20, 30, 40, 50 yoshda qanday to‘g‘ri ozish mumkin

DO`STLARGA ULASHING:

❓ 20, 30, 40, 50 yoshda qanday to‘g‘ri ozish mumkin
☝️Mutaxassis tavsiyasi
? Tibbiyot fanlari nomzodi Farah Faxad tez va xavfsiz ozish uchun ayollar yoshiga qarab o‘z ratsionini to‘g‘ri tashkillashtirishi kerakligini aniqladi.
✅ 20 yoshda
Agar qalqonsimon bez yoki gormonlar bilan muammolar kuzatilmasa, bu yoshda metabolizm juda ham yaxshi ishlaydi. 20 yashar qiz to‘lishishni boshlasa, vazn tashlash uchun organizmni zo‘riqtiradigan parhez qilishi shart emas, shunchaki fast-fud, pitssa, sho‘r va shirin mahsulotlardan tiyilishning o‘zi kifoya. Uyda tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomni iste’mol qilishga o‘tish natijasida ortiqcha vazndan tez va organizmni zararlamagan holda xalos bo‘lish mumkin.
✅ 30 yoshda
Metabolizm sekinlashishi kuzatiladi lekin bu ovqat yeyishni bas qilish kerakligini bildirmaydi. O‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, ratsionida yong‘oq, urug‘ va donli mahsulotlar bo‘lgan ayollar tez vazn tashlashi mumkin. Shifokorlar ushbu yoshda quyidagi sxemaga amal qilishni maslahat beradi: bir kun faqat salat va ko‘katlar iste’mol qilishni, bir kun yog‘siz mahsulotlar, yana boshqa bir kun hech narsadan cheklanmaslik, yengil tamaddi uchun esa donli mahsulot va yong‘oqlar iste’mol qilish tavsiya qilinadi.
✅ 40 yoshda
Metabolizmning sekinlashishi oqibatida organizm og‘ir ovqatni hazm qilishi qiyin bo‘ladi. Shu sababdan, hazm jarayoni hamda organizmdan yog‘ ajralib chiqishini tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan, kletchatkaga boy taomlarni iste’mol qilish muhim sanaladi. Shuningdek, xamir va kraxmalli taomlarni iloji boricha yemaslik kerak. Nonushtaga bo‘tqa, tushlikka sabzavotlardan tayyorlangan sho‘rva, kechki ovqatga esa yog‘siz dudlangan baliq yoki tovuq go‘shti bilan sabzavotli garnir eng a’lo variant.
✅ 50 yoshda
Ushbu yoshda oqsilga boy parhez qilish tavsiya qilinadi. Mushaklardagi massalarni yo‘qotmaslik uchun oqsil iste’moli zarur hisoblanadi va shu bilan birga vitamin va minerallarni ham ratsionga kiritish kerak. Gap shundaki, yosh o‘tgani sari organizmda vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi kuzatiladi va shu boisdan ham ko‘pchilik ularni tabletka ko‘rinishidagisini qabul qiladi. Ushbu jarayonda organizmni zo‘riqtirmaslik uchun mutaxassislar mazkur yoshda shoshmasdan, ehtiyotkorlik bilan bir oyda 2-3 kilodan ko‘p vazn tashlamasdan parhez qilishni tavsiya qiladi.
daryo.uz

Оставьте комментарий