1-iyun. Kichik guruh uchun she’rlar

DO`STLARGA ULASHING:

Kichik guruh uchun she’rlar.
1-iyun.
Eng quvonchli kun bugun,
Bugun birinchi iyun.
Bolajonlar bayrami.
Sevinch to’la olami.

Bugun bayram.
Kel bolajon o’ynaylik,
Bugun bayram quvnaylik.
Ozod yurtni bolasiman,
Gul rayhon lolasiman.

Bolajonlar bayrami.
Osmonimiz musaffo,
Yangrar bugun shux sabo.
Quvonar jajji ko’zlar,
Bugun bayram azizlar.

Baxtli bolaman.
Yarashar shuxligim,
Onamni erkasiman.
Baxtiyor bolaligim,
Yurtimni ertasiman.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий