Yusufxon Nurmatov va Xayrulla Hamidov — Tushimda

DO`STLARGA ULASHING:

Yusufxon Nurmatov va Xayrulla Hamidov — Tushimda 

Ko‘ngil tamomila nomlandi xirsiy,
Tobora g‘ichirlar ostimda kursiy,
Zuxutdan dars bering, Salmoni Forsiy,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Ko‘ngil siltanmaydi ko‘rsa ham tobut,
Bu holda ertaga bo‘laman nobud.
Holimni izohlang, Zayd ibn Sobit,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Ba’zan uyqu g‘olib, bomdod ham malol,
“O‘rningdan tur”, debon yig‘laydi hilol.
Azonni his qilay, o‘rgating Bilol,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni o‘rgating, Abu Huroyra,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Qiyomat tongida ne erur nasab?
U kunda darz ketib, portlagay asab.
Dunyoga tupurish nedur, ey Musab?
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Zar qadrin biladi haqiqiy zargar,
Solihlar dunyodan qildilar xazar.
O‘rgating asli ne taqvo, ey Abu Zar,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Tinmagay Shayton deb: tinmasdan sayra,
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra.
Kurashni o‘rgating, Abu Huroyra,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Bevafo ko‘ngildan charchadim noliy,
Istadim Robbimni uzlatda holi.
Mardlikni o‘rganay, xazrati Ali,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Vujudim titrasa, o‘qisam Qur’on,
Ko‘rganlar devona desalar hayron,
Bu holning siri ne, ey shahid Usmon?
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Qop-qora kechalar bo‘lsin yop-yorug‘,
Shayton xujumidan tamoman forig‘.
Mardlikni o‘rgating, Umar ul Forug‘,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Najot topgan qavm bo‘ldilar shokir,
Bunda yo‘q na nifoq, yo‘q erur makr.
Iymondan dars bering, ey Abu Bakr,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Qalbimdan o‘tganin biladi Alloh,
Boshqasi kerakmas, Allohim guvoh.
Bir bora bo‘lsa ham, yo Rasululloh,
Ko‘rgim kelayotir sizni tushimda.

Оставьте комментарий