Yaxta sotib olish uchun qanchalik boy bo’lish kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Yaxta sotib olish uchun qanchalik boy bo’lish kerak?

Yaxta haqida gap ketganda hashamatli va boy insonlar hayoti tasavvur qilinadi. Xo’sh, yaxta sotib olish uchun qancha pul kerak. Yaxta narxlarini o’rgandik.

2yachts saytida 50 mingdan ziyod sotuvga qo’yilgan yaxtalar mavjud. Narxlar $30 000 dan boshlanib $300-$400 mln dollargacha chiqadi.

Yuqoridagi suratda har xil kategoriyadagi 4 ta yaxta:
1. 7 metrlik mini yaxta — Baby Joanne (2013-yil, Malaysiya) .
Narxi: $30 000
2. Maiora 20 (1995) — 21 metr, Italiya.
Narxi: $320 870
3. Maiora 33 DP (2007) — 33 metr, Italiya
Narxi: $4 317 160
4. Moonen 100 Explorer (2019) — BAA, Dubai
Narxi: $197 189 200

Yaxta juda ko’p xarajat talab qiladigan transport hisoblanadi. Agar yangi yaxta sotib olsangiz, yaxta narxining 7%-10% miqdorida pul faqatgina yaxtaga sarflanadi.

Yillik xarajatlar asosan, transport solig’i, sug’urta, parkovka, sayohat davomdia posrtdagi ijara, ta’mir xarajatlari va ishchi personal xarajatlari.

Оставьте комментарий