Al-Hadaya haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Al-Hadaya haqida

So‘ngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda zo‘r berib reklama qilinayotgan Al-Hadaya mahsuloti haqida mushtariylarimiz fikrimni so‘rashyapti. Shundan so‘ng bir qancha Al-Hadaya reklamalari bilan tanishib chiqdim. Bu mahsulot qora sedana urug‘i yog‘idan tayorlanar ekan. Va bu yangi, qandaydir osmondan tushgan mahsulot emas. Qora sedananing yog‘i avvaldan ham sotilardi.

Albatta qora sedananing foydali xususiyatlari ko‘p. Shu bois Ibn-Sino bobomiz ham qora sedanani eng ko‘p istemol qiladigan ne’matlarimizdan biri nonga qo‘shib iste’mol qilishni buyurganlar. Agar e’tibor qilsangiz masalan Samarqand nonlarida har doim o‘sha qora sedanaga ko‘zim tushadi. Qolaversa xushbo‘y hid va ta’mga ega, ishtahani ochadi. Ushbu nondan yeganlar biladi. Afsuski buxonka nonlarimizda bu yo‘q. Shahar aholisining aksariyat qismi esa buxonka non iste’mol qilishadi.

Al-Hadaya mahsulotiga qaytsak ushbu mahsulot ham aynan o‘sha siz-u biz bilgan, ko‘pchilik e’tibor bermaydigan qora sedanadan tayorlangan. Boshqa qandaydir sehrli joyi yo‘q. Shunchaki unda millionlab mablag‘ sarflanayotgan marketing bor. Ya’ni oyoq tagida chang bosib yotgan, hech kimning e’tibor bermaydigan biror buyumni chiroyli qilib, qog‘ozga o‘rab ko‘zingiz ko‘radigan joyga ilib qo‘yishgandek gap.

Al-Hadaya reklamalarida aytilayotgan darajada sehrli mahsulot emas. Juda bo‘rttirib yuborishgan. Reklamani eshitib odam uchun Al-Hadaya bo‘lsa bo‘ldi ekan, boshqa hech narsa kerak emas ekan, u insondagi hamma muammolarga yechim ekan deb o‘ylab yuborasan kishi. Unutmang ushbu mahsulotning foydali xususiyatlari bor albatta, lekin davolovchi ta’sirga ega emas. Bu ikkalasini farqlab oling. Foydali degani mazasi qochib to‘shakda yotgan odam uni ichsa oyoqqa turib ketadi degani emas, yoki oshqozoni yara odamni yarasidan tuzatadi degani emas. Yoki saraton bilan kurashayotgan insonni davolab yuboradi degani emas.

Oq sochni qoraytiradi, diabetni davolaydi, qarini yoshartirib, nimjonni kuchli qilib yuboradi, yurak-qon tomir kasalliklarini yo‘qotadi, gijjani tushiradi, palonni piston qiladi degan gaplar esa mutlaqo asossiz. E’tibor qilsangiz reklamada aholimizda eng ko‘p uchraydigan muammolarga yechim bo‘ladi degan fikrlar bilan ko‘proq aholi diqqatini jalb qilish, ko‘proq mahsulot sotish maqsad qilingan.

P/S. Maslahatim qora sedanani iste’molga qaytaring, tamom !

👉 @doctor_Muminov

Оставьте комментарий