Bananli pechenye

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 150 gr. tvorog, 100 gr. maydalangan suli yormasi, 1 dona banan. Bezak uchun: maydalangan yong‘oq, kokos kukuni.
Tayyorlanishi: tvorog banan bilan qo‘shib blenderdan o‘tkaziladi va bo‘tqasimon masalliq hosil qilinadi. Keyin uning ustiga suli yormasi qo‘shilib, xamirsimon holga kelguncha qoriladi. So‘ng tayyor bo‘lgan xamir bir soat muzlatgichga qo‘yiladi. Keyin yong‘oqday zuvalachalar tayyorlanib, bezak uchun qilingan masaliqqa dumalatib olinadi. So‘ngra zuvalachalar kaft bilan bosilib, yassi holatga keltiriladi. Yarim tayyor mahsulot folga qog‘ozi solingan gaz pechi patnisiga teriladi va 180 S issiqlikda 12-15 daqiqa davomida pishiriladi.
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/bananli-pechene/

Оставьте комментарий