Mercedes-benz G-class

DO`STLARGA ULASHING:

Mercedes-benz G-class

Bundan keyin kanalda yana yangicha talqindagi postlar ham berib boriladi. Gigant ishlab chiqaruvchilarning ommabop modellarining texnik jihatlari va ularning bir biri bilan taqqoslanishi shuningdek davlatlar miqyosida ularning o’zlarida shu modellar narxlari bilan tanishib chiqamiz . Buginki qahramonimiz Mercedes-benz G-class xalq orasida Gelik nomi bilan mashhur o’sha model:
Germaniyaning o’zida 3 xil pozitsiyalarda ishlab chiqiladi. 1-pozitsiya: G400 , 2-pozitsiya G500, 3-pozitsiya AMG G63

G400d texnik xususiyatlari:
pozitsiya nomidagi «d» harfi mashina dizelda harakatlanishini bildiradi
yoqilg’i turi : Dizel. Slindrlar soni: 6 ta V-simon shaklda o’rnatilgan. Dvigatel hajmi: 2.925 santimetr kub ya’ni 2.95L. ot kuchi: 330 . Aylantiruvchi momenti: 700 Nm . Transmissiya: 9G TRONIC . 100 kmga tezlashish: 6.4 sek . Maksimal tezlik: 210 km/soat.
Narx: €118,256.25

G500 texnik xususiyatlari:
yoqilg’i turi : Benzin. Slindrlar soni: 8 ta va V-simon shaklda o’rnatilgan. Dvigatel hajmi: 3.982 santimetr kub ya’ni 3.98L. ot kuchi: 421 . Aylantiruvchi momenti: 610 Nm . Transmissiya: 9G TRONIC . 100 kmga tezlashish: 5.9 sek . Maksimal tezlik: 210 km/soat.
Narx: €130,203.85

AMG G63 texnik xususiyatlari:
yoqilg’i turi : Benzin. Slindrlar soni: 8 ta va V-simon shaklda o’rnatilgan. Dvigatel hajmi: 3.982 santimetr kub ya’ni 3.98L. ot kuchi: 585 . Aylantiruvchi momenti: 850 Nm . Transmissiya: AMG SPEEDSHIFT TCT 9G . 100 kmga tezlashish: 4.5 sek . Maksimal tezlik: 220 km/soat.
Narx: €187,246.50

Mercedes-benz pozitsiyalari ichida AMG belgisi bu eng oxirgi pozitsiyalardan biri ekanligini bildiradi va eng tezkori ekanligini ham. Bu yerda ba’zi detallar tushunarsiz bo’lib ko’rinadi. Lekin hali birma-bir to’xtalamiz.

@Avtomexanik_07

Оставьте комментарий