Alifbe bayrami senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Savodxonlik bayrami
Mahliyo:
Assalomu aleykum aziz murabbiylar, hurmatli ota-onalar davramizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar. Bugungi 1-“V” sinf o’quvchilarining Savodxonlik bayramiga xush kelibsiz.
Bahrom:
Assalomu aleykum aziz mehmonlar,
Otalar, onalar qalbi go’yo ummonlar.
Assalom ustozlar, siz mehribonlar,
Assalom sizlarga, ey jonajonlar.
Muborak ayyomingiz,
Dillar quvonchga to’lsiz.
Alifbe bayramingiz,
Barchaga qutlug’ bo’lsin.
Komila:
Shukr erk quyoshi chiqib boshingga,
O’z haqqing huquqing o’zingga qaytdi.
Bayrog’ing gerbingni baland ko’tarib,
Xalqing madhiyangni quvonib aytdi.
O’qituvchi:
Mening gul-u g’uncham qizg’aldoqlarim,
Rayhon isli nafis atirgullarim.
Dil qo’rim, ko’z nurim, aytar so’zimsiz,
Mana bugun ushaldi, o’qishdek armon.
Xat, savod chiqarib qo’ydik nogahon,
Siz tayanch, siz suyanch mukammal qo’rg’on.
Vatanga munosib bo’ling soyabon!
O’quvchilar o’zingizni muzyorar metodi orqali tanishtiring?
Bahrom-botir,Shaxina-sharm hayoli,Bahrom-bosiq,Mahliyo-mehnatsevar,Farrux-farosatli,Shaxina-sho’x,Hayitjon-hushyor,Sabina-suyukli,Amirbek-ajoyib,Kamila-kamtarin,Bahrom-bardoshli,Mirfayz-muloyim,Nigora-nazokatli,Ozodbek-oqil,Gulshoda-guloyim,Ozodbek-oriyatli,Mohisitora-mehribon,Sevinch-sevimli,Sardor-sabrli,Ulug’bek-uyatchan,Shahnoza-sharafli,Shahriyor-shoshqaloq,Nilufar-nozanin,Ozodbek-ozoda,Shahnoza-sharafli,Mirzo-mergan,Sardor-sarvqomatli
Sevinch:
Bolalarning ko’zida,
O’ynar quvonch hayajon.
Savodxonlik muborak,
Ko’zlar nuri bolajon.
Sardor:
Bolajonlar sog’ bo’lsin,
Vaqti doim chog’ bo’lsin.
Qo’shiq kuylar bor bo’lsin,
Bayramingiz soz bo’lsin.
Amir:
Assalom ustozlar, mehri daryolar,
Ilm fan bog’ida asl donolar.
Mirfayz:
Bugun boshimizda quyosh parvona,
Yorug’ yo’llarimiz, mangu bardavom.
Nigohlarda hayrat, yuraklar yonar,
Biz baxtli bolalar deymiz assalom.
Shaxina:
Tinglang yangramoqda she’rlar qo’shiqlar,
Istiqlol yillari ko’ngilga malham.
Biz ozod g’unchalar, biz erkin qushlar,
Qalbimizda surur deymiz, assalom.
Qo’shiq:Salom bergan bolalar.
Hayit:
Assalom mo’tabar, aziz onalar,
Assalom olamning oliy kalomi.
Ta’zim aylagaymiz sizga ey ustoz,
Bu mening samimiy ko’nglim salomi.
Maftuna:
Kelaqoling mehmonlar,
Davramizga marhabo.
Bilimdon mehmonlarga,
Deymiz ming bor tasanno.
Sevinch:
Bugun qarshingizda yosh shogird bo’lib,
Yuraklari limmo-lim, zavq shavqqa to’lib.
Sha’ningizni ulug’lab she’rlar ayturmiz,
Ustoz sizga bosh egib ta’zim eturmiz.
Raqs: Sho’x qischa.
Farrux:
Muallim buyukdir muallim daho,
Tubida marjonlar, yig’ilgan daryo.
Garchi biri kamsiz bo’lsada dunyo,
Baribir uningsiz hayot bema’no.
Sabina:
Boshim baland tutib g’ururlanaman,
Men siz bilan doim faxrlanaman.
