Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi?

DO`STLARGA ULASHING:

Pishiriq uchun: ayrim qandolatchilar fikricha, pishiriqqa tuxum tanlayotganda oʼta ehtiyotkor boʼlish lozim. Uy tuxumi qanchalik mazali va foydali boʼlmasin, undan koʼp pishiriq tayyorlab boʼlmaydi. Masalan tort uchun biskvit pishirsangiz, rangi sargʼimtir, koʼrinishi ham pastroq boʼladi. Shuning uchun pishiriqlar uchun oq tuxumni tanlagan maʼqul. Jigarrang tuxum ham yomon emas-u, oqining oq-sarigʼi bir-biridan yaxshi ajraladi. Tort bizesi yaxshi tayyorlangani uchun qandolatchilar oq tuxumdan foydalanishni maʼqul koʼrishadi.
Nega tuxum ikki xil? Аslida gap tuxumda emas, tovuqda. Patlari oqish boʼlgan tovuq – oq, jigarrang-olachipori eesa jigarrang tuxum qoʼyadi. Ikki xil rangdagi tuxumning ozuqaviy qiymati bir-xil. Faqatniga ular tuxum poʼstining rangi, katta kichikligi bilan farqlanishi mumkin. Odatda yosh tovuqlar poʼsti qalin, nisbatan kichikroq tuxum qoʼyishadi. Yana tovuqning yemishi tuxum sarigʼi rangi va taʼmiga taʼsir etadi.
Qancha katta boʼlsa… “tuxum qancha katta boʼlsa, shuncha foydali”, — degan gap toʼgʼri emas. Katta tuxumlarda (55-65 g yoki 65-77 g) suv koʼproq, ozuqaviy moddalar konsetratsiyasi kamroq boʼladi. Odatda bunday tuxumlarni qari tovuqlar qoʼyadi. 45-55 g va 35-45 g tuxumlarni esa yosh tovuqlar qoʼyadi. Ular katta tuxumlarga nisbatan foydali, mazali va toʼyimliroq.
Nega jigarrang tuxum qimmat? “Negaki u foydali-da” degan hayolga boryapsizmi? Yanglishdingiz, odatda oq tovuqqa nisbatan jigarranglari goʼshtdor va boʼychan boʼladi. Turgan gapki ularning tuxumlari ham oq tovuqnikiga qaraganda kattaroq boʼladi. Tuxum narxini belgilashda esa, albatta, uning katta-kichikligi inobatga olinadi.
Tuxumni qanday isteʼmol qilgan maʼqul? Har kim oʼz taʼbiga koʼra tuxumni suvda qaynatib yoki yogʼda qovurib isteʼmol qiladi. Ikkisi ham mazali. Unutmang tuxum qancha koʼp pishaversa tarkibidagi shuncha koʼp foydali mikroelement ham oʼlib boraveradi. Nonushtada ham sarigʼi yumshoq pishirilgan tuxumni isteʼmol qilgan maʼqul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarigʼini hazm qilishga qiynalishini yodda tuting.
Gʼoz va oʼrdak tuxumlari. Oʼzbekiston sharoitida gʼoz va oʼrdaklar tovuqlarga nisbatan kam boqiladi. Ularni koʼpaytirish, parvarishlash oson emas. Bundan tashqari, oʼrdak gʼozlar orasida salʼnomellyoz kasalligi koʼp uchraydi. Bozorda ham tuxum va goʼshtlarga unchalik talab koʼp emas. Qorinni toʼq tutish va organizmni yetarli vitaminlar bilan toʼyintirishda tovuq hamda bedana tuxumiga teng keladigani yoʼq. ayniqsa bedana tuxumi kuchli immunitet hosil qiladi. Uning tarkibida mikroelementlar va V guruh vitaminlari bisyor.
Yodda saqqlang!
Аgar tuxumda yoriq paydo boʼlsa, uni tuzli suvda pishirishni maslahat beramiz.
Suvda pishgan tuxumning yetilganini aniqlash uchun uni aylantirib koʼrish kifoya. Yaxshi aylangan tuxum pishib yetilgan boʼladi.
Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlash mushkul. Faqatgina uni bir stakan sovuq suvga solgach, aniq toʼxtamga kelsa boʼladi. Suvga tuxumni soling, agar u choʼksa, demak, yangi, suv yuzasiga qalqib qolsa, eski.

Оставьте комментарий