Allergiya kasalliklari

DO`STLARGA ULASHING:

Allergiya — organizmga ta’sir qiladigan yoki tana bilan aloqada bo’lgan, masalan, hayvonlarning juni, chang yoki ari zahari kabi moddalarga immun tizimining javobidir .Allergik reaktsiyani keltirib chiqaradigan modda «allergen» deb ataladi. Allergiya  tushunchasini  medisinaga1906 yilda  avstriyalik  olim  Klimens  fon  Pirke kiritgan. «Allergiya» termini biron-bir yot moddaga nisbatan organizm sezgirligining keskin oshib  yoki  susayib  ketishini  bildiradi. ALLERGIYADA

Allergiyaning boshqacha nomi – bezillash. Allergiya yunonchadan olingan bo’lib, “boshqa, o’zga, begona” ma’nolariga ega. Allergen oziq-ovqat, ichimliklar va atrof-muhitda mavjud. Ko’pgina allergenlar zararsizdir, ya’ni ko’pchilikda bu moddalar allergiya chaqirmaydi . Allergik kasalliklar keyingi yillarda keng tarqalib ketdi va juda xavfli bo’lib qoldi.Shuning uchun ham bu zamonaviy meditsinaning asosiy muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Xususan,  allergik  kasalliklarning  ko’payayotgani  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  uchun xosdir.  Atrof-muhitning  ifloslanishida  sanoat  chiqindilari  yagona  manba  bo’lmay  qoldi.Inson organizmiga doimo ta’sir ko’rsatuvchi boshqa juda ko’plab allergenlar ham mavjud. Bularga, masalan, aholi tomonidan unchalik ehtiyoj yo’q  bo’la turib ko’p miqdorda turli dori preparatlaridan,  jumladan,  antibiotiklardan  keng  foydalanish,  ayollarning  kosmetik vositalarni ko’p ishlatishi, aholini ehtiyotdan emlash va ortiqcha vaksinasiyalar misol bo’la oladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga har xil sintetik birikmalarni qo’shish ham muhim rol o’ynaydi.Ba’zi o’simlik changi (chang allergenlari) tarkibiga kiruvchi moddalar ham o’z ahamiyatini yo’qotgani  yo’q.  Ma’lumki,  bir  qancha  o’tlar,  butalar,  daraxtlar,  g’o’za  gullari  allergik kasalliklarning mavsumiy ko’payib ketishiga sabab bo’ladi.Hozir  qishloq  xo’jaligida  turli-tuman  ximikatlarni  keng  qo’llash  tufayli  ham  yangi moddalar— allergenlar paydo bo’la boshladi.Odam organizmida, xususan, uning ichagida yashovchi parazit gijjalarning hayot faoliyati mahsulotlari ham kuchli allergen hisoblanadi. Nihoyat, qator kasalliklar(tovon mikozlari, revmatizm, moxov va boshqalar) allergiyaning paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. Tabiiyki, har qanday boshqa kasalliklar kabi allergiyani ham davolashdan ko’ra oldini olish  osonroq.  Buning  uchun  keng  xalq  ommasi  allergik  kasalliklarning  kelib  chiqish sabablarini  va  uning  oldini  olish  choralarinigina  bilibgina  qolmay,  balki  allergik reaksiyaning zo’rayishiga qarshi organizm himoya kuchini ham mustahkamlash borasida konkret tushunchalarga ega bo’lishlari lozim.  Allergen  saqlaydi  deb,  ovqatlanishni,  dorilar  iste’mol  qilishni  cheklab  qo’yish, o’simliklardan o’zingizni olib qochishingiz shart emas. Biroq salomatlikni mustahkamlash, kasalliklarga qarshi kurashish uchun oddiy gigiyena qoidalariga amal qilishingiz lozim. Allergenlar deb ataluvchi ba’zi omillar (kimyoviy moddalar, mikroblar va ularning hayot faoliyatvda hosil bo’ladigan mahsulotlar, oziq-ovqatlar) organizmning o’ta sezuvchan bo’lishi allergiyani keltirib chiqaradi.

Allergiya kasalligining keng tarqalgan turlaridan biri uy-ro’zg’or allergenlaridir. Bular orasida uy changi – gilam, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shaklar changi, zax uy devorvda bo’ladigan mog’orlar, qandala, suvarak singari hashoratlar, hayvon junlari va boshqa iflos narsalar allergiya kasaliga sabab bo’ladi. Ba’zan kir yuvish kukunlari ham allergiyaga sabab bo’lishi mumkin.
Mevali daraxtlar yoppasiga gullaganda havoda ortiqcha gul changi ko’payadi. Bu nafas yo’llari orqali inson organizmiga ta’sirini ko’rsatadi, ya’ni allergiya bonshanadi. Dastlab bu tumov shaklda bo’lib, bosh og’rig’i paydo qiladi.
Eng og’ir o’tadigan allergiya kasalligi turi dori allergiyasi hisoblanadi. U bir necha xil bo’ladi. Antibiotiklar va og’riq ketkazadigan boshqa dorilar doimiy va me’yoridan ko’p iste’mol qilinganida inson organizmida samara bermaydi, aksincha, organizm uchun xavf tug’dirib, dori allergiyasini keltirib chiqaradi.
Abu Ali ibn Sino allergiya kasalligini davolashda yalpiz qaynatmasini anjir bilan birga aralashtirib iste’mol qylishni buyurgan. Ayniqsa, tog’ yalpizi ishlatilsa, bu kuchli ta’sir etadi deb aytib o`tgan.Allergiya turlicha namoyon bo’lishi mumkin. Bahor va yozning iliq kunlarida dalada gullar ochilgan, o’t-o’lanlar ko’kargan, dov-daraxtlar barg chiqargan va butalar xushbo’y hid taratayotgan beg’ubor havoda yoshlar daryo bo’yida dam olishga qaror qiladilar. To’satdan ulardan birida o’tkir tumov boshlanib, ko’zi qizarib yosh oqa boshlaydi, burun va ko’z shilliq qavati qattiq yallig’lanadi, harorati  ko’tariladi,  nafas  qisishi  bilan  birga  kuchli  yo’tal  azob  beradi.  Nima  uchun  u birdaniga  va  tez  bunday  dardga  chalindi? Buning  sababi  shundaki,  gullayotgan  o’tlar,  dov-daraxtlar  bu  faslda  o’zlaridan  juda  ko’p  miqdorda  chang(gulchangi)  ajratadi.  Gul changi o’simlik  oqsili  hisoblanadi,gulchangi odamning shilliq qavatiga tushganda uning sezgirligini oshiradi, ya’ni allergiya paydo qiladi. Ko’pincha  nafas  organlari  kasallikka chalinadi