Sizga boshim egib, ta’zim etaman,
Alifbe tanitgan birinchi ustoz,
Yo’llarim yoritgan birinchi ustoz.
Nigora:
Yo’lingizga mehrim poyandoz etay,
Bergan sabog’ingiz yodimda tutay.
Sizning nomingizni elga tanitay,
Alifbe tanitgan birinchi ustoz,
Yo’llarim yoritgan birinchi ustoz.
Shaxina:
Qarshingizda sho’x bolajonlar,
Sizga shodlik ulashgay bu kun.
Bu lahzalar gashti o’zgacha,
Dilda shodlik, chehralar gulgun,
Qo’shiq:Ustozlar.
H.Bahrom
Bugun katta tantana,
Savodxonlik bayrami.
Doim bo’lsin an’ana,
Bilimdonlik bayrami.
Shahnoza:
Nima sabab bu shodiyonaga?
Shodon kulgi go’zal so’zlarga.
Mirzo:
Iye axir to’ng’ich kitobin,
Ilm sarchashmasin bilim konini.
Alifbe kitobin a’lo tugatdik,
Ilm bo’stoniga biz qadam qo’ydik.
Ulug’bek:
Chiqmaydi esdan,
Har qachon har dam.
Alifbe degan eng katta bayram!
Gulshoda:
Tonggi ham ajibdir ushbu kunnig,
Nurafshon ziyoga to’ldi hammayoq.
Azaliy odatin tark etmay bugun,
Alifbe bayrami chorlaydi sizni.
Bolajonlar biz qayerda yashaymiz?
Hamma:O’zbekistonda
Qo’shiq:O’zbekiston.
O’zbekiston qanday davlat:
Hamma: Mustaqil davlat.
O’zbekistonning davlat ramzlarini bilasizmi?
Hamma: Ha, bilamiz.
Sitora:
Bayroq, gerb va madhiya,
Davlatimiz ramzidir.
Mohiyatin anglamoq,
O’g’il qizning farzidir.
Sevinch:
O’zbekiston gerbida,
Qanot yozgan humo qush
Chanoqlarda oq paxta
Olam elin etar xush
Quyosh bobo nurida
Oltin boshoq tovlanar
Tengsiz saxiy ona yer
Bir maromda aylanar
Ozod:
Har sahar yangragan ulug’ madhiya,
Har sathi hikmatga to’liq mahdiya.
Eng go’zal qo’shig’i ozod elimning,
Muqaddas madhiya ulug’ madhiya.
Nilufar:
Vatan o’zi bittadir,
Vatan so’zi bittadir.
Sevgan kabi onani,
Biz sevamiz Vatanni.
Bahrom:
Ona vatan mangu Vatan,
Qalbimga cho’g’ solgan Vatan.
Sardor:
Я живу в Узбекистане
Это родина моя
Здесь живу я здесь расту я
Здес живёт моя семья
Qo’shiq:Elga baxt, tilga bol.
Bahrom:
Assalom maktabim ulug’ koshonam,
Assalom jon tanim vatanim onam.
Men seni sog’indim yurak yurakdan,
Naqadar azizsan, oftob nurxon
Shahnoza:
Maktabim meni kamolotga dadil yetaklar,
Chorla bilim berib ulug’ zafarga.
Xato qilsam ilm bilan kaltakla,
Toki eslab ejday qutlug’ safarga.
Ozod:
Ikki qo’l ko’ksimga qilurman ta’zim,
Vatan madhi bilan yangrar ovozim.
Sen bilim o’chog’i daryosan azim,
O’zing ta’lim bergan aziz ustozim.
Qo’shiq:Maktabim
Shahriyor:
Baxt o’qishdan deydilar,
Maktab uning dargohi.
O’qish qadrin kim bilar,
Maktab dargohi afzal.
Shahzoda:
Bilsangiz bor bir kitob,
Kitoblarning bobosi.
Kitobmas go’yo oftob,
Yo’qdir uning bahosi.
Bugun bayram sababkori,
Bilimlar poydevori,
Bu Alifbe kitobi.
Ozod:
Qani Alifbe o’zi,
Ma’noli har bir so’zi.
Barobar qarsak chalsak,
Alifbeni chaqirsak.
Hamma:
Alifbejon kela qol,
Olqishlaymiz quloq sol.
