3-iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy tumani tashkil topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy tumani 1927-yil 3-iyulda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda To‘rtko‘l tumaniga qo‘shib yuborilgan, 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani O‘zbekiston Respublikasining shimoli-g’arbida, Amudaryoning o‘ng sohilida, Beruniy tumani shimoli-sharqda Ellikqal’a tumani, g‘arbda Amudaryo tumani, shimoli-g‘arbda Qorao‘zak va Taxtako‘pir tumanlari va janubda Xorazm viloyati va janubi-sharqda Buxoro viloyati bilan chegaradosh.  Maydoni 3,94 ming km.kv. Beruniy  tumanida 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yig‘ini (Beruniy, Biybozor, Do‘stlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqal’a) bor. Markazi-Beruniy shahri. Tabiati. Beruniy tunaning shimolida Qizilqum cho‘li, g‘arbida Baday to‘qayzori va Sulton Uvays tog‘i bor. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi -15°, -20°, iyulniki 28°. Yiliga 100-200 mm yog‘in tushadi. Vegetasiya davri 200-220 kun. Tuman janubidan Amudaryo oqib o‘tadi. Tumanda Oqchako‘l, Amirobod ko‘llari bor. Paxtaarna kanalining davomi bo‘lgan Bo‘zyop kanali mavjud. Amudaryodan Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman-Beshtom nasos stansiyasi ishlab turibdi. Tuproqlari sho‘rxok, qumloq, bo‘z tuproq. Chiyabo‘ri, bo‘rsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirg‘ovul va boshqalari yashaydi. Tuman hududida Badayto‘qay davlat qo‘riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan, o‘zbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km.kv.ga 27,5 kishi to‘g‘ri keladi. Xo‘jaligi. Beruniy tumani iqtisodiyoti negizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog‘ zavodlari, temir-beton, g‘isht va asfalt zavodlari bor. Chorvachilik, ipakchilik, bog‘dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aksiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, «Temur” xususiy korxonasi, 28-avtokorxona, «Yog‘gar” aksiyadorlik jamiyati va boshqalari. Qishloq  xo’jaligida sug‘oriladigan yerlar 31,5 mingga, shu jumladan 15,2 mingga yerga paxta, 0,8 mingga yerga sabzavot, 3,0 mingga yerga beda, 0,8 ming ga yerga makkajo‘xori, 1,0 mingga yerga sholi ekiladi. Beruniy  tumanida 2 jamoa xo‘jaligi, 11 dehqon-fermer xo‘jaligi uyushmasi, 27 kooperativ xo‘jaligi, 200 ga yaqin fermer xo‘jaligi, 2 ijara xo‘jaligi, 1 xo‘jalik hisobidagi uchastka bor. Tuman transportida To‘rtko‘l-Nukus avtomobil yo‘li asosiy rol o‘ynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli o‘rin tutadi.

13 комментариев к “3-iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Beruniy tumani tashkil topgan kun”

  1. Уведомление: WordPress Hosting

  2. Уведомление: Prêt simple - faites une simulation et comparez Online | Credit-personnel.bePrêt rapide - Simulez et comparez en ligne | Credit-personnel.be

  3. Уведомление: ecstasy pills youtube

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: dumps websites 2022

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: nova88

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: อ่านมังงะ

  11. Уведомление: voir le site

  12. Уведомление: buy sig sauer gun

  13. Уведомление: Shop toxic rad 150

Комментарии закрыты.