πΆβ„Žπ‘Žπ‘žπ‘Žπ‘™π‘œπ‘žπ‘™π‘Žπ‘Ÿπ‘›π‘–π‘›π‘” π‘žπ‘œπ‘Ÿπ‘›π‘– π‘¦π‘’π‘‘π‘Žπ‘Ÿπ‘™π‘–π‘β„Žπ‘Ž π‘‘π‘œβ€™π‘¦π‘šπ‘Žπ‘ π‘Ž β„Žπ‘Žπ‘š π‘–π‘β„Žπ‘– π‘˜π‘’π‘™π‘šπ‘Žπ‘ π‘™π‘–π‘˜ π‘’β„Žπ‘‘π‘–π‘šπ‘œπ‘™π‘– π‘π‘œπ‘Ÿ

DO`STLARGA ULASHING:

β€ΌοΈβ€ΌοΈπΆβ„Žπ‘Žπ‘žπ‘Žπ‘™π‘œπ‘žπ‘™π‘Žπ‘Ÿπ‘›π‘–π‘›π‘” π‘žπ‘œπ‘Ÿπ‘›π‘– π‘¦π‘’π‘‘π‘Žπ‘Ÿπ‘™π‘–π‘β„Žπ‘Ž π‘‘π‘œβ€™π‘¦π‘šπ‘Žπ‘ π‘Ž β„Žπ‘Žπ‘š π‘–π‘β„Žπ‘– π‘˜π‘’π‘™π‘šπ‘Žπ‘ π‘™π‘–π‘˜ π‘’β„Žπ‘‘π‘–π‘šπ‘œπ‘™π‘– π‘π‘œπ‘Ÿβ€ΌοΈβ€ΌοΈ
Ich qotishining asosiy sabablari
β€’ Onaning notoβ€˜gβ€˜ri ovqatlanishi;
β€’ Sun’iy ovqatlanishga erta oβ€˜tish;
β€’ Oziqa turning aralashishi.
Ba’zida chaqaloqlarda ich qotishi sun’iy ovqat tarkibidagi moddalarni bola organizmi koβ€˜tara olmasligi sababli ham yuzaga keladi. Bolalarning psixo-emotsional holati ham ichaklar funksiyasiga ta’sir etadi.
Chaqaloqning aralash ovqatlantirilganligi sababli kelib chiqadigan ich qotish
πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯πŸ”₯
Chaqaloqlar 1 yoshgacha ona suti bilan oziqlantirilishlari kerak. Shu sababli oziqaviy mahsulotlar aralashtirilgani uchun chaqaloqlarda ich qotish koβ€˜p kuzatiladi.πŸ₯Ίβ€ΌοΈβ€ΌοΈ
Bolani sun’iy oziqlantirishga oβ€˜tishiga koβ€˜p hollarda ona suti yetishmasligi yoki sutning sifatsizligi sabab boβ€˜ladi. Ba’zida chaqaloqlar ona sutiga toβ€˜ymay qolishadi, chunki ona suti tarkibida yetarlicha yogβ€˜ boβ€˜lmaydi. Bunday hollarda bolalar injiq, yigβ€˜loqi, uyqusi buziladigan boβ€˜lib qolishadi.‼️‼️‼️
Ozuqaning aralashishi natijasida bolada ich qotishiga sabab – sun’iy ovqatning oβ€˜zidir. Bu kabi mahsulotlar bola uchun noodatiy boβ€˜lib, hazm qilish a’zolari uni qiyinchilik bilan qabul qiladi‼️‼️‼️‼️
Ayrim hollarda, yangi mahsulotlar berish hisobiga bolalarda reflektor ravishda ichaklar spazmga uchrab qoladi va bu bolada ich qotishiga sabab boβ€˜ladi.
Bundan tashqari, chaqaloqlar ichi qotib qolishida ovqat harorati ham muhim oβ€˜rin egallaydi. Bola iste’mol qiladigan ozuqa issiq ham sovuq ham boβ€˜lmasligi zarur. Eng yaxshisi koβ€˜krak suti kabi haroratda beriladigan ozuqalardir. Bu esa ich kelishi bilan yuzaga chiqadigan muammolardan xalos etadi.
ManbaΒ©
@yosh_onalarga_maslahatlar

ΠžΡΡ‚Π°Π²ΡŒΡ‚Π΅ ΠΊΠΎΠΌΠΌΠ΅Π½Ρ‚Π°Ρ€ΠΈΠΉ