22-sentyabr Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami

DO`STLARGA ULASHING:

22-sentyabr Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami
 Mamlakat 1960-yilning 22-sentyabrida Fransiyadan mustaqillikka erishgan (oldingi nomi – Fransuz Sudani). Mustaqillik kuni – Milliy bayram sifatida nishonlanadi. Poytaxti-Bamako. Hududi-1240142 kv.km. Aholisi – 14517176 kishi (2009). Davlat tili – fransuz. Aholining asosiy qismi islom (70%), xristian (5%) dinlariga hamda majusiylikka e’tiqod qiladi. Pul birligi – afrika franki. Geografik joylashuvi va tabiati. G’arbiy Afrikada joylashgan davlat. G’arbda – Mavritaniya (chegara uzunligi – 2237 km) va Senegal (419 km), shimoli-sharqda – Jazoir (1376 km), sharqda – Niger (821 km), janubda – Burkina-Faso (1000 km), Gvineya (858 km) va Kot-d’Ivuar (532 km) bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi – 7243 km. Mamlakatning katta qismini dengiz sathidan o’rtacha 500-600 m balandlikda bo’lgan tekisliklar egallagan. Shimolda Sahroi Kabirning toshloq hududlari joylashgan. Janubi-g’arb, janub va sharqda Bambua, Monding, shuningdek, eng yuqori balandligi 1155 m bo’lgan Xambori tog’lari joylashgan. Eng yirik daryosi – Niger. Mamlakat foydali qazilmalardan oltin, fosfat, uran, temir rudasi, boksit, marganes, litiy va qo’rg’oshinga juda boy. Iqlimi – Tropik kontinental, issiq va quruq, chekka janubi esa subekvatorial.

7 комментариев к “22-sentyabr Mali Respublikasining Mustaqillik bayrami”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: liquor for sale

  3. Уведомление: เว็บสล็อต

  4. Уведомление: https://www.wildsteig.de/fileadmin/templates/css/page-5.html

  5. Уведомление: ติดเน็ตบ้าน เอไอเอส

  6. Уведомление: https://games.more.game.tw/ogames.php?l=10&t=80&w=810&h=680&s=https://gasdank.com/

  7. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.