Bekalar uchun yangi tavsiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Mikroblarga qarshi kurashamiz

  • Ovqat suzishdan oldin idishlarni qaynoq suvda chayib oling, chunki idish-tovoqdan kukun (gel) hidi kelishi yoki toza yuvilgan idishlarga chang qo’ngan bo’lishi mumkin.
  • Idish yuvayotganda suvga biroz tuz yoki iste’mol sodasi solinsa, mikroblar halok bo’ladi.
  • Biron idishga yog’och qipig’i solinib, idish-tavoq javoniga qo’yilsa, oziq-ovqat maxsulotlari aynimaydi, ichkarini mog’or bosmaydi.

Xamir qorish siri.

  • Xamir qilinadigan unni garchi toza bo’lsada elab ishlating. Elanganda uning orasiga havo kirib, hamir yaxshi ko’pchiydi.
  • Qaynoq suvga hamir qorib bo’lmaydi. Negaki qaynoq suv xamirni tirishtirib, yoyishni qiyinlashtiradi va ko’pchitmaydi ham.
  • Xamirni o’z hajmidan 2 baravar katta tog’orada qoring.
  • Xamir qorayotganda suvni birdan qo’shmang. Oz-ozdan qo’shsangiz xamir tez qoriladi.
  • Xamir mahsulotlarning orqasi tandirga yopishib, tushib qolmasligi uchun yopishdan oldin qizigan tandir devorlariga nomakop seping.

Go’shtni pishirayotganda

  • Go’shtga tuz sepib qovurilsa seli yaxshi chiqadi.
  • Go’sht sovuq suvga solinib, asta sekin qaynatib pishirilsa, sho’rvasi shirin bo’ladi.
  • Agar go’shtdagi moddalar ko’proq saqlanib qolsin desangiz, uni biqirlab qaynab turgan suvga solib yoki qovurib pishiring.

Оставьте комментарий