22-aprel — Xalqaro Yer kuni

DO`STLARGA ULASHING:

Har yili 22-aprel «Umumjahon Yer kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ilk marotaba Yer kunini nishonlash 1971-yildan boshlangan. Aynan shu yili BMT Bosh Kotibiyati tomonidan maxsus qaror qabul qilingan. 1972-yil Stokgolmdagi BMT Konferensiyasida atrof-muhit tanazzuli muammosi o‘rtaga qo‘yildi. Shundan so‘ng hukumatlar global ekologik muammolarni bartaraf etish bo‘yicha, atrof muhitni muhofaza qilish hamda yaxshilash borasida BMT ning Atrof muhitni muhofaza qilish Dasturi (YUNEP) ni ishlab chiqdilar. Mazkur dasturning asosiy vazifasi atrof muhit bo‘yicha global muammolarni hal etish va bu boradagi turli loyiha va dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda davlatlarga ko‘maklashishdan iborat.
Kurrai zaminimizning umumiy maydoni 420 mln kv. km. ni tashkil etadi, shundan 30% dan kamrohi (140 mln kv. km.) quruqlikni tashkil etadi. Agar sayyoramiz aholisini 6,5 mlrd deb hisoblasak, shu quruq yerlardan har bir odamga 0,02 kv. km dan to‘hri kelar ekan. Lekin, shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu quruqlik yerlarining asosiy qismini cho‘l hududlari, qadimiy muzliklar hamda baland tohliklar, ya’ni inson yashashi mushkul bo‘lgan hududlar tashkil etadi.
BMTning Atrof-muhit dasturi (YUNEP) tomonidan tayyorlangan «Global ekologik taraqqiyot” nomli kitobida keltirilgan ma’lumotda, yer sharida 2 mlrd. ga yaqin yerlar degradatsiyaga uchragan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, yerlarning degradatsiyaga uchrashiga sabab o‘rmonlarning kesilishi, yaylovlardan haddan tashqari tejamsizlik bilan foydalanish, qishloq xo‘jaligi sohasida yerlardan nooqilona foydalanish va natijada, yerlarning sho‘rlanishi, balchiqqa aylanishiga olib kelishi, hamda sanoatning rivojlanishi va urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi (shaharlar, yo‘llar qurilishi, chiqindilarning hosil bo‘lishi) ham asosiy omillardan hisoblanadi. Mazkur jarayon ayniqsa, XX asrda jadal tus olishi jahon hamjamiyati tomonidan jiddiy ravishda tan olindi.

Оставьте комментарий