— allergik traxeit, allergik tumov, bronxial astma va hokazolar kelib chiqadi.

Barcha  allergenlar  shartli  ravishda  ikki  asosiy  gruppaga  bo’linadi:  organizmga  atrof muhitdan  tushgan  allergenlar(ekzoallergenlar)  va  odam  organizmi  to’qimalarining shikastlanishi oqibatida hosil bo’lgan allergenlar(endoallergenlar) deyiladi

Endoallergenlar  terining  katta  qismi  kuyib  qolganda  ham  paydo bo’ladi, chunki bunda teri va teri osti to’qimalari shu qadar o’zgaradiki, oqibatda u organizm uchun yot to’qimaga aylanib qoladi, natijada allergik reaksiya vujudga keladi.

Ekzoallergenlarning o’zi bir necha gruppalarga bo’linadi: uy-ro’zg’or, gulchangi, ovqat, dori preparatlari, mikrob allergenlari, yuvuvchi va kosmetik vositalar tarkibidagi allergenlar.

Allergiya chiqaruvchi omillar

Uy-ro’zg’or allergenlari. Uy changi asosiy allergenlardan biri hisoblanadi. Uy changi mikroskop  ostida  qaralganda  ko’p  hollarda  kiyimlarning  mayda  zarrachalaridan,  uy hayvonlarining  tuki,  yog’och  qipiqlari  va  boshqalardan  iborat  bo’ladi.  Shu  mayda zarrachalarning har biri yoki ularning bari birgalikda allergiya paydo qilish xususiyatiga ega.

Uy  hayvonlaridan  itlar,  mushuklar,  kemiruvchilar,  baliqlar,  qushlar  allergenlar  bo’lishi mumkin.  Chunki  bu  hayvonlarning  tuklari,  tangachalari,  qasmoqlari  odam  uchun  yot  moda hisoblanadi.  Boshqa  allergenlar  qatoriga  pat,  momiq,  turli  zamburug’lar (mog’or, po’panaklar)ni  kiritish  mumkin.  Bular  shamol  bilan  tarqalib,  kishi  organizmiga  nafas yo’llari orqali tushishi mumkin.

Mushuk va itlardagi allergiyani oldini olish.

Agar siz uy hayvonlari egasining uyiga tashrif buyursangiz, antigistaminlarni oling.Unutmang, hayvonlar emas, hayvonlar siydigi, so’lagi, junidagi mavjud oqsillar allergiyani chaqiradi. Agar hayvonlar bilan aloqa qilmasangiz, egasidan hayvonni boshqa joyga qulflab qo’yishni yoki boshqa xonaga o’tishni iltimos qiling.

Uy hayvonlariga sizning joyingizda uxlashga yo’l qo’ymang. Uy hayvonlari uchun yumshoq o’yinchoqlar va to’shamalar yuqori haroratda muntazam ravishda yuvilishi kerak.

Uy hayvonlari. Iloji boricha uy hayvonlarini saqlamaslik, yangilarini olib kelmaslik, ularni yotoqxonaga kiritmaslik zarur. Oilada allergik kasallikning paydo bo‘lishi bilan hayvonlarni ko‘paytirish tavsiya etilmaydi, chunki bulardan sezuvchanlikning ortib ketishi va rivojlanishi mumkin. Uy hayvonlarini har doim yuvintirib turish lozim.

Gulchangi  allergenlari.  Tabiatda,  bizni  o’rab  turgan  atrof-muhitda  o’simliklarning gulchangi allergenlari juda ko’p tarqalgan. Shamol va har xil hasharotlar gulchangini yuzlab kilometrga tarqatadi, bu ularning tez tarqalishiga imkon beradi va ommaviy xarakter kasb etib, ko’z shilliq qavati, burun, traxeya va o’pka allergiyasining kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Gulchangi terini ham zararlaydi: teri qizaradi, tugunchalar, pufakchalar va qichishish paydo bo’ladi.

Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagi belgilarga ega:

  • Burun bitishi;
  • Ko’zlarning qichishi;
  • Burundagi qichishish;
  • Rinit;
  • Ko’zlarning shishishi;
  • Ko’zlarning yoshlanishi;
  • Yo’talish.

O‘simlik changi allergenlari bilan kontaktni yo‘q qilish choralari

  • O‘simlikning gullash mavsumi haqidagi ma’lumotni oldindan bilish;
  • havosida katta miqdorda allergen bo‘lgan hududlardan uzoqlashish;
  • deraza va eshiklarni zich yopish
  • avtomobillarda himoya filtridan foydalanish
  • tashqarida ko‘zoynak taqib yurish kerak.

