A. Oripov hayoti va ijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma

DO`STLARGA ULASHING:

A. Oripov hayoti vaijodi “O’zbekiston” qasidasi mavzusida dars ishlanma
Sinf :  V
Fan : Adabiyot
Mavzu :  A. Oripov hayoti vaijodi      “ O’zbekiston ”  qasidasi
Maqsad :   O’quvchilarni shoir   hayoti va ijodiyoti bilan yaqindan
                  tanishtirish
  1. a) Ta’limiy : A. Oripovning hayoti va ijodi haqida ma’lumot berish
  2. b) Tarbiyaviy : Shiorning “ O’zbekiston ” she’ri orqali o’quvchilarni
                       mehrli  buyuk ajdodlarimozga  hurmat , vatanparvarlik
                        ruhida tarbiyalash
  1. s) Rivojlantiruvchi : O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish ,
                                savodxonligini o’stirish , ifodali o’qishga o’rgatish
  1. d) O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish , ularni o’zlari tanlagan
                                kasblarini    ustasi bo’lishga halol va vijdonan
                                ishlashga o’rgatish
  1. e) Milliy istiqlol g’oyasi: O’tiladigan mavzudan kelib chiqib mustaqil
                             O’zbekiston haqida buyuk siymolarimiz , vatanimiz
                             ramzlari va madhiyasi haqida ma’lumot berish .
Dars tipi : O’quvchilarga yangi bilim berish
Dars uslubi : og’zaki
Dars usuli : o’yin tarzida savol – javob
Dars jihozi :  darslik ,  shoir rasmlari , kitoblari ,  “gul terish “
                      ko’rgazmasi , tarqatma katochkalar , buklet
Darsning borishi :
  1. Tashkiliy qism
  2. 2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o’yin tarzida savol – javob
  3. Yangi mavzuni o’quvchilar ongiga singdirish , shu bo’yicha bilim berish
  4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tarqatma materillardan foydalanish
  Darsimiz reja asosida bo’lib o’tadi . Tashkiliy qismda o’quvchilar adabiyot haqidagi she’rlar bilan boshlaydilar . Bugungi darsimiz
      Adabiyot yuragimning bir parchasi
      Go’zalligi nafosatning debochasi
      Sen borsanki umid qilar , zavqqa  to’lar
      Adabiyot sen qalbimning shoh supasi
                Shoirimiz :
Yoshlikda olingan bilim , toshga o’yilgan  naqsh kabidir .
O’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzsidan o’yin tarzida savol – javob o’tkaziladi .  “ Gul terish ”  musoboqa o’yinida ikkita guruhga bo’linib savollarga javob berishadi . Savollar quyidagilar :
  1. H . H. Niyoziy qachon va qayerda tug’ilgan  ?
  2. Hamza she’rlari mavzulari haqida gapirib bering ?
  3. H. H. Niyoziy she’rlaridan birini yod aytib bering ?
  4. E. Vohidov hayoti va ijodi haqida gapirib bering ?
  5. E. Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi  nima   haqida ?
  6. Qasida janri haqida ma’lumot bering ?
  7. E. Vohidovning “ O’zbegim ”  qasidasidan parcha ayting ?
  8. H. H. Niyoziy asarlaridan ayting va  hokozo ….
O’yin tugagach savatdagi gullar  sanaladi  va g’olib guruhlar aniqlanadi . Savollarga to’liq javob bergan guruhlar  baholanadi .
Kasbga yo’naltirish maqsadida bo’sh o’zlashtiruvchi  o’quvchilarga mehnat va hunar haqida tarqatma maqollar tarqatiladi   va o’quvchilar tomonidan izohlanadi .
              Maqollar  quyidagilar :
  1. Yozgi mehnat , qishki rohat
  2. Hunaring bo’lsa qo’lingda , non topilar yo’lingda
  3. Hunari borning davlati bor , hunari yo’qning hayoti xor
  4. Hunar , hunardan rizqing unar
  5. Mehnatdan kelsa boylik , turmush bo’lar chiroylik
  6. Mehnat baxt keltirar
O’quvchilarga yangi mavzu  bayoni bilan tanishtiriladi va ularga savollar   beriladi .
  1. Vatanimiz madhiyasi muallifi kim ?
  O’quvchilar madhiyadan parcha aytishadi
  1. Vatan haqida qaday she’rlar bilasiz ?
   3 ta qator o’zlari  yodlagan  “ O’zbekiston ”  she’rini aytishadi
      Bu dunyoda chamanlar ko’p ,
     Bu dunyoda vatanlar  ko’p
     Barchasida yashnar  gullar
     Barchasida yashnar  dillar
     Mening uchun aziz   bo’ston
     O’zbekiston  o’zbekiston
 
