15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 15-sentyabr – jangda tanklardan birinchi marta foydalanilgan kun

Tanklar inglizlar tomonidan 1916-yil 15-sentabrda, I jahon urushida nemis qo’shinlariga qarshi keng ko’lamli hujum paytida — Somma jangida ishlatilgan.

Tank hujumida Mk.I rusumidagi 49 ta zirhli texnika bo‘lgan, ammo texnik xususiyatlari pastligi sababli jangda bor-yo‘g‘i 18 ta jangovar texnika qatnashgan, qolganlari nosozliklar tufayli safdan shiqqan yoki botib qolgan.

Shunga qaramay, jangda qatnashgan tanklar 5 soat ichida 5 kmli mudofaa masofasiga yorib kirishga muvaffaq bo’lishdi.

Nemislar mudofaasining birinchi chizig‘i psixologik ta’sir tufayli deyarli yo‘qotishlarsiz egallandi: ilgari bunaqasini ko‘rmagan ko‘plab nemislar vahima ichida qurollarini tashlab, qochib qolishdi.

Ertalab tanklardagi yoqilg’i ta’minoti tuga boshladi, ekipajlar hujumni to’xtatib, bazaga qaytishga majbur bo’lishdi.
Shu bilan hujum aslida tugadi va inglizlarning yo’qotishlari odatdagidan 20 baravar kam edi.

Оставьте комментарий