3G, 4G yoki Wi-Fi’dan qaysi biri akkumulyatorni tezroq tugatadi?

DO`STLARGA ULASHING:

Yaqinda Rossiyaning itblog21.ru internet nashri mutaxassislari oʼtkazgan testlar davomida ana shu savolning javobi topildi. Buning uchun ekspertlar Asus Nexus 7 LTE planshetida 3G va 4G, shuningdek, Wi-Fi tarmogʼi orqali ushbu standartlar orqali mobilь internetdan navbati bilan foydalanib koʼrishdi. Natijalarga koʼra, YouTube videoroliklar koʼrishda quyidagi natijalar olindi:
Koʼrinib turibdiki, 4G standartidagi mobilь internet batareya quvvatini eng tez tugatadi. Keyingi pogʼonada esa 3G tarmogʼi. Wi-Fidan foydalanganda esa batareya quvvati koʼproqqa chidaydi.
Shuningdek, ekspertlar, smartfon akkumulyatorining quvvati tez sarf boʼlishida qurilma chipining turi (Snapgragon, Mediatek), akkumulyator quvvati, 3G, 4G, Wi-Fi tarmoqlaridagi signalning stabilligi kabi omillar ham katta rolь oʼynashini qayd etib oʼtishgan.
Oldinroq, 5G-tarmogʼida maʼlumotlar uzatish smartfon akkumulyatori quvvatini bir necha daqiqada butunlay tugatishi mumkinligi haqida yozgan edik.
mobinfo.uz

Оставьте комментарий