Uy kanalari miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari

Yotoqxona:

  • to‘shak, ko‘rpa va yostiqlarning ustini qoplash uchun allergen kira olmaydigan matolardan foydalanish kerak;
  • to‘shak, yostiq, bosh taraf oralig‘i atroflari va yotoqxona pollarini har hafta changyutgich yordamida (sinchiklab) tozalash;
  • par yostiq va jun ko‘rpalar (yopinchiqlar)ni sintetik matolardan tayyorlanganlariga almashtirish, ularni har hafta +60oS haroratli suv bilan yuvib turish, iloji boricha gilamlarni olib tashlash;
  • har hafta namlangan latta bilan xona jihozlarining yuza qismlarini artib chiqish, shu jumladan deraza ostlari va shkaflarning yuqori qismlarini ham;
  • paxta tolasidan tayyorlangan pardalar osish va ularni tez-tez yuvib turish;
  • bir martalik (foydalaniladigan) qog‘oz xaltali va filtrli yoki suv manbai bilan bo‘lgan changyutgichlardan foydalanish. Ish vaqtida niqob tutish;
  • tozalash ishlarini boshqa kishi qilgani ma’qulroq;
  • kanalarni yo‘qotish uchun kimyo-viy moddalar (akaritsidlar)ni qo‘llash;
  • mato qoplangan yumshoq mebellarni tozalashga alohida e’tibor kerak. Mebelni kamida 1 haftada 2 marta changyutgich bilan tozalash kerak, shu jumladan stullarning ulanish joyi, suyanadigan va bosh tegib turadigan qismlarini ham.

Bolalar. Tozalash paytida bemor bolalar xonadan tashqarida bo‘lishlari va u yerga 2 soatdan keyingina kirishlari mumkin. Bolalar yumshoq o‘yinchoqlari bilan karavotda uxlashlari mumkin emas. Kanalar miqdorini kamaytirish uchun o‘yinchoqlarni ham changyutgich yordamida tozalash, kimyoviy tozalashga berish yoki kechasiga muzxonaga qo‘yish kerak.

 

Chang burgalari ta’sirini kamaytirish

  • Gilamlarni boshqa, qattiq qoplamalar bilan almashtiring (masalan, laminat);
  • An’anaviy pardani rulonli parda bilan almashtiring;
  • Muntazam ravishda yostiq, stul va yumshoq o’yinchoqlarni tozalang. Iloji bo’lsa, ularni yuqori haroratda yuving;
  • Junli yoki tukli yostiqlardan foydalanmang

Oziq-ovqat mahsulotlariga (oziq-ovqat) bo’lgan allergiya turli reaktsiyalarga ega:

  • Qayt qilish;
  • Tilning shishi;
  • Og’izdagi achishish;
  • Labning shishishi;
  • Yuzni shishishi;
  • Tomoq shishishi;
  • Oshqozon spazmi;
  • Nafas olishning buzilishi;
  • Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);
  • Diareya;

Ovqat allergiyasida ko`pincha tarkibida allergen saqlovchi mahsulotlarni ko`proq ist`mol qilish natijasida kelib chiqadi. Bu boshqa oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirmaydi, degani emas. Zero har qanday oziq-ovqat mahsulotlari allergiya chaqirishi mumkin. Ushbu allergiya ham immunoreaksiya hisobiga kelib chiqadi va qorindagi og`riq, qusish, ich ketishi, Kvinke shishi, eshak emi – ekzema, teridagi qichishishlar kuzatiladi.

Ko`proq o`zida allergen saqlovchi mahsulotlar: (sigir suti, tuxum oqsili, tovuq go`shti, baliq, achchiq qalampir, asal, qizil mahsulotlar, uksus, mayonezlar, qulupnay, yong`oqlar, sitrus mevalar, dukkakli o`simliklar) ovqat allergiyasini keltirib chiqaradi.

Oziq-ovqat allergiyasining oldini olish.

  1. Muayyan mahsulotni sotib olishni va ulardan foydalanishdan oldin, yorliqdagi ingredientlar ro’yxatini ko’ring. Ko’p oziq-ovqatda sut, tuxum yoki er yong’oq kabi allergenlar bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakatlar qonuniy ravishda allergen mavjud bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini aniq belgilashni talab qiladi.
  2. Restoran va kafelarda ofitsantga qaysi mahsulotga allergiyangiz borligini aniq tushuntiring.
  3. Uyingizdagi hamma eshiklarni va derazalarni yopiq holda saqlang. Bu chang kirmasligi uchun yordam beradi.
  4. Ertalab yoki chang miqdori yuqori bo’lgan vaqtlarda ko’chaga kamroq chiqing. Shamolli kunlarda uyda qolish yaxshiroq.
  5. Mashina boshqarayotganingizda mashina oynalarnini yopib yurgan yaxshiroq. Havo filtri muntazam tozalanganligiga ishonch hosil qiling.
  6. Agar tashqariga chiqsangiz, uyingizga qaytganingizda kiyimingizni o’zgartiring va dush qabul qiling. Chang kiyimda, terida va sochlarda yig’ishi mumkin.

 

Bakterial  allergenlar.  Bakteriyalar  ovqat  bilan  yoki  nafas  olganda  organizmga  yoxud teriga  tushib,  ko’pincha  har  xil  yallig’lanish  prosesslarini(angina,  furunkulyoz), abssess (yiringli yara) larni paydo qiladi.

