Afsona: Kamerada qancha megapiksel bo‘lsa, rasmlar shunchalik yaxshi bo‘ladi

DO`STLARGA ULASHING:

Afsona: Kamerada qancha megapiksel bo‘lsa, rasmlar shunchalik yaxshi bo‘ladi 📸

☝️Haqiqat: Megapiksellar soni faqat fotosurat piksellar soniga ta’sir qiladi, lekin uning sifatiga emas. Aslida, tasvir sifati piksel o‘lchamiga, diafragma, stabilizatsiya funksiyalari va tasvirni qayta ishlash dasturlari algoritmlariga bog‘liq.

Masalan, Samsung Galaxy S9 smartfonida 12 megapikselli kamera mavjud, ammo u zamonaviy smartfonlarning eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, bozorda 20 yoki undan ko‘p megapikselli matritsali ko‘plab modellar mavjud — ammo hech kim ularni ajoyib tasvir sifati uchun maqtamaydi.

Bugungi kunda aksariyat smartfonlarda o‘rnatilayotgan 2 va undan ortiq asosiy kameralar “quruq” reklama emas. Har bir ishlab chiqaruvchi qo‘shimcha kamerani qanday maqsadda ishlatishni o‘zi belgilaydi. Masalan yaqinlashtirish yoki stabilizatsiya uchun. Masalan, Galaxy Note 10 va Huawei P30 Pro ushbu turdagi kameralar o‘rnatilgan smartfonlarning eng “zo‘rlari” deyish mumkin.

📝 Manba: @gsmgurus_FAQ

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek