foiz magniy va 12 foiz B vitamini bilan ta’minlaydi. Stress yoki surunkali charchash holatlariga yo‘liqqan kishilarga bu meva, ayniqsa katta yordam beradi.
  8. Xurmo quvvatni oshiruvchi va tetiklashtiruvchi meva bo‘lgani uchun, og‘ir kasallik yoki operatsiyadan so‘ng organizmning tez tiklanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
  9. Xurmo organizmdan ortiqcha suvni chiqarib tashlash hususiyatiga ega. Shuning uchun u buyrak kasalliklaridan aziyat chekuvchilarga tavsiya qilinadi.
  10. Bitta xurmoni bir stakan sut bilan birga iste’mol qilish organizmni kerakli aminokislotalar bilan ta’minlay oladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.
soglom.uz/tavsiya/xurmoning-10-ta-foydali-xususiyati/

Оставьте комментарий