Kasallik  paydo  qiluvchi  bunday  bakteriyalar  organizmda  o’ta  sezgirlik  hosil  qiluvchi alohida  moddalar  ajratib  chiqaradi.  Shunday  qilib,  tomoq  yoki  quloqning  yiringli xronik yallig’lanishi bo’lgan odamda bronxial astma, eshakem, ekzema rivojlanishi mumkin.

Odam infeksiyaning surunkali o’chog’idan qanchalik tez holi bo’lsa, allergiyaga u shuncha kam chalinadi.

Irsiyatning allergiya kelib chiqishida ahamiyati yo’q, chunki allergik kasalliklar nasldan-naslga o’tmaydi. Ammo, allergiyaning nasl surishga moyil bo’lishini ham nazarda tutish lozim.

Faraz qilaylik, buva, ota yoki ona allergiya bilan og’rigan. Ularning farzandlari ham shunday kasallik bilan tug’iladimi? Yo’q, albatta. Bu ovqatlanish rejimiga, hayot sharoitiga, atrof muhitga, namlikka, dengiz sathi balandligiga, o’simlik dunyosiga va boshqa ko’p sharoitlarga bog’liq  bo’ladi.  Lekin  shunga  qaramasdan  bu  odamda  kasallikka  chalinish  ehtimoli  yuqori.

Organizmning allergenga nisbatan ancha sezgirlik xususiyati nasldan-naslga o’tadi.Masalan, bitta oilada buvada sigir sutiga allergiya, otada atirgul gullaganda tumov, onada— bronxial astma, ularning qizida— yungdan to’qilgan  kamzul  kiyganida  allergik  toshma  toshgan,  o’g’il  esa  sog’lom  bo’lgan.  Ko’rinib  turibdiki, kasallik  naslga  bog’liq  bo’lmay,  balki  organizmning  allergenlarga  bo’lgan  sezgirlik oqibatidir.

Kasb-korga oid ekzema(allergiya)

Teridagi allergiya, masalan, ekzema simptomlari:

  • Teri po’st tashlashi;
  • Qichishish;
  • Teri quruqlashishi;

Terida qizg’ish toshmalar toshishi

Kasb-korga oid ekzemaning ko’pchiligini teriga kuchsiz ta’sir etadigan moddalar paydo qiladi. Masalan, agar sog’ odam terisiga skipidar, novokain, penisillin eritmasi surtilsa, salbiy reaksiya kuzatilmaydi. Agar ana shu moddalar teriga bir necha oy yoki yil mobaynida takror-takror  tushsa  yoki  tegib  tursa,  bora-bora  nerv  sistemasida  o’zgarishlar  ro’y  beradi.

Organizmda shu moddalarga nisbatan o’ta sezgirlik boshlanadi. Natijada dastlab dermatit (terining yallig’lanishi) paydo bo’la boshlaydi, keyinchalik u haqiqiy ekzemaga aylanadi.

Kasbga oid ekzema rivojlangan dastlabki paytda u odatdagi ekzemadan farq qilmaydi. Kasbga  oid  ekzemaning kelib  chiqishi  bir  guruh  moddalarning teriga zararli ta’sir etishi natijasida ro’y bersa-da, kasalliknipg rivojlanishida bari bir bironta kasbga doir zararli modda asosiy o’rin tutadi. Odatda, allergik dermatitda, ko’pincha, aynan bir moddaga, masalan, xrom konlarida xrom metalliga nisbatan sezgirlikning oshishi katta rol o’ynaydi.

Agar  teriga  ta’sir  etayotgan  modda(xrom) yoki  mikrobning  zararli  ta’siri  o’z  vaqtida yo’qotilmasa, u holda polivalent sensibilizasiya(allergizasiya) deb nomlangan holat sodir bo’lishi mumkin. Bunday bemor bir necha xil allergiya qo’zg’ovchi moddalarga sezgir bo’ladi va pirovardida, u uy-ro’zg’orda, sanoatda va boshqa joylarda uchraydigan allergenlar ta’sirida kasbga oid ekzemaga uchrashi mumkin.

Ko’pincha g’am-tashvishlar, ichki kechinmalar, ekzemani noto’g’ri davolash(o’z-o’zini davolash), binobarin, boshqa biror kasallik asoratlari bemor nerv sistemasi faoliyatiga salbiy ta’sir etadi  va  bunday  holatda  ekzemaning  og’ir  formasi  ro’y  berishi  va  bemorning  ahvoli  ancha og’irlashishi mumkin.

  • Kosmetik va yuvish vositalarida saqlanadigan allergenlar
  • Tirnoqni bo’yash uchun ishlatiladigan buyoq va laklar, labga surtiladigan pomada va pushti-qizil yog’upa, soch laklari va buyoqlari, kremlar va tualet suvi, sepma dori, losonlar va boshqa kosmetik vositalar allergenlarni ko’p saqlaydi. Yuvish vositalari va kir yuvish poroshoklari ham allergiyani paydo qilishi mumkin. Ko’pincha, allergik kasalliklarning yuzaga kelishida u yoki bu kosmetik vositalarning tarkibiy qismida«aybdor» ekanligini aniqlash juda qiyin bo’lib qoladi.
  • Olimlarning kuzatishlaridan ma’lum bo’ladiki, kosmetik vositalar, buyoqlar, laklar ko’p hollarda bronxial astma, dermatitlar(terining yallig’lanishi), ekzema kabi og’ir allergik kasalliklarning kelib chiqishida yagona va asosiy sabab bo’lib xizmat qilmoqda.

