Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997)

DO`STLARGA ULASHING:

Milodning IX – XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. Oʻsha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy boʻlgan.
Bu olim haqida saqlanib qolgan maʼlumotlar juda kam. Olimning toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida oʻtgan. Bu shaharlarda u tugʻilgan, voyaga yetgan, yashagan, taʼlim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib boʻlib xizmat qilgan davrida choʻqqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u “al-kitob al-Xorazmiy” nomi bilan ham tanilgan. Oʻz xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va koʻpgina allomalar bilan hamsuhbat boʻlgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.
Olimning dunyoqarashi oʻsha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Isʼhoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy taʼsiri ostida shakllandi.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, koʻpchilik asarlari singari oʻsha davrning ilm tili – arab tilida bitilgan, yagona maʼlum asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”)dir. “Mafotih al-ulum”ning qoʻlyozma nusxalari juda qoʻp emas. Yaqin-yaqingacha uning toʻrt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu toʻrt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida bor-ligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari oʻrta asrlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida koʻpgina olimlarning diqqat-eʼtiborini oʻziga jalb etdi. Birinchi boʻlib bu manbani oʻrgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim – gollandiyalik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xay-rullayev, U. I. Karimov, G. P. Matviyevskaya, H. Hasanov, A. Shari-povlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar.
“Mafotih al-ulum” oʻziga xos qomusiy asar boʻlib, oʻsha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini oʻz ichiga qamrab olgan. Muallif oʻrta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yoʻli orqali tushuntirib beradi.
Olim ilmlarni ikkiga boʻlib, ularga “arab – sharʼiy” va “arab boʻlmagan”larga ajratadi. Bu hol olim oʻz davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki qismga boʻlish anʼanasiga sodiq qolganligini koʻrsatadi.
Uning birinchi anʼnaviy “arab” ilmlari qismi oʻn bir bobdan iborat fiqh, yetti bobdan iborat kalom, oʻn ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat sheʼr va aruz hamda toʻqqiz bobdan iborat tarihdan tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa “arab boʻlmagan” quyidagi ilmlar kiritilgan: ular – uch bobdan iborat falsafa, toʻqqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan ibo-rat arifmetika, toʻrt bobdan iborat handasa, shuningdek, toʻrt bobdan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan iborat kimyodir.
Shunday kilib, asar ikki qismdan iborat boʻlib, unda oʻn besh ilm toʻqson uch bobda bayon etilgan.
Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyida-gicha:
I. Shariat va u bilan bogʻliq “arab” ilmlari.
1. Fiqh, yaʼni musulmon huquqshunosligi.
2. Kalom, yaʼni din asoslari.
3. Grammatika.
4. Ish yurgizish.
5. Sheʼriyat va aruz.
6. Tarix.
II. “Arab boʻlmagan” ilmlar (yunon va boshqa xalqlar). 1. Nazariy falsafa:
a) tabiiy ilmlar – tibbiyot (tib, samoviy hodisalar – meteorologiya, mineralotaya, alkimiyo, mexanika) – quyi;
b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) – oʻrtanchi;
v) ilohiy, yaʼni metafizika – oliy ilm;
g) mantiq.
2. Amaliy falsafa:
a) axloq – etika (odamni boshqarish);
b) uyshunoslik (uyni boshqarish);
v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
“Mafotih al-ulum”da ilmlar tasnifi har bir fanning predmetini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgalikda olib boriladi. Bu yerda, biz zikr etganimizdek, Abu Abdulloh al-Xorazmiy oʻz tasnifida oʻsha davr anʼanasi, yaʼni ilmlarni ikkiga boʻlishni qoʻllab-quvvatlab, sharʼiy va falsafiy ilmlarga ajratadi.
ANʼANAVIY “ARAB” ILMLARI. Shu ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi boʻlgan va islom huquki posbonining doimiy dasturi Qurʼon, paygʻambar soʻzlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi Sunnat, Hadis va uning xillari; Ijmoʼ – islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, yaʼni ta-horat qilish, namoz oʻqish, azon aytish, roʻza tutish, zakot toʻlash ustida toʻxtab oʻtadi.