                 Mavzu  bayoni :
      Shoir  A. Oripov  1941 yilning  21martida Qashaqadaryo  viloyati Koson tumanining Neko’z  qishlog’ida tug’ilgan . A. Oripov 1958 yilda o’rta maktabni oltin medalbilan bitirib Toshkentga keladi va o’zbekiston milliy unerverstitutining Filologiya fakultetiga o’qishga kiradi . 1963 – yilda ushbu fakultetning jurnalistika bo’limini tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi . Birinchi kitobi 1965 – yilda  “ Mitti yulduz ”  nomi bilan bosib chiqadi . Bu mitti kitobcha adabiyotimizga katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi . Yosh shoir she’rlaridagi hech kimnikiga o’xshamagan dard va ohanglar kutilmagan o’xshatish manzaralar dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini o’ziga qaratib oladi . Unga o’z davrining eng mashhur adiblari masalan Abdulla Qahhor e’tibori bilan qaragan  va salohiyatiga yuksak baho ergan edi . So’ng o’nlab kitoblari bosildi . Buyuk italyan shoiri  Dantening  “ Lohiy komediya ”  asarining juda katta mahorat bilan o’zbek tiliga tarjima qildi . Amur Temur haqida  “ Sohibqiron ” nomli drama yozdi . O’z asarlari bilan xalqimizning atoqli va ardoqli shoiriga aylandi . Ayni paytda , qanchadan qancha she’rlari  xorijiy tillarga tarjima qilindi . Uni XX asr jahon adabiyotining ko’pgina vakillari tan oldilar .
    Bugun  Abdullar   Oripov  davrimizning   eng  mashhur  ijodkorlaridan  “ O’zbekiton REspublikasi  Davlat  Madhiyasi
 Matni muallifi ,  O’zbekiston  Xalq shoiri , O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi , Oliy Majlis deputati , A. navoiy nomidagi  Respublika Davlat Mukofoti laureate .  1998 – yilda shoir  va yozuvchilarimiz  orasida 1 – bo’lib  “ O’zbekiston Qahramoni   faxriy unvoni bilan taqdirlangan .
  1. Oripovning “ O’zbekiston ”  qasidasi  ona yurttarixining  g’oyat  ta’sirli va millat tarixi  bilan esh holda tasvirlanganligi asar buyuk ajdodlarning ulug’lanishidagi samimiyat va iftixor , shoirning vatanini shunchaki tuproq emas , balki millatning taqdiri kechadigan maskan tarzida tasvirlanganligi haqidadir .
   O’quvchilar  A. Oripov  ijodidan  mustaqil ravishda  yodlagan  she’rlaridan  parchalar aytishadi . “ Alisherning onasi ” ,   “ Mitti yulduz” ,  “ O’zbekiston qasidasi ”     va   boshqa  hokozolar .
Darsda  “ O’zbekiston  “  qasidasi o’qiladi .
                 “ O’zbekiston ”
      Yurtim senga she’r bitdim bu ku ,
      Qiyosingni  topmadim  also
      Shoirlar bor , o’z yurtin butun –
      Olam aro atagan tanho .
     Ular she’ri bitdi ko’p yiroq
     Qanotida kumush diyori  .
     Bir o’lka bor dunyoda biroq ,
     Bitilmagan dostondir  bori .
     Faqat ojiz qalamim  manim ,
     O’zbekiston  , Vatanim  manim .
Darsni mustahkamlash maqsadida tarqatma kartochkalari orqali
                savol- javob mashqini o’tkazaman
  1. O’zbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilindi ?
  2. Mustaqillik nima ?
  3. Davlatimiz ramzlarini ayting ?
  4. A. Oripov qachon va qayerda tug’ilgan ?
  5. A. Oripovning 1 – she’riy to’plamining nomini ayting ?
  6. A. Oripov Dantening qaysi asarini o’zbek tiliga  tarjima qilgan ?
  7. A. Oripov A. Temur haqida qanday drama  yozgan ?
  8. A. Oripov “ O’zbekiston ” she’rida  qanday  mavzuni  bayon etgan ?
  9. A. Oripov qanday mukofotlar sovrindori bo’lgan ?
Uyga  vazifa :  A. Oripovning   “ O’zbekiton ”   she’ridan  parcha
                               yodlash

Оставьте комментарий