Xush kelibsan qish

DO`STLARGA ULASHING:

Xush kelibsan qish

Xush kelibsan qish fasli,
Nurga to‘lsin izlaring.
Zavq bag‘ishlab dillarga,
Kulsin o‘g‘il-qizlaring.

Poklik ramzi oq qorlar,
Yog‘sin bag‘ishlab bir husn.
Sevinchga to‘lsin qalblar,
Ko‘rib go‘zallik baxt tusin.

Xush kelibsan dekabr,
Xayr xush qol ey kuzim.
Yog‘ib laylak qorlaring,
Shodlikka to‘lsin umrim.

Bahor, yoz, kuz tarovati,
Bog‘liq qishim himmatiga.
Barokatli fayzli bo‘l,
Ziynat berib el baxtiga.

Qorbobo-yu qorqizing ham,
Kulib kelsin eshiklardan,
Go‘daklarning sho‘x ovozi,
Yangrasin har beshiklardan.

Baxtiyor Yo‘ldoshev
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Оставьте комментарий