Ikkinchi boʻlim kalomda oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqda mavjud boʻlgan koʻpgina mazhablar haqida maʼlumotlar berilgan. Xususan bu mazhablarning yettiga boʻlib bayon etilishi, ayniqsa, muʼtaziliylar haqidagi mukammal tafsilotlar muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birga grek-xristian mazhablari, islomgacha boʻlgan davrdagi Eron va Yamandagi diniy eʼtiqodlar, Hindistonda tarqalgan baʼzi dualistik mazhablar va oqimlar hamda zardushtiylik bayon etiladi. Bu maʼlumotlar Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi xalqlarning dinlari tarixini oʻrganishda gʻoyat katta ahamiyatga egadir.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika boʻlimida bayon etilgan. Ayni paytda muallif arab sheʼriyati va uning tarkibiy qismlaridan boʻlgan aruz ustida ham mufassal toʻxtalib oʻtgan.
Ish yurgizish boʻlimi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq yigʻuvchilarning vazifalari, askarlar roʻyxati, ularning kiyim-kechagi va toʻlanadigan maoshlari, irrigatsiya shahobchalarida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo. – R. B.) oraligʻidagi sugʻorish tizimlari haqidagi maʼlumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix boʻlimida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari, Umaviylar va Abbosiylar xalifaligi, islomgacha boʻlgan davrdagi Yaman tarixi, Rum va Yunon tarixi haqida mufassal maʼlumotlar keltirilgan. Oʻrta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga boʻlinishi ham shu boʻlimda zikr etiladi.
ANʼNAVIY BOʻLMAGAN – “ARAB BOʻLMAGAN” ILMLAR. Bu ilmlar qatorida birinchi boʻlib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
Arastuning mantiqqa oid kitoblari sharhi Xorazmiy asarining mantiq boʻlimida oʻz aksini topadi. Unda muallif Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Markaziy Osiyodagi ushbu ilm haqidagi maʼlumotlar, oldinga surilgan ajoyib goyalardan foydalanib, ularni yanada boyitdi.
Asarning tabiiy ilmlarga oid boʻlimlari oʻrta asr Sharqida ilmiy yuksalish darajasini oʻrganish nuqgai nazaridan nihoyatda maʼlumotlarga boydir. Tibga oid boʻlimda kasalliklar, sodda va murakkab dorilar haqidagi maʼlumotlar keltirilgan. Ushbu boʻlimda oʻsha davr tabobatida maʼlum boʻlgan va keng tarqalgan mijoz hamda qon tomiri urushiga qarab kasallikni aniqlash toʻgʻrisidagi nodir tavsiflar berilgan.
Kimyo boʻlimida ham Xorazmiy oʻrta asr Sharqidagi kimyoviy bilimlar haqida nihoyatda qimmatli maʼlumotlarni keltiradiki, ular Sharqda tabiiy fanlar rivojini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir.
Riyoziyot boʻlimida oʻrta asr Sharqidagi matematik ilmlar holati bayon etiladi. Al-Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obʼyektiv olamning maʼlum tomonlari, predmetlar munosabatlarining inʼikosi deb talqin etadi.
Masalan, muallif Forobiy gʻoyalarini davom ettirib, arifmetikani ikkiga: nazariy va amaliyga ajratadi. U kub sonlar bilan bir qatorda shakliy sonlarni koʻrib chiqish bilan nazariy arifmetikaning baʼzi bir tomonlarini boyitdi. Handasa ham nazariy va amaliy qismlarga boʻlinadi, bu esa oʻsha davrda uning boshqa riyoziyot ilmlari kabi yuqori darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Astronomiya boʻlimida uning vazifasi bilan birga tarixiga oid masalalar ham qoʻrib oʻtiladi.
Xorazmiy oʻz tasnifida musiqani riyoziyot ilmlariga qoʻshadi va unda musiqaviy asboblar, tovushlarning oʻzaro mutanosibligi, tartibi, sozlar tavsiflanadi va oxirida ritm haqidagi taʼlimot koʻrib chiqiladi.
Mexanika boʻlimida, ogʻir yuklarni va dalalarni sugʻorish maqsadida ishlatiladigan qurilmalar, yaʼni sodda mashinalar, ularning tuzilishi va vazifalari ustida toʻxtab oʻtiladi. Xorazmiy dunyoviy ilmlar ustida toʻxtaganda ularning amaliy ahamiyatini ochib berishga harakat qiladi.
Umuman, asarda Abu Abdulloh al-Xorazmiy oʻz davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilganligi, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va taʼkidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilganligi oʻz ifodasini topgan. Al-Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari oʻrta asr madaniyati va maʼnaviyatini oʻrganishda muhim ahamiyatga egadir.

24 комментария к “Abu Abdulloh al-Xorazmiy (vafoti 997)”

  1. Уведомление: DevOps Services Company

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: quality replicas

  4. Уведомление: สล็อตวอเลท

  5. Уведомление: spellcasting.biz/prayer-for-abundance/

  6. Уведомление: Buy weed Alabama

  7. Уведомление: see the website

  8. Уведомление: best passive income

  9. Уведомление: sbo

  10. Уведомление: check this site over here now

  11. Уведомление: buy remingtonarms

  12. Уведомление: source

  13. Уведомление: magnetic cornhole

  14. Уведомление: Michigan cornhole

  15. Уведомление: Thomas Adewumi University

  16. Уведомление: Water damage restoration

  17. Уведомление: liberty cap mushrooms oregon

  18. Уведомление: weed delivery toronto

  19. Уведомление: Parasol kopen

  20. Уведомление: 다시보기

  21. Уведомление: https://www.timesunion.com/marketplace/article/phenq-reviews-17525542.php

  22. Уведомление: he said

  23. Уведомление: Get the facts

  24. Уведомление: drug addiction

Комментарии закрыты.