 

Mog’or zamburug’i sporalariga bo’lgan allergiyani oldini olish

  • Uyingizda mog’or zamburugi bor-yo’qligini tekshiring;
  • Uyingizdagi suv quvurini tekshiring. Suv oqishi namlikni hosli qiladi, u esa mog’or zamburug’i uchun eng qulay muhitdir;
  • O’zingizning kichkina mog’orlagan joylarni tozalashingiz mumkin.
  • Maxsus xizmat oson erisha olmaydigan joylarda mog’orni tozalashga yordam berishi mumkin;
  • Gipsokarton mog’orlagan bo’lsa, uni kesib, almashtiring;
  • Barcha qattiq yuzalar mog’or bosmaganligiga ishonch hosil qiling;
  • Uyingizdagi namli joylarda gilamlar to’shamang;
  • Mog’orlangan gilamlarni almashtiring;
  • Hammom yaxshi shamollashiga ishonch hosil qiling;
  • Konditsionerlar uyni quruq saqlashga yordam beradi.

Go’dak  yoshdagi(1 yoshgacha) bolalardagi  allergiya  bir  qator  xususiyatlari  bilan  ajralib turadi. Yangi tug’ilgan va go’dak bolalar organizmi ayniqsa hayotining birinchi yillarida hali kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi. Biroq, ko’p hollarda bunday bolalarda diatez, ekzema tipidagi allergic kasalliklar sodir bo’ladi. Bunday hollarda homilaning ona qornida qanday sharoitda rivojlanganligi, onaning sog’lig’i, qanday kasalliklar bilan og’rigani, tug’ruqning kechishi, uning organizmiga tashqi muhitning, jumladan, kasbga doir zararli  omillarning  ta’sir  etgan-etmaganligi  alohida  ahamiyatga  ega.  Ona  organizmi  va homilaning har xil tashqi muhit  omillariga o’ta sezgirligi bir vaqtda paydo bo’lishi mumkin, chunki ona va homila organizmi o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.Allergenlar  homila  organizmiga  plasentar  to’siqni  yengib,  qon  orqali,  chaqaloq organizmiga esa teri, nafas yoki me’da-ichak yo’llari orqali o’tadi. Homila yoki bola organizmi sekin-asta ma’lum bir begona moddalarga(allergenlar) sezgirligi orta boradi va pirovardida unda allergiya sodir bo’ladi. Go’dak yoshidagi bolalarda allergik kasalliklar va reaksiyalarning oldini olishdagi asosiy prinsip  homilador  ayol  va  emizakli  onaning  to’g’ri  ovqatlanishini  yo’lga  qo’yishdir. Ayniqsa homilador ayollar va emizikli onalar tovuq tuxumi va haddan tashqari ko’p ovqat iste’mol qilmasliklari lozim. Qaynatilgan sigir sutini kuniga0,5 l dan ortiq ichish tavsiya etilmaydi, chunki sutni(10 minutdan oshiq) qaynatganda allergiya paydo qiladigan biologik aktiv moddalar parchalanadi.Go’dak bolalarning me’da-ichak faoliyatining normal ishlashi ularda allergiyani, ayniqsa ovqat allergiyasining oldini olishda katta ahamiyatga ega ekanligini unutmaslik zarur.Dispepsiya,  ichak  faoliyatining  buzilishi,  qabziyat  kabilar  ovqat  allergiyasi  paydo bo’lishiga qulay sharoit yaratadi. Go’dak yoshidagi bolalarda ovqat allergiyasini profilaktika qilishdagi muhim yo’l ularni faqat ona suti bilan boqish hisoblanadi.

Tez-tez shamollash kasalliklariga chalinib turish(yuqimli  kasalliklarni  aytmasa  ham  bo’ladi) bola  organizmi  sezgirligining  oshib ketishiga  olib  keladi,  ya’ni  organizmni  allergik  reaksiyalar,  allergik  kasalliklarga «tayyorlaydi .Allergik  kasalliklarga  ayniqsa  moyilligi  bo’lgan  bolalarning(yangi  tug’ilgan  yoki emadigan!)  yashash  sharoitiga  alohida  ahamiyat  berish  kerak.  Kasal  bola  yashaydigan  uyda keraksiz uy-ro’zg’or buyumlari, ayniqsa jun va mo’ynali narsalar bo’lmasligi, xonalar yorug’ va havosi toza, nihoyatda ozoda saqlanishi kerak. Uy changi ancha xavfli, chunki uning tarkibida jun, mayda soch, qasmoq kabi organizmning sezgirligini oshiradigan moddalar bo’ladi. Ular bola yuqori nafas yo’llariga yoki nozik terisiga tushganda tez ta’sir qiladi. Shuning uchun uy-joy,  ro’zg’or  asboblarini,  mebel  jihozlarini  pol,  gilam,  poloslar,  deraza  tokchalarini, oynalarni doimo namlab artib turish darkor.

Ularni ko’tarib yig’ishtirayotgan paytda bemor bolani tashqariga— hovliga olib chiqish va uyni yaxshilab shamollatish lozim. Bolaning o’yinchoqlarini har kuni nam latta bilan artish yoki yuvib turish kerak.

Tukli,  gazlamadan,  sun’iy,  gubka  va  boshqa  yuvilmaydigan  materiallardan  ishlangan o’yinchoqlarni tash-lab yuborish zarur, chunki ular chang yig’adi.

Bola  yotgan  uyda  kiyinib-yechinish  mumkin  emas,  chunki  bu  chang  ajralib,  uy  havosini ifloslashi mumkin. Uyda uy hayvonlari bo’lsa, ularni bolaning oldiga qo’yish mumkin emas.

