Вы сейчас просматриваете BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH

BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Yuridik
  • Комментарии к записи:0 комментариев

DO`STLARGA ULASHING:

BЕPUL DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMA BЕRISH

⚡️Savol:
Kasalxonada bepul davolanishi uchun yo‘llanmani (order) qayerdan olinadi?

⚡️Javob:
Tibbiy yordam ko‘rsatilishiga yo‘llanma olish uchun mijoz yashash joyi bo‘yicha qishloq vrachlik punktlariga, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalariga murojaat qilishi lozim.

❗️Mijozlarni tibbiy yordam olishning darajasiga muvofiq tibbiy yordam olish uchun yo‘naltirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

? qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalariga yo‘llanma beriladi;

? tibbiyot birlashmalarining tegishli markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalari tomonidan ‑ tibbiyot birlashmalarining tegishli statsionar bo‘linmalariga yoki viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlariga;

? viloyat darajasidagi tibbiyot tashkilotlari tomonidan ‑ respublika darajasidagi tegishli tibbiyot tashkilotlariga yo‘llanma beriladi.

Добавить комментарий