Alifbe:
Assalomu aleykum, ko’zlari porloq o’zlari quvnoq bilimga chanqoq bolajonlar. Men sizlarning sevimli kitobingiz Alifbe bo’laman.
Salom aziz bolalar,
Chehrasi gul lolalar.
Qo’shiq:Alifbe.
Ozod:
Bugun tilimiz biyron,
Bilib oldik yozishni.
Tutilmasdan o’qiymiz,
Har bir narsa buni.
Ulug’bek:
O’qituvchim hijjalab
Barcha harfni tanitdi.
Bilimimga sen sanab,
O’qiy olaman endi.
Shahnoza:
Aifboni endi men,
Hech qiynalmay o’qiyman.
Unli undosh harflardan,
Ma’noli so’z to’qiyman.
Kamila:
Мы знаем буквы знаем слоги
Умеем говорит считат
И постепенно по немного
Мы научились всё читать
Raqs:O’zbegim yigitlari.
Alifbe:
Har biri jim-jimador,
Qani safda tursinlar.
O’z sirin aylab bayon,
Tovushlar tilga kirsin.
A-Aziz asrimizning aziz onlari,
Aziz odamlardan so’raydi qadrin.
Fursat g’animatdir shoh satrlarla,
Bezamoq chog’idir umr daftarin.
B-Baxtli yurtda baxtli kulgan bolalarmiz,
Barchamiz ham bog’da bitgan lolalarmiz.
D-Daraxtlar uzun qalin,
Shox shabbasi juda ko’p.
Barglar rangi serjilo,
Yashnab turadi to’p-to’p.
F-Farzandim deb erkalar bizni vatan,
Fido bo’lsin shu vatanga jon-u tan.
Qo’shiq;Barkamol avlod.
G-Go’zal yurtim ozod yurtim,
Har go’shasi obod yurtim.
Farzandlari mard va jasur,
Kelajagi porloq yurtim.
H-Humo qushi gerbimizda qanot qoqdi,
Hur diyorim kurramizda kamol topdi.
I-Istiqlolim, iqbolim,
Vatanim istiqlolim.
Zamonang ozod zamon,
Tinchliksevar tinch makon.
J-Jahon ichra yagonamsan hur diyorim,
Jonim senga fido bo’lsin nomus orim.
K-Kitob bizning do’stimiz,
Boyitadi ongimiz.
Shunday ekan asraylik,
Varaqlarin yirtmaylik.
L-Loladan qir adirlar to’shar gilam,
Lolazorda o’g’il qizlar quvnar biram.
M-Mehnat sharaf shon ekan,
Mehnat hayot va rohat.
Yashamoqni istagan,
Ko’rsatguvchi mahorat.
N-Novvoyxona to’libdi,
Nonning xushbo’y hidiga.
Novvoy tang’ib chakkasin,
Non uzar ust ustiga.
O-Or nomusim sururimsan,
Vatanjonim g’ururimsan.
Lablarimda titrab turgan,
Jaranglagan shururimsan.
Raqs:Oli xalfa.