Bola  terining  allergik  kasalligiga  duchor  bo’lgan  bo’lsa(bolalar  ekzemasi,  ekssudativ diatez), uning badan terisini nihoyatda ozoda tutish zarur. Ushbu kasalliklarning zo’rayib ketishiiing oldini olish maqsadida bola terisini patlar, mo’yna, jonivorlarning yungi, jun, ipakdan to’qilgan materiallar, sun’iy tolalardan ehtiyot qilish kerak. Bunday materiallarni mebel anjomlaridan va o’yinchoqlardan olib tashlash lozim. Par yostiqlarni, patlarni chang o’tkazmaydigan  qalin  materialdan  tikilgan  yostiq  jildlariga  joylanadi.  Jun  adyollarga albatta  ip-gazlamadan  tikilgan  jildlar  kiygiziladi.  Ko’rpa-yostiq,  choyshab,  jildlar  ip-gazlamadan  yoki  zig’ir  tolasidan  to’qilgan  matodan  tikilgan  bo’lib,  yaxshi  yuvilgan  va dazmollangan bo’lishi kerak. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan materiallarning bola terisiga tegib turmasligi uchun, avval bolaga bevosita ip-gazlama yoki zig’ir tolasidan tikilgan ichki kiyim qiygiziladi va shundan keyingina ustidan yuqorida aytib o’tilgan matolardan tikilgan kiyim kiygizish mumkin.

Bilak, bo’yin va boshqa bo’g’imlar atrofidagi terini ayniqsa ehtiyot qilish lozim, chunki terining shu joylari ko’proq ishqalanadi. Bolani sayr qildirayotganda, parvarish qilayotganda, u  bilan  o’ynaganda  terisiga  yuqorida  ko’rsatilgan  matodan  tikilgan  katta  kishilarning kiyimlari tegib ketishidan ehtiyot qilish zarur.

Bolani yuvintirganda shampun, yuqori sifatli sovun turlaridan foydalanmaslik kerak.

Yaxshisi, maxsus bolalar sovunidan foydalanish lozim.

 

Eshakem.  Bu  allergik  reaksiyaning  terida  namoyon  bo’lishidir.  Uning  asosiy  belgisi pufakchalar  hisoblanadi.  Toshma  toshishdan  oldin  o’sha  joy  qattiq  qichishadi.  Terini qashiganda qizarib ketadi, pufakchalar terining xohlagan joyiga toshishi mumkin. Toshmalar pushti-qizil rangli, ko’pincha yumaloq shaklda— kattaligi1 tiyinlikdan5 tiyinlikkacha yoki undan kattaroq bo’ladi. Pufakchalar kattalasha borib, o’zaro qo’shilib ketadi, turli shaklda bo’lib, ba’zi odamlarda birdan to yuztagacha yetishi mumkin.

Terining  bo’sh  joylaridagi(masalan,  ko’z  va  jinsiy  a’zolar  atrofida) shish  ko’pincha kattaroq bo’ladi. Buni katta eshakemi yoki Kvinke shishi deb ataladi.

O’tkir,  surunkali  qaytalovchi,  surunkali  tugunchali  va  bolalarda  uchraydigan  eshakemi mavjud. Ularning har birida har xil belgilarni kuzatish mumkin.

O’tkir  eshakemi  ko’pincha  to’satdan  paydo  bo’ladi.  Teri  qattiq  qichiydi,  ko’p  miqdorda pufakchalar  paydo  bo’ladi.  Bemorning  umumiy  ahvoli  qoniqarli  bo’lsa-da,  lekin  ko’pincha kasallik isitma xuruji bilan boshlanib, harorat39—40″ gacha ko’tariladi. Buni eshakemi isitmasi  deyiladi.  Pufakchalar  o’tkir  eshakemida  teri  qoplamasining  talaygina  qismini qoplaydi. Kerakli dori-darmonlar bilan davolagandan so’ng pufakchalar yo’qoladi va eshakemi xuruji  boshqa  tutmaydi.  Biroq  ayrim  bemorlarda  toshmalar  bir  necha  bor  qaytalaydi.

Eshakemi bilan og’rigan bemorni muvaffaqiyatli davolash uchun eng avvalo kasallikning kelib  chiqish  sababi(allergen)ni  aniqlash  lozim.  Ammo  bunga  hamisha  ham  erishib bo’lavermaydi.O`tkir eshakemi ko’pincha ovqatlanish rejimining buzilishi natsjasida ichak yo’llari orqali organizmga ko’pgina turli zararli moddalarning so’rilishi natijasida sodir bo’ladi. Shuning uchun birinchi navbatda bolaning ichagini tozalash kerak. Bir  necha  kungacha,  ya’ni  kasallik  o’tib  ketguncha bemorga asosan sut-qatiq, hamda o’simlik mahsulotlaridan parhez buyuriladi. Eshakemiga  chalingan  bemorlarni  davolash  yaxshi  natija  bermasa,  dengiz  suvida  cho’milish  ham foydalidir.  Bolalarga  konserva  mahsulotlari,  shirinliklar,  tuxum,  sitrus sharbatlari  berishni  cheklash  lozim.  Chunki  bu  mahsulotlar  bola  organizmi  sezgirligini oshirib yuborishga va allergik reaksiyani qo’zg’ashga sabab bo’lishi mumkin. Bolaning ichi ravon kelishiga  erishish  lozim.  Eshakemi  kasalligi  bilan  kasallangan  bolalarda  gijjalar borligini  tekshirib  borish  darkor.  Agar  bo-lada  gijjalar  topilgan  bo’lsa,  davoni kechiktirmay boshlash kerak.

