16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi

DO`STLARGA ULASHING:

16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi
XIX asr oxirida Berlinning markazida, shahar  aholi soni million kishidan oshib ketgani sababli, kucha harakati juda qiyinlashgan  edi. Ahvolni yengillashtirish vositalaridan biri elektr  tramvay edi. Bu vaqtda elektr kompaniyasining boshlig’i muhandis Verner Fon  Simens  passajir tashuvchi elektr tarmoq qurish  taklifi bilan chiqdi. 1879 yili  bahorda Simens  Berlin ko‘rgazmasida dunyoda birinchi elektr temir yo‘lini  taqdim etdi — » vagonlari bilan elektrolokomotiv». Bu ixtiro  sensatsiya bo’lgan edi.  Uchta vagonchalik poyezd 18 yo‘lovchi bilan 7 km/soat tezlikda yurardi. Ko‘rgazmaning ko’plab tashrif buyuruvchilari  «par yoki otlar yordamisiz”  harakatlanayotgan bu g’aroyib poyezdga chiqib  sayohat qilish istagini bildirishdi. Temir yo‘llarga yevropa aholisi  odatlanib qolgan, lekin tutunli parovozi bo’lmagan poyezd ko’pchilikni  hayratda qoldirdi, lekin transportni elektrlashga bo’lgan  munosabat aholida sergaklik uyg’otardi. Shunday turdagi transportni yashash qobiliyatini isbotlamoq uchun, Simens  o‘zining puliga tramvayning elektr bilan harakat qiladigan ko’rgazma andozasini qurishiga  to‘g‘ri keldi. 1881-yili 16-mayda  Berlinning chekkasida, Lixterfeld bilan Kadet korpusi oralig’ida  dunyoda birinchi elektr tramvay o‘tdi. Dunyoda birinchi elektr temir yo‘lda yo‘lovchi tashish harakati shunday bo’lgan edi, shu bilan otlar o’rniga elektr tortish kuchi ishlatila boshlandi. 30 km/soat tezlikda yuruvchi tramvay, birinchi uch oy davomida 12 mingdan ortiqroq  yo‘lovchilarni manziliga yetkazdi. Birinchi tramvay, birinchi elektrovoz kabi relslardan keluvchi elektr toki yordamida harakatlanardi. Bizga odatiy tamvay, yoy va simlar bilan, 1890-yilda paydo bo‘ldi. Yo‘lovchi transporti ko‘rinishidagi tramvay butun dunyoda juda tez tarqalib rivojlandi.

17 комментариев к “16-may Germaniyada dunyoda birinchi marta tramvayda yo‘lovchi tashish boshlandi”

  1. Уведомление: why not check here

  2. Уведомление: หนังใหม่

  3. Уведомление: บาคาร่า ขั้นต่ำ 5 บาท

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์โอนเข้าบัญชี

  6. Уведомление: second brain template

  7. Уведомление: Devops Services company

  8. Уведомление: buy night hawk custom guns

  9. Уведомление: where to buy albino penis envy

  10. Уведомление: download youtube videos online

  11. Уведомление: Buy Albino Penis Envy Mushrooms For sale Toronto

  12. Уведомление: Where to buy DMT Melbourne

  13. Уведомление: แทงบอลออนไลน์

  14. Уведомление: empresa serviços informática

  15. Уведомление: 주식커뮤니티

  16. Уведомление: why not try this out

  17. Уведомление: upx1688.com

Комментарии закрыты.