13-oktyabr Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni har yili 13-oktyabrda nishonlanadi. Birinchi bor BMTning General Assambleyasining rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi va bu kun xatarli ofatlarni oldini olishga qaratilgan -Xalqaro kun deb tan olingan. 1999-yildan boshlab BMTning General Assambleyasi bu sanani nishonlash to’g’risidagi qarorini qabul qildi. Bu kunni nishonlashdan maqsad, insonlarni, tabiiy ofatlarni oldini olishga, ularga tayyor turishga, iloji boricha ofatlardan aziyat chekuvchilarga tezlikda yordam berishga va asoratlarini imkon qadar aziyatsiz o’tishiga ko’maklashishdan iboratdir. Xatarli ofatlarni kamaytirish kunining yana bir jihati, dunyoning ofatlar tez-tez bo’lib turadigan hududlariga borib, odamlarni ofat paytida o’zlarini tutishlari va harakatlarini o’rgatishdan iboratdir. Dunyoda yer silkinishi, havo o’zgarishi (siklon)da, suv toshqinlarida, suvsizlik natijasida juda ko’pchilik vafot etadi. BMTning ma’lumotlariga ko’ra, 2004-yilda 250 mingga yaqin odam tabiiy ofatlar qurboniga aylanganlar. Bu 2003-yilgi ko’rsatkichga qaraganda 3 marotaba ko’p va 2002-yilga nisbatan 10 marotaba ko’pdir. Agarda davlatlar tabiiy ofatlarni oldini olishni yo’lga qo’ysalar millionlab insonlar hayoti saqlanib qolinar edi. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotiga ko’ra, bu ko’rsatkich 1994-2003-yillarga ko’ra 3 barobar oshganini ko’rsatmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida bo’lib o’tgan ofatlarning asoratlari hozirgi kunga qadar bartaraf qilinib kelinmoqda. Yer silkinishi natijasida ham turli, ya’ni, Kavkaz, O’rta Osiyo, Xitoy davlati, Yaponiya talofatlar ko’rmoqda. O’rtacha hisoblaganda ofatlar tufayli kuniga 184 ga yaqin odam halok bo’ladi. BMT har yili nishonlanadigan bu kunga nom beradi. Masalan: «Tog’li hududlarni saqlab qolish harakati”, «Avvalgi ofatlarni o’rganish natijasida kelgusilariga tayyor turish”, «Ofatlarni oldini olish harakatlari maktabdan boshlanadi”, «Tabiiy ofatlarda kasalxonalar harakati”, «Tinchlik-hayot uchun” shiorlari ostida bu kun o’tkaziladi. Davlat har bir ishini xalq manfaatini ko’zlagan holda amalga oshirishga harakat qiladi.

13 комментариев к “13-oktyabr Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni”

  1. Уведомление: ccv dumps sites

  2. Уведомление: Qu’est-ce qu’un agent de financement ? - Finday ?Qu’est-ce qu’un intermédiaire de crédit ? - Finday ?

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: ammo for sale

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: เงินด่วนพร้อมใช้

  7. Уведомление: nova88

  8. Уведомление: limanbet giriş

  9. Уведомление: bullet journal template

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: best porn videos

  12. Уведомление: 다시보기

  13. Уведомление: lsm99.review

Комментарии закрыты.