Allergiyani tashxislash

Allergiyani aniqlashning bir necha yo’li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo’lishi, alergiya simptomlari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida allergiya bormi, deb so’raladi.

Allergiyalar uchun qator testlar mavjud. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:

Qon tahlili— immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini o’lchaydi. Ushbu sinov ba’zida radioallergersorbent testi (RAST) deb ham ataladi.

Terini tilish testi ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Terini shpritsning uchi bilan tirnaladi va bu joyga biroz kamroq alergen qo’llaniladi. Agar teri reaktsiyasi bo’lsa — qichishish, qizarish va shishish allergiya mavjudligini bildirishi mumkin.

Patch testi — dermatit bo’lgan bemorlarda (ekzema) qo’llaniladi . Belga shubha qilinayotgan allergen kerakli miqdorda maxsus metall disklarga qo’yilib biriktirilaldi. Shifokor 48 soatdan keyin terining reaksiyasi  tekshiriladi va qaysi o`simlikka alergiyasi borligi aniqlanadi.

 

Bronxial  astma.  Bronxial  astmaning  tipik  va  xarakterli  belgisi— nafas  bo’g’ilish xurujlaridir. Ayrim kasallarda nafas bo’g’ilishdan oldin tomoq qirilishi, burun qichishishi, aksirish, yo’tal, ayniqsa nafas olish og’irlashadi. So’ngra nafas qisa boshlaydi, ayniqsa nafas chiqarish  qiyinlashadi.  Quruq  yo’tal  xuruji  tutadi  yoki  u  biroz  balg’amli  bo’lib,  o’pkada yallig’lanish belgilari eshitiladi. Bronxial astma surunkali kasallik bo’lib, vaqti-vaqtida bemorning  ahvoli  og’irlashadi,  ayrim  hollardagina  bemor  o’zini  biroz  yengil  his  qiladi.

Xuruj   paytida o’pkada ko’plab quruq xirillash eshitiladi. Xurujlarning  og’irligiga  ko’ra  kasallikning  yengil,  o’rtacha  va  og’ir  kechadigan  turlari tafovut  etiladi. Bronxial astmaning birinchi bosqichida bo’g’ilish xurujlari yengilroq o’tadi, kasallik aniq namoyon bo’ladi, ammo ro’yi rost bronxit  alomatlari ko’pincha astmali bronxitni paydo qiladi. Kasallikning ikkinchi bosqichida doimiy nafas qisadi, natijada og’ir bo’g’ilish xurujlari paydo bo’ladi. O’rtacha og’irlikdagi xurujlarda ham bir qadar nafas bo’g’ilishi va teri  qoplamalarining  oqarishi  kuzatiladi.  Nafas  shovqinli,  xirillash  aniq  eshitiladi.

Bronxial  astmaning  ancha  og’ir  bosqichida  tasvirlab  o’tilgan  alomatlar  yanada  keskinroq ifodalanadi. Bemor biror narsaga suyanib o’tirishga majbur bo’ladi, chunki shunday holat uning nafas  olishini  birmuncha  yengillashtiradi.  Teri  nam,  oqargan  bo’ladi.  Nafas  oldiniga tezlashadi,  keyin  kamayadi,  hushtaksimon  xirillash  uzoqroqdan  ham  eshitilib  turadi.

Bemorning umumiy ahvoli og’irlashadi, majburiy holatni oladi, harakatlari cheklanadi, yurak ritmi buziladi, oyoqlarida shish paydo bo’ladi.

Astmaga  chalingan  aksariyat  kasallarda  xuruj  yilning  ma’lum  vaqtlarida  tutadi.  Bu ko’pincha  o’simlik  va  daraxtlarning  gullash  davriga  to’g’ri  keladi.  Masalan,  bahor  faslida astma  gullagan  o’simlik  va  daraxtlarning  gulchangi  allergenlari,  yozda  har  xil  boshoqli o’tlarning allergenlari, kuzda— begona o’tlar tufayli sodir bo’ladi. Agar bu paytga kelib zax, nam ob-havo sharoitida yashasa, turli xil mog’or  zamburug’larning allergenlari ta’siri ham qo’shiladi, deb xulosa chiqarish mumkin

Bronxial astmani davolash

Xozirda  iqlim  bilan  davolovchi  sanatoriylar  bunyod  etilgan  va  ularda  davolash ishlari katta muvaffaqiyat  bilan olib borilmoqda.

