YUZLARINING TINIQLIGI SIRLARI NIMADA?!

DO`STLARGA ULASHING:

KOREYS HONIMLARINI YOSH KO‘RINISHLARI VA YUZLARINING TINIQLIGI SIRLARI NIMADA?!

6 Ta Uy Sharoitida Tayyorlanadigan, Eng arzon va har bir honadonda topiladigan mahsulotlardan Yoshartiruvchi va Tiniqlashtiruvchi Niqoblar

Qarish tabiiy jarayon bo’lib, uni to’xtatish yoki orqaga surish ilojsizdek tuyuladi. Lekin zamonaviy tibbiyot buning ham yechimini topgan: har xil plastik jarrohliklar, maxsus preparatlar yordamida yuz terisini torttirish v.k. Lekin yuz terisini vaqtida to’g’ri parvarish qilish orqali qimmat va xavfli jarrohlik muolajalariga hojat qolmaydi. Quyida yuz terisi uchun foydali bo’lgan 6 ta ajinlarga qarshi  yoshartiruvchi va tiniqlashtiruvchi niqoblarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. Limon sharbati va asalli niqob

Bilamizki, limon kuchli antioksidant sanaluvchi C vitaminiga boy meva bo’lib, shu bilan birga, limon sharbati yuzdagi sepkil va dog’larni yo’qotishda samarali vositadir. Asal esa yuz terisini namlantirish va tinchlantirish xususiyatiga ega bo’lib, bu ikki mahsulotdan yuz terisi uchun ajoyib yoshartiruvchi niqob tayyorlanadi.

Niqobni tayyorlanishi: 1 dona limon siqib sharbati olinadi va 1 choyqoshiq asal qo’shilib aralashtiriladi. Aralashmani yuzga surib, 15 daqiqadan keyin iliq suv bilan chayiladi. Bu niqobdan har kuni foydalanish mumkin.

2. Limon, qaymoq va tuxum

Tayyorlanishi: 1 choyqoshiq limon sharbati, yarim choyqoshish qaymoq va 1choyqoshiq tuxumning oqi aralashtirilib, yuzga 15daqiqaga surib quyiladi va sovuq suv bilan yuz chayib tashlanadi.

3. Kartoshkali niqob

Oshxonada doimo topiladigan mahsulotlardan biri kartoshka bo’lib, u kosmetalogiyada ham keng qo’llaniladi. Ko’z atrofidagi ajinlarni, ko’z osti qorasini bartaraf etishda va terini quyosh nurlaridan kuyganda oqartirish uchun ajoyib vositadir. Bundan tashqari, kartoshkani to’g’rab, ko’z ustiga bir necha daqiqa quyilsa, ko’z charchog’ini oladi.

Niqobni tayyorlanishi: Bir dona o’rtacha kattalikdagi kartoshka kichik ko’zli qirg’ichdan chiqarilib, pasta holiga keltiriladi. Yuzga, asosan ko’zlar atrofiga qo’yiladi. 30 daqiqadan keyin iliq suv bilan yuz chayilib, quritiladi. Kutilgan natijaga erishguncha har kuni qo’llaniladi.

4. Guruch suvi

Bilamizki koreys, yapon va xitoy ayollarining yosh ko’rinishining asosiy sabablaridan biri – guruchdir. Guruch vitamin va minerallarga boy bo’lib, yuzdagi qora teshikchalarni yo’qotadi, terini yoshartirib yuz rangini yaxshilaydi.

Tayyorlanishi: Biroz guruch sovuq suvga ivitiladi. Guruch suvdan siqib olinadi va suviga yuz chayiladi. Guruch qaynatib pishirilgandan keyin qolgan suvini ham shu maqsadda ishlatsa bo’ladi.

5. Tuxum va apelsin sharbatili niqob

Tuxum yuzning sog’lom va ajinlardan holi ko’rinishi uchun zarur bo’lgan oqsilga eng boy mahsulotlardan biri hisoblanadi. Tuxumning oqi va apelsin sharbatidan  yuzni taranglatish va ko’tarish uchun ajoyib niqob hosil bo’ladi. Shuningdek tuxum yuz terisining yorqinligini oshirib, qora teshikchalarni  va ko’z atrofidagi mayda ajinlarni kamaytirishga yordam beradi.

Niqobni tayyorlanishi: 3 osh qoshiq apelsin sharbati va tuxumning oqi birgalikda aralashtiriladi. Niqob surishdan oldin yuzni iliq suv bilan yuvib quritiladi va shotka yordamida niqob yuzga surtiladi. Besh daqiqadan keyin aralashma yuzga yana bir qavat qilib surtib chiqiladi. Qurigach yuz nam salfetkada artib tozalanadi.

6. Bodiring va tvorogli niqob

Bodiring terini tinchlantirish xususiyatiga ega bo’lib, qovoqlardagi shish va qovoq osti qora aylanalarni kamaytirishga yordam beradi. Tvorog esa yuzni o’lik hujayralardan tozalab, ajinlarning erta tushishining oldini oladi.

Niqobni tayyorlanishi: Yarim piyola tvorogga 2 choyqoshiq qirg’ichdan o’tkazilgan bodiring qo’shiladi va yuzga suriladi. 20daqiqa turgach iliq suv bilan yuz chayiladi. Bu niqobdan haftada 2 marta foydalanish tafsiya qilinadi. Bir necha oyda yosh va sog’lom yuz terisiga ega bo’lasiz.

Bundan tashqari, teringizni to’g’ridan-to’g’ri tushadigan quyoshning ultra binafsha nurlaridan himoya qiling. Har kuni kamida 2lr suv ichishga odatlaning. Bu terining namlikka bo’lgan ehtiyojini qondiradi va erta ajin tushishini oldini oladi.

Оставьте комментарий