P-Paxta paxta  paxtajon
Sen azizsan har qachon
Egnimdagi ko’ylak ham
Hammasi ziynatingdir
Q-Qishning ziynatin boshlab
Yerdan quvib chang g’ubor
Dilga shodlik bag’ishlab
Yog’moqdasan oppoq qor
R-Raqs tushar Ra’no Ravshan Rayhonlaring
Roman yozar O’tkir Hoshim donolaring
S-Samarqand sayqali ro’yi zamin hast
Buxoro quvvati islomi din hast
T-Tinchlik sening pok noming
Naqadar ulug’
Noming tilda jaranglar
E’zozli suyuk
Qo’shiq: Tinchlik
U-Ustoz qalam tutgan onajon maskan
Saboqlaring so’zsiz bebaho boylik
Ey hayot yo’liga boshlovchi makon
Umrim bog’in ham etgin chiroylik
V-Vatanim,volidam va tanda jonim
Vatan madhi bilan o’tar har onim
X-Xalq bo’l elim xalq bo’l deydi shoirlaring
Haq yo’lida fido bo’ldi fozillaring
Y-Yurtga xizmat qilmoq bizning burchimiz
Doim a’lo o’qish bu shiorimiz
Jahonga yuz tutsin bu ona vatan
Go’zal O’zbekiston gul diyorimiz
Z-Zamon zamon deydi yoshlar
Zukko ular kompyuterda ishin boshlar
O’-O’qib kelajakda bo’lamiz olim
Ziyoli muhandis rahbar shifokor
Qay bir kasb hunarni egallasak ham
Hammasiga chuqur bilim qunt darkor
Raqs:Baba opa
G’-G’ayrat bilan qurish shiorimiz
G’olib bo’lib yashaydi hur diyorimiz
Sh-Shu durdona ko’rkam Toshkent
Asal qandim O’sh Buxoro,Samarqandim
Ch-Chamanzor bu ona yurtda bizlar bog’bon
Chiroyinga chiroy qo’shar O’zbekiston
Ng-Kelajaging porloq,aniq uraylik bong
Yayrang yashnang yurtim uzra o’tmoqda tong
’tutuq  belgisi
Men tutuq belgisiman
Kerak joyda meni yoz
Shunda bo’lar juda soz
Unutsang gar harfda she’r
O’rmondagi sherdirman
1-boshlovchi
Bolajonlar alifbedan harflar bilan birga nimalar o’rgandingiz
Hamma:Bo’g’inlardan so’zlar tuzishni
Ona so’zi tuziladi
Mirzo
Tebrat beshigingni tindirmay tebrat
Allang junbush solsin jumla jahonga
Sen bilan tebransin olam koinot
Ona nomin burkab sharafga shonga
B:Bahrom
Tunlarni tonglarga ulagan bedor
Farishta onamga tilaklarim bor
Dardini hech kimga aytolmas ayon
Onam balolardan asrovchi qo’rg’on
Maftuna
Quyosh olar nurini
Onalarning qalbidan
Tog’lar olgan bardoshni
Onalarning sabridan
Farrux:
Uyimiz nurga to’lar
Onajonim bor bo’lsa
Ko’zlarim yosh ko’rmaydi
Baxtiyorim bor bo’lsa
Amir
Ona mehri beqiyos
Daryolarga tenglashar
Ona hurmati uchun
Osmon yerga engashar
Qo’shiq:Onajon
Nigora
Otangga tik boqma
Iymoning saqla
Farzandsan sen doim
Burchingni oqla
Shahriyor:Buvijonim
Qalbi daryo o’zingiz
Mehri daryo so’zingiz
Jajji qalbimga davo
Mehrli boqishingiz
Baxtimizga sog’ bo’ling
Dunyo turguncha turing
Raqs:Lazgi
Sevinch
Alifbodan o’rin olgan bir kam
O’ttiz harflarni
Allo,anor,bahor bayram
Kabi oddiy so’zlarni
O’rgatgan kim?O’qituvchim
Shahriyor
Soda ziyrak biroz sho’xmiz
Qiziquvchan sertalab
Lo-la osh-no so’zlarini
Toqat bilan erkalab
Yozdirgan kim?o’qituvchim
Mahliyo
Harf tanitib burro qilgan
Sardorni ,Nilufarni
Kim o’rgatgan karralarni
To’rt amal barobarni
Ayt-chi Bahrom ?
Bahrom
Kitobni shar o’qir Mirzo
Rosti gap ishonmadik
Biz alifbe bayramini
Juda zo’r nishonlaymiz
Ustozing kim?o’qituvchim
Gulshoda
Bizlar shaymiz labbay deb
Ustozlar xitobiga
Bolajonlar navbat keldi
Endi o’qish kitobiga
O’rgatar kim?o’qituvchim
Alifbe
Rahmat bolajonlar menga chin do’st ekanligingiz ayon bo’ldi.Ilmga chanqoqligingiz ,odobingiz meni juda mamnun etdi.
