Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy qarashlari

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlari
Sharq va Obro`pada ma`rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qo`shganligi tufayli, «Shayx – Ur — Rais» Sharqda «Olimlar boshlig`i», Ovro`pada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo`lgan allomalardan biri o`rta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta`lim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog`ida kichik amaldor oilasida tug`iladi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko`chib o`tgach, u boshlang`ich maktabda o`qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo`r, mehnatsevar edi. Undagi tug`ma qobiliyat, o`tkir zehn, kuchli xotira o`zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do`stlari bilimdon kishilar bo`lib, ularning ilmiy munozaralari o`tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta`sir etadi. Shu bilan birga uning bolalik va o`smirlik yillari o`tgan Buxoro shahri somoniylar davrining yirik madaniy markazi bo`lib hisoblanar edi. Buxoroda ko`plab maktab, madrasa, kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo`lgan. Jahonning turli mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa, mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta`lim oladi. Shundan so`ng ibn Sino o`zi mustaqil holda barcha fanlar bilan shug`ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta`lim bergan kishi buxorolik Abu Mansur Kamariy bo`ldi. Ibn Sino so`ngra falsafani o`rganishga kirishadi. Ayniqsa, Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to`liq o`zlashtirib oladi.
IX asr oxiri – X asr boshlariga kelib, o`lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat murakkablashdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko`chib o`tadi. Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy boshqarayotgan «Ma`mun akademiyasi»da ilmiy ish bilan shug`ullana boshlaydi. Xorazmda o`zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida ish olib boradi.
Mahmud G`aznaviy 1017 yilda Xorazmni o`ziga qaram qilib olgach, nufuzli olimlarni ham o`z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G`aznaviy saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo`ladi. Gurganjda, Rayda, keyin esa Hamadonda va umrining so`nggi yillari Isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 1037 yilda vafot etdi.
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o`z davridagi fanlarning hammasi bilan muvaffaqiyatli shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo`lsa ham
.
Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo`lib qoldi.
Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at — tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma`no ziyorat» («Ziyorat qilishning ma`nosi haqida»), «Risolat fi — daf al – g`am min al mivt» («O`limdan keladigan g`amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash — ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir.
Ma`lumki, ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o`zining ta`lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog`liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o`ringa tibbiyot fanlarini qo`yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya`ni nazariy va amaliy guruhlarga bo`ladi. Nazariy guruh kishilarni o`zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo`llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar qilishimiz kerakligini o`rgatadi deydi.
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o`rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma`rifatni egallashga da`vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qo`rqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo`rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo`rqog`idir»
.
Zero, ma`rifatli kishi jasur, o`limdan ham qo`rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo`ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Bilimsiz kishilar johil bo`ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bo`lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta`kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo`lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o`z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta`lim metodlari haqidagi ta`limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan g`oya yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o`qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o`qitishga qarshi bo`lgan. Bolani maktabda jamoa bo`lib o`qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:
Agar o`quvchi birga o`qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o`qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
O`zaro suhbatda o`uvchilar bir-biriga kitobdan o`qib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar.
Bolalar birga to`planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, do`stlashadilar, o`quv materiallarini o`zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar
Bilim olishda bolalarni maktabda o`qitish zarurligini qayd etar ekan, ta`limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta`kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo`ymaslik;
ta`limda yengildan og`irga borish orqali bilim berish;
olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo`lishi;
o`qitishda jamoa bo`lib maktabda o`qitishga e`tibor berish;
bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o`qitishni jismoniy mashqlar bilan qo`shib olib borish
Bu talablar hozirgi davr ta`lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga o`zining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bo`lim bag`ishlaydi. «Bolani maktabda o`qitish va tarbiyalash» («Omo`zish va parvarish madrasa farzand») bo`limida ta`lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi.
Talabaga bilim berish o`qituvchining ma`suliyatli burchidir. Shunga ko`ra ibn Sino o`qituvchining qanday bo`lishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yo`l-yo`riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo`lish;
berilayotgan bilimning talabalar qanday o`zlashtirib olayotganiga e`tibor berishi;
ta`limda turli metod va shakllardan foydalanishi;
talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;
fanga qiziqtira olishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi;
bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi;
har bir so`zning bolalar hissiyotini uyg`otish darajasida bo`lishiga erishishi zarur, deydi olim
.
Ibn Sino ta`limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og`zaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko`rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo`lgan.
Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini o`stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta`lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg`oq o`g`li Tirik). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini ibn Sinonining o`zi ham ta`kidalaydi.
Mazkur asarni ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo`lgan Faradjon qal`asi qamoqxonasida yozga deyishadi
Ibn Sino bu asarida ilm – ma`rifatni o`rganishga kirishishi natijasida ko`zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn Yaqzon) ko`ziga ko`ringani va ilm ham unga o`z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o`lim bilmaydigan Uyg`oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo`lgan va bilishi mumkin bo`lgan narsalarni o`qishga kirishgani, bu yo`lda aqlni ishga solib, o`zini yomonliklardan chetlashtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi
Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag`ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, o`zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bo`lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida uning axloqiy kamoloti muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi.
Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o`n ikkita deb qayd etadilar
.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o`ziga va boshqalarga nisabatan xatti — harakati me`yorlari va qoidalarini o`rganadi.
Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta`riflaydi:
Dunyoda mavjud bo`lgan jami narsalar tabiatiga ko`ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o`zi esa mohiyat e`tibori bilan yaxshilikdir…»
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga ta`rif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo`ladi, yomon illatlardan o`zini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, mo`tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat`iyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Qanoat va mo`tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni g`azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o`zini ta`magirlikdan tiysa, mo`tadillikka rioya qilsa, o`zida xirsning namoyon bo`lishini yengadi, inson yomon iilatlarni yengishda o`z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta`rifini beradi:        mo`tadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq ma`yorlariga to`g`ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko`maklashuvchi insoniy quvvat;
g`azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o`z boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma`nosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bo`lganda, ular bilan xushmuomalada bo`luvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug`ullanishdan to`xtatuvchi kuch sifatida ta`rif beradi.
Ibn Sino insonning kamolga yetishida to`siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko`rsatib o`tadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni o`tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta`riflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do`st bo`lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do`stona yashashga intiladi.
Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo`shinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o`zining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do`st muhim rol o`ynaydi, deydi. Olim do`stlikni shunday ta`riflaydi:
har qanday qiyinchiliklarga qaramay o`z do`stini xavf-xatarda yolg`iz qoldirmaydigan do`stlik;
manfaatlari o`xshash va g`oyaviy yaqin do`stlik;
o`z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do`stlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil do`stlikni haqiqiy do`stlik deb e`tirof etadi.
Olim haqiqiy do`stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo`lishi mumkinligini aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko`rinishiga qarab emas, balki ularning ichki, ma`naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg`usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida namoyon bo`ladi, lekin inson o`z tuyg`ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan haqiqiy sevgini hirs tuyg`usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko`rsatadi.
Tadqiqotchilar ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning faqat bir qismigina bizgacha yetib kelgani haqida ma`lumot beradilar
. Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to`plam» bo`lib, bunda tovushning sezgi a`zolariga ta`siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish hissining paydo bo`lishi kabi masalalarga to`xtaydi. Unda musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi. Olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali yengil tortsa, uning aksida oromi yo`qolib, nafrati paydo bo`ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga ta`siri haqida ham o`z fikrlarini bayon etadi.
Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda muhim ma`lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir.
Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o`rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya ko`proq yaxshi axloqiy xislatlarni mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi, deb ta`lim berdi.
Inson hissiy va ma`naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-sekin inson fe`l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonning shakllanishida uning atrofini o`rab olgan tashqi muhit, odamlar alohida rol o`ynaydi, ana shu tashqi muhit va odamlar insonning atrof-dunyoni bilishigagina emas, balki uning hulqida yaxshi yoki yomon jihatlarning tarkib topishiga ham ta`sir etadi. Shuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda ehtiyotkor bo`lish kerakligini, bola yomon odatlarga o`rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan, yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.
Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o`rin berilgan. Chunki inson avvalo oilada kamolotga yetadi.
Olim oilada ota-onaning vazifasi va burchiga katta e`tibor beradi. Oila munosabatlariga to`xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini ham kasb va hunarga o`rgatishi borasida muhim fikrlar bayon etadi. Insonning xulqi va ruhiga mehnatning ijobiy ta`sirini ta`kidlash bilan bir qatorda turli kasb egalari: hunarmand, dehqonlar mehnatini ulug`laydi va qimorboz, sudho`r kabilarni qoralaydi. U mehnatsiz hayot kechirish insonga ham jismoniy ham ruhiy tomondan salbiy ta`sir etishini to`g`ri talqin etadi.
Ibn Sino aqliy, ahloqiy tarbiya bilan bir qatorda inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil etadi.
Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta`siri haqida bir butun, yaxlit, ta`limot yoritilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo`lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi.
Jismoniy mashqlar, to`g`ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog`lig`ini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy ham amaliy jihatdan asosladi.
Bolaga ham hali u tug`ilmasdan turib g`amxo`rlik qilish, go`daklik lavridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta`kidlaydi. Bolaning yetuk nson bo`lib shakllanishida unga g`amxo`rlik, poklik, mas`uliyatni his etish, do`stona manosabatlar tuyg`usini singdirib borish zarur, deydi olim.
Chunki, Ibn Sino merosinining asosiy qimmat va qudrati uning keng va kuchli gumanistik mazmunidir.
U o`z ilmi, merosi bilan o`rta asr Sharqining ilmiy madaniy qudratini butun dunyoga namoyon qildi. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga ulkan hissa qo`shdi.
Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk siymosi, insoniyat uchun hurmat qilgan olim, buyuk tabib, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida tan olindi.
Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo`shgan hissasini e`tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo`ysa, A.Dante o`zining «Ilohiy komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbax olimni «mashhur tabib va faylasuf»dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J.Neru o`zining «Hindistonning ochilishi»degan asarida O`rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta`kidlab:
Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati dunyoviy ilmlarni o`rganish haqidagi ti`limotlari, ta`lim-tarbiya haqidagi mulohazalari, umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida o`ziga xos o`rinni egallaydi.

Оставьте комментарий