Bronxial astmani davolashda davo gimnastikasiga katta ahamiyat berilmoqda va u hamma yoshdagi  bemorlar  uchun  davolash  kompleksining  zaruriy  qismi  bo’lib  hisoblanadi.  Davo gimnastikasi , buzilgan  nafas  funksiyasini  tiklashga  yordam  beradi,  balg’am  ko’chishini osonlashtiradi,  o’pka  emfizemasining  rivojlanishini  yoki  ko’krak  qafasi  va  umurtqa pog’onasining  noto’g’ri  o’sishining  oldini  oladi,  organizmning  qarshilik  ko’rsatish qobiliyatini oshiradi, nerv sistemasini mustahkamlaydi. Gimnastikadan tashqari ko’krak qafasini massaj qilish, suzish, uyqu oldidan  sayr  qilish  ham  foydalidir.  Quyosh  vannalarini  qabul  qilish  tavsiya  etilmaydi.Xurujlar tutmayotgan paytda va kasal o’zini yaxshi his qilayotganda suzish, konkida uchish, chang’ida yurish, eshkak eshish, turizm, yaqinroq masofalarga sayohat qilish sog’ayib ketishga ancha yordam beradi.Allergiyaga moyil odamlar ximik, farmasevt bo’lib ishlamasliklari, ular farmasevtika zavodlarida,  nonvoyxonalarda,  tabiiy  ipak,  paxta  tozalash,  jun  to’qish  va  boshqa  zavod  va korxonalarda ishlashlari tavsiya etilmaydi.Keyingi paytlarda bolalarda ham bronxial astma tez-tez uchraydigan bo’lib qoldi. Odatda bolalar astma bilan2—4 yoshlarida og’riydilar. Bolalarda astmaning dastlabki belgilari ko’pincha astma oldi ko’rinishida yuzaga chiqadi va allergik ko’rinishlari(diatez, eshakem va hokazo)  nafas  olish  yo’llarining  qayta  kasallanishi  bilan  xarakterlanadi.  Bolalarda bronxial astma xurujlari formasidan qat’i nazar, odatda bir necha soat yoky kun mobaynida asta-sekin rivojlanadi, shunga qarab xuruj alomatlari davrini ajratish mumkin. Ya’ni xulq-atvor o’zgaradi(qo’zg’olish, haddan tashqari harakatchanlik yoki aksincha, bo’shashish, uyquchanlik), allergik  xarakterdagi  tumov,  burun  qichishishi,  aksirish  paydo  bo’ladi  va  betinim  yo’tal tutadi,  salga  nafas  qisadi.  Keyinchalik  ahvol  og’irlasha  boradi  va  uning  oldi  olinmasa, bo’g’ilish xurujlari ko’rinishidagi astma rivojlanib ketadi. Xuruj vaqtida bola o’ziga qulay holatda  o’tirishga  harakat  qiladi,  ko’zi  va  yuzidan  qo’rquv  alomatlari  sezilib  turadi, qorachiqlari kattalashib ketadi. Terisi oqish-kulrang, og’iz atrofi ko’karib ketadi. Bo’g’ilish xurujlari tutib qolgan bolalarga ham xuddi kattalardagi kabi davo choralari ko’riladi.Bolalarda  bronxial  astmani  profilaktika  qilish  har  xil  allergenlarga  organizm sezgirligini kamaytirish va nafas organlari kasalliklarining oldini olishdan iboratdir. Yoshlikdan chiniqish va fizkultura bilan shug’ullanish, diatezni, bolalar ekzemasini erta aniqlash va davolash, tarkibida ovqat allergenlari saqlaydigan oziq-ovqat(shokolad, sitrus mevalari,  tuxum  va  boshqa)  larni  iste’mol  qilmaslik  kerak.  Profilaktik  emlashlarga monelik qilgan hollarda emlamaslik va astmaning ilk bosqichida bolalarni to’g’ri davolash ushbu kasallikka qarshi kurashdagi asosiy davo profilaktika tadbirlari hisoblanadi.

Allergiya rivojlanishi uchun xavf omillari

Tibbiyotda xavf omillari deb kasallik yoki bemor holatini yomonlashtiradigan omillar tushuniladi. Ushbu xavf odamning qilgan narsasidan kelib chiqishi mumkin. Misol uchun, chekish o’pka kasalligi uchun xavf omilidir.

Quyida alergiyalar bilan bog’liq xavf omillarining ayrimlari keltirilgan:

  • Oiladaastma bilan og’riydigan inson bo’lishi — sizning ota-onangiz, bobo-buvingiz yoki bobongizda astma bo’lgan bo’lsa, sizda ham allergiya rivojlanishi xavfi bor;
  • Oilada allergiyaga duchor bo’ladigan inson bo’lishi — agar yaqin qarindoshingiz allergik bo’lsa, allergiya rivojlanishi sizda ham kuzatilish ehtimoli mavjud.
  • Ota-onalar bolaning allergiyasi va favqulodda vaziyatlarda nima qilishlari to’g’risida bolaning maktabiga, bolalar bog’chasiga va boshqalarga xabar berishlari kerak.

 

 

Kundalik ratsionda mumkin:

1.Yog‘siz va qaynatilgan mol go‘shti, yormali va sabzavotli sho‘rvalar, sariyog‘, zaytun moyi, qaynatilgan kartoshka; 2.Bo‘tqalardan: guruchli, grechkali, gerkulesli; 3.Sut mahsulotlari: bir kunlik qatiq va tvorog; 4.Yangi bodring, petrushka, ukrop, olma, nok (qizil bo‘lmagan), mevali kompotlar(qizil bo‘lmagan); 5.Oddiy choy va oq non.

KUNDALIK RASIONDA TAQIQLANADI:

1.Sitrus mevalar (apelsin, limon, ananas), yong‘oqlar (eryong‘oq, bodom, xandon pista, baliq va baliq mahsulotlari (yangi va tuzlangan, ikra, konservalar, parranda go‘shti (o‘rdak, tovuq, g‘oz mahsulotlari, shokolad va uning turlari, qahva va dudlangan mahsulotlar, uksus, qalampir, mayonez va boshqa xushxo‘r mahsulotlar, xren, rediska, sholg‘om, tomat, baqlajon, qo‘ziqorin va tuxum, qaynatilmagan sut, 2.Qulupnay, qovun, shaftoli, tarvuz, malina, tut, zamburg‘ mahsulotlari, asal, dukkakli mahsulotlar( mosh, loviya va no‘xat); 3.Alkogol va alkogolli, rangli ichimliklar qat’iyat taqiqlanadi; 4.Ot go‘shti va uning mahsulotlari mumkin emas. 5.Qizil rangli mahsulotlar, qizil lavlagi, qizil olcha, gilos va hokazolar.

Оставьте комментарий