Fursat yetti siz bilan
Xayrlashib ketaman
Do’stim o’qish kitobin endi taklif etaman
O’qish
Men-chi o’qish kitobman
Nur sochgan oy oftobman
Bolajon o’rgangan she’r qo’shiq maqollar tez aytishlardan yod ayting
Hamma:Xo’p bo’ladi
Ulug’bek:Hunar hunardan unar
Maftuna :Harakat harakatda barakat
Sevinch:Har kim ekkanini o’rar
Shahnoza:Sog’ tanda sog’lom aql
Raqs:Polka
Bahrom;Lak-lak elak elakka un kerak
Mirzo:G’ani g’ildirakni g’ildiratdi
Mahliyo:Lola allalaydi Sora arralaydi
Qiqillama
Kachi kachi dono
Dumaloq dugona
Farruh
To’rga o’ting to’ralar
Palovni yeng jo’ralar
Gulshoda
Bir ikki gul-u lola
Biri gul biri lola
Shumtaka
Shahzoda-o’qituvchi
Shahriyor –o’quvchi
Ona tli
Gap so’zlarni ajratgan
To’g’ri fikr anglatgan
Navbat sizlarga keldi
Sayrang tinish belgilar
(.)Shaxina
Juda kichik mittiman
Jajjigina nuqtaman
Katta kichik gaplarni
Yakunlayman puxtaman
(,)Bahrom
Meni vergul deydilar
Gaplar ichra o’rnim bor
Mazmun qolsin desang bas
Menda to’xta bor nafas
(?)To’rayeva
Men ham tinish belgiman
Shaklim o’xshar o’roqqa
Savollarim xo’p bisyor
Sizni tutay so’roqqa
(!)Hayit
Shoshib jo’shib gapirsam
Senga kelmasin malol
Yozishni o’rganib ol
Qiya chiziq va bir xol
Qo’shiq Eshmat o’gli Mamajon
Matematika
Men o’rgataman hisob
Fanlarning podshosiman
Sirlarim ko’p bemalol
Donolar oshnasiman
1.Bahrom
Bir degan sanoq sonman
Sanash uchun osonman
Bitta yurak bitta bosh
Bitta oy-u bitta quyosh
2.Sabina
Ikki degan nomim bor
Ikki birdan men tayyor
Ikki qo’l,ikki oyoq
Ikki ko’z,ikki quloq
3.Sardor
Uchta birman nomim uch
Birlashganda bo’lar kuch
Qarang 3ta g’ildirak
Velosipedga kerak
4
Men to’rt degan raqamman
Ikkita ikkidan jamman
Bo’lsa ikki juft o’rtoq
To’rt bo’ladi o’sha choq
5.Amir
Besh degulik nomim bor
Raqamlar ichra ilg’or
Bir bir qo’shsa anchaman
Qo’ldagi besh panjaman
6.Shahnoza
Beshdan keyin oltiman
Raqamlarning oldiman
Ikki uchni qo’shsak bas
Hech qachon esdan chiqmas
7- Mening nomimdir yetti
Endi demanglar mitti
Oltidan katta ko’pman
Yetti yulduzman to’pman
8.Kamila
Sanamay demang sakkiz
Ikki to’rtni qo’shsak
Hosil bo’laman shu on
Yodda tuting harqachon
9.Sardor
Men to’qqizman to’qqiz
Raqamlar ichra yolg’iz
Sakkizdan bitta katta
Yodda tuting albatta
10.Nilufar
Men o’n degan raqamman
Men ko’pman o’nta jonman
Ikki qo’lda bor panja
Qancha bo’lsa men shuncha
Qo’shiq Mittivoylar
Inglish book
Sevinch
What is thiz
It is bal bal
What is thiz
It is dal dal
What is thi
It is plane
What is thiz
It ish train
Ulug’
It is a dog
It is a frog
It is a cat
It is a ret
Sabina
Drink,drink
Drink you teo
Drin your tea
End watch
Mirfayz
Mu cat is blakk
Mu cat is fat
I like mu cat
It is mu pet
Shanoza
I have a fother
I have a mother
I have a brother talk
I have a cicter
Mahliyo:
It is sunny
It is hot
It is winter
It is cold
Farrux:
I always love you class
Your teaching helps me see
That to have a happy life
Learning to have a happy life
Sitora:
Spring is green
Summer is red
Autumn is yellow
Winter is white
Ko’rinish: Little house
Qo’shiq:Popuri
Odobnoma kitobi:
O’qituvchi: Bolajonlar bugun bizning davramizga sizlarni qutlash uchun uzoqdan Qorbobo va qorqiz tashrif buyurganlar. Kelinglar ularni kutib olamiz.

1 комментарий к “Alifbe bayrami senariysi”